Xalq qo‘shiqlari


Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Qo'llanmaning avvalgi sahifalarida «Avesto» haqida to'xtaganmiz. 
Qadimgi asarda bug'doyni


ekishga berilgan ahamiyat inson taqdiri bilan uyg'unlashgan. Bu esa o'zbek xalqi ajdodlarining dehqonchilik bilan 
shug‘ullanishi yuzlab emas, minglab yillarga tengligini isbotlaydi. Binobarin, dehqonchilik bilan bog‘liq 
qo'shiqlarda ekin-tikin jarayoni boshidan oxirigacha bosqichma-bosqich aks etishi tabiiydir. O‘zbek 
folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov bevosita hayot aks etgan qo‘shiq namunalariga alohida e’tibor bilan 
yondashar ekan, dehqonchilik haqidagi asarlami yozib olishni qadrlagan edi. Shuning uchun o‘zbek olimlari 
bisotidagi dehqonlar aytadigan qo‘shiqlar nisbatan to‘liq yozilganligi bilan ajralib turadi. Ulami Bahodir 
Sarimsoqov qo‘sh, o‘rim, yanchiq, yorg‘ichoq qo‘shiqlari tarzida ichki turlarga bo‘lib tahlil qilgan
52

Dehqonning mehnati yer qa’ridan taft kelishi bilan bog‘liq. Tajribali bobolarimiz fikricha, bahor yerdan bug
1
ko‘tarilishidan boshlanadi. Qishning oxirida yerdan bug
1
ko‘tarildimi, dehqon qo'shni dalaga olib chiqadi. Abdulla 
Qahhoming «O‘g‘ri» hikoyasida Aminning Qobil boboga bergan masxaraomuz: 
- Yaxshi ho‘kizmidi, yo yomon ho‘kizniidi? - savoliga chol: 
- Qo‘sh mahali, - deb javob qaytaradi. Ya’ni yer haydash boshlangan paytda ho‘kizning yaxshi-yomoniga 
e’tibor berilmaydi, demoqchi. Shu ikki og‘iz so‘z bilan yer haydashning og‘irligi, hosil uchun bu ishning 
muhimligi o‘z ifodasini topgan. Dehqon yemi haydashdan kelajakka umid bildiradi. Mehnatning mashaqqati bu 
umid oldida orqaga chekinadi. Shu bois ho‘kizning shoxiga yog‘ surib hosil mo‘lligini ruhan ta’minlamoqchi 
bo‘lgan dehqon qo'shiq bilan o‘zini ovutgan bo'lishi mumkin. To‘g‘ri, bu qo'shiqlar, ko'pincha, ho‘kiz tilidan 
aytilgan. Og‘ir qismatdan dehqon hayvon nutqi vositasida noligan: 
Shoxlarim bor gaz-gaz quloch, Ustida o‘ynar qaldirg‘och, 
Hayday desam, qomim och, Men qo'shga qanday yarayin. 
Aslida, oxirgi ikki misra ho‘kizning emas, dehqonning ahvolidan xabar bermoqda. Natijada, dehqon 
ho‘kizdan hasrat qilish vositasi sifa- tida foydalanmoqda. Bu o‘rinda qo'shiqdagi og‘ir turmush sharoitining 
aks etishi qo‘sh haydash paytida dehqonning mehnatmi qanday qilib yengillashtirishi mumkin degan mantiqiy 
savol paydo bo'ladi. Savolga ikki xil javob berish mumkin. Birinchidan, inson tabiatida bir xil zerikarli ish 
qilayotgan paytda nimanidir aytib turish unga hamisha madad bag‘ishlaydi. Dehqonning qanday qo'shiqni aytishi 
ahamiyatsiz. Muhimi, u qo‘shiq aytsa, bu qo‘shiq haqiqatdan xabar bersa, bas! Ikkinchidan, mabedo dehqon 
mazkur to‘rtlikni aytdi, undagi mazmunga ham diqqat qildi, deylik. U taqdirda taxmin qilish mumkinki
aytuvchining harakatini endi alam boshqara boshlaydi. Oqibatda, u omoch tishlarini yerga chu- qurroq botirishga, 
bemajol qo‘l mushaklarini yaxshiroq harakat qildi- rishga urinadi. Ishning yakuniy bosqichida esa rahm, shafqat 
mazmuni o‘z-o‘zidan quyilib keladi: 
Ho'kizginam, bo‘yniginang ezildi. Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi. Bo‘yinturuq bilan 
omoch tortmasang, Seni bilan menga go‘rlar qazildi. 
Bu mazmundagi to‘rtlik ijrosida ham aytuvchining chuqur ruhiy ichki kechinmalari ifodalangan. His, tuyg‘u 
o‘rin olgan qo‘shiq esa har qanday og‘ir vaziyatda ham kishi kayfiyatiga dalda beradi, mehnat jarayonini nisbatan 
yengillashtiradi. 
Yer haydalib, don sochilganidan so‘ng yetilgan hosilni o‘rish bosh- lanadi. Awalo, o‘rishni yer haydash bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi. Agar yer haydash bitta odam tomonidan bajarilsa, jismoniy quwatni qo‘llash og‘ir bo‘lsa, 
bahorda "ilik uzildi" (odam tanasidan quvvatning qochishi) paytiga to‘g‘ri kelsa, hosilga ko‘proq umid bildirilsa, 
o‘rim o‘rishda dehqon har holda quwatga kirgan, o‘rgan har bir bug‘doy poyasi uning kuchiga kuch qo‘shadi, 
xirmondan aniq darak beradi. Ikkinchidan, o‘rim jarayonida jamoa bo‘lib ishlash imkoni bor. Bu omillar, 
shubhasiz, o‘rim o‘rishda dehqon kayfiyatini yaxshilaydi. Ustiga ustak qo‘shiq aytilsa, nur ustiga nur bo‘lib 
qo‘shiladi. Shuning uchun o‘rim qo‘shiqlari qo‘sh qo‘shish paytida aytiladigan to‘rtliklardan o‘ynoqiligi, nisbatan 
sho‘xligi bilan farq qiladi: 
O‘rog‘im olmos, O‘rishdan qolmas, 
Sira ham tolmas, 0‘rmasam bo‘Imas. 
Yuqori sahifalarda qayd qilganimizdek, dehqon ish qurcilini maqtay- di, undan qoniqayotganini izhor qiladi. 
0‘roqning olmos kabi o‘tkir eka- nida o'zining charxlash mahoratini maqtash ohangi ham yo‘q emas. О‘mi 


kelganda, dehqon bug‘doyga ham murojaat qiladi. Bug‘doydan to‘p bo‘lib turishni so‘raydi. Shunda
uni o'rish oson kechishini ta’kidlaydi. Ayni paytda dehqonchilik qo‘shiqlari qatorida «Qora daryo» turkumi 
ham mavjud bo'lib, unda ekinlar intoq
11
san’ati vositasida tilga kiradi va muayyan tajriba natijasini izhor qiladi. 
Mazkur to'rtliklarda arpa, bug‘doy, sholg‘om, mosh kabi ekinlar so‘zlaydilar. Aksari hollarda ulaming xasratlari 
bilan tanishamiz: 
Sholg‘om aytar shod bo'lmadim, Bu g‘amdan ozod bo'lmadim. 
Suv ichib obod bo‘lmadim, Toshmadingmi, qora daryo? 
Bahodir Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, o‘rim hashar qilib o‘t- kazilayotganda: «...o‘rimchilami 
zeriktirib qo'ymaslik, ishtiyoq bilan mehnatga chorlash maqsadida so‘zga chechan kishilar turli lirik qo‘shiq- lardan 
yoki qiziqarli dostonlardan parchalar kuylab, o‘roqchilarga dalda berganlar. Qashqadaryo, Surxondaryo va janubiy 
Tojikistonda yashovchi o‘zbeklar о‘rim paytida «Yozi bilan Zebo» dostonidan parchalar kuylaganlar»
12

Dehqonchilik qo‘shiqlarining у ana bir turi yanchiq paytida aytilgan. Ko‘pincha, ulami xalqning o‘zi «Mayda», 
«Mayda gul», «Maydalar», «Xo‘p mayda» deb ataydi. Hosil yig‘ish ko‘ngildagidek natija berga- nida dehqon endi 
o‘zini ruhan tetik his qiladi. Aksincha bo‘lgan taqdirda ham o‘zbeklarda «nasiba» degan shukronalikni ifodalovchi 
so‘z bor. Shu- ning uchun mayda qo‘shiqlarida biz qo‘sh qo'shiqlarida, «Qora daryo»da bo‘lganidek, qismatdan 
nolish, dard-hasrat ohanglari nisbatan kam o'rin olganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday qo‘shiqlarda tabiat bergan 
in’omdan mamnunlik kayfiyati ustuvordir. Dehqon yana hayvonga murojaat qiladi: 
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hay da, maydayo-mayda, Qalqon qulog‘im hayda, maydayo-mayda. Temir 
tuyog'im hayda, maydayo-mayda, Xinnonni qilgin mayda, maydayo-mayda. 
Ba’zan esa dehqon o‘zining hazilini ham qo‘shiqlarda ifolashi mumkin. U ish hayvoni ustidan kulishga va shu 
usul bilan ko'nglini yozishga uringan: 
Mayda-mayda may bosar, maydayo-mayda, Mayda senga yarashar, maydayo-mayda. Sening qalin terilaring 
maydayo-mayda, Etik qilsa
yarashar, maydayo-mayda. 
Odatda, mayda qo‘shiqlari dehqonning bevosita ko‘ngil izhoridan iborat bo‘lishi mumkin. Chunki yanchiq 
jarayonida o‘rimdagidek keng jamoa ishtiroki talab qilinmaydi. Ijrochi qo‘shiqlarini ho‘kiz yoki boshqa hayvondan 
tashqari yanchiqda deyarli hech kim eshitmaydi. Ayni paytda baribir bosh maqsad yil davomida qilingan mehnat 
mahsuliga tezroq ega bo‘lishni taqozo etadi. Qo‘shiq dehqondagi zerikish holatini yumshatish va har bir harakatning 
samarasini oshirish vositasi vazifasini bajargan. Ammo agar bu qo‘shiqlarda dehqon bajarayotgan mehnatgina aks 
etgan desak, xato bo‘ladi. Chunki har bir qo‘shiqda dehqon, albatta, o‘zining ichki kechinmalarini, hayot 
tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini ham bayon qiladi. Qo‘shiq aytuvchi sahnadagi san’atkor 
xonanda emas, balki daladagi oddiy ijrochi va ayni shu paytning o‘zida uning o‘zi tinglovchi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Aslini olganda, uning qo‘shiqlarini yer haydayotgan yoki bug‘doy yanchayotgan ho‘kiz eshitadi, xolos. 
Dehqonga ho‘kizidan boshqa tinglovchining keragi ham yo‘q. Chunki u dilidagi his-tuyg‘uni o‘ziga o‘zi aytadi va 
shu yo‘l bilan qilayotgan ishini yengillashtiradi, hasratini yozadi. Aytish mumkinki, buuday vaziyatda dehqon 
yonidagi hayvon uning vafodor sirdoshiga aylanadi. 
Dehqonchilik qo‘shiqlarining so‘nggi turi «Yorg'ichoq» qo'shiqlari deb ataladi. Yorg‘ichoq bug'doyni un 
qiladigan xonaki asbobning nomi. 
Ikki ustma-ust qo'yilgan ichki qismi yo‘nilgan toshning o'rtasi o'yilgan bo‘ladi. Tepa qismdagi tosh chekkasiga 
yog'och dasta suqiladi. Shu dastani ushlab toshni aylantirishadi. O‘rta teshikka solingan bug‘doy doni markazdan 
qochish kuchi hisobiga ikki tosh o'rtasida maydalanib unga aylanadi. Bu ishni faqat ayollar bajaradi. Binobarin, og‘ir 
mehnat davomida aytiladigan qo‘shiqlami ham ayollar ijro etadilar. Ularda ayol yorg'ichoqqa murojaat qiladi. U bilan 
gaplashadi, xasratlashadi, dardini to‘kadi. Natijada, yorg'ichoq oiladagi onaning his-tuyg‘usini samimiy ravishda 
bayon qilish vositasiga aylanadi: 


Yorg'ichoq yalpoqqina, Un qilar oppoqqina, Yorg'ichoq xir-xir etar, Mushtdakkina xamir etar. 
Yorg‘ichog‘im guldur-guldur, Bo‘g‘zim to‘la oppoq undir, Boy bobomning xonadoni, 
Ikkimizni yeydir-yeydir. 
Shunday qilib, yil fasllari o‘zgaradi, dehqonning ish quroli (ho‘kiz, omoch, o‘roq, yorg'ichoq) o'zgaradi, 
ammo qo'shiqni yaratishdan nazar- da tutilgan bosh maqsad (og'ir mehnatni yengillatish, turmush hasratini aytib 
yurakdagi g'amni
yozish) o'zgarmaydi. Har qanday vaziyatda ijro etiladigan qo'shiq hayotning lirik ifodasi sifatida baholanadi. 

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling