Xalq qo‘shiqlari
Download 333.27 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat qo‘shiqlari .
Oo'shiqlar tasnifi. Xalq qo‘shiqlari og‘zaki ijoddagi boshqa janrlar kabi mavzu yo‘nalishiga ko'ra turlarga
bo‘linadi. Avvalgi sahifalarda ко‘rib chiqqanimizdek, Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida sharhlanishi lozim bo'lgan bir so‘z ishtirokida keltirilgan qo‘- shiqlar o'zida lirik his-hayajonni ifodalashdan tashqari muayyan maz- munni ham yoritadi. Mavzu yo'nalishiga ko‘ra qadimiy namunalami qah- ramonlik, mehnat, mavsumiy, marosimiy, muhabbat qo'shiqlariga ajra- tish mumkin. Bu tasnif hozirgi paytda xalq vakillari tomonidan ijro etila- digan qo'shiqlarga to'liq ravishda mos kehnaydi. To‘g‘ri, mazmunan qadimiy qo'shiqlarga yaqin asarlar ham yo'q emas. Lekin zamonaviy xalq qo'shiqlari awalgilardan hayotni ifodalashda, so‘z qo'llashda, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda muayyan farqlarga ega. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan fikrlarga suyangan holda og‘zaki ijodimizdagi xalq qo'shiqlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilish maqsadga muvofiqdir: 1. Mehnat qo'shiqlari. 2. Mavsum-marosim qo‘shiqlari. 3. Lirik (ishqiy) qo'shiqlar. 4. Tarixiy qo'shiqlar. Mehnat qo‘shiqlari. O‘zbek xalqi tarixini shardi ravishda mehnat qilish tarixidan iborat deyish mumkin. 0‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap- gashtaklami, sayillami, turli bayramlami o'tkazishda o‘ta tashkilotchi va ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni o‘r- niga qo‘ygan xalq, odatda, mehnat qilishni ham biladi. Mehnat esa dehqonchilik, chorvachilik, kasb-hunar; ilm-fan rivoji yo'lida faoliyat ko'rsatish bilan uzviy bog'lanadi. Xalq mehnat sama- rasini muttasil ravishda oshirish chorasini ко‘rib kelgan. 0‘tgan asr o‘z- bek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan yozuvchi Oybek «Qutlug 1 qon» romanida kosib Shokir otaning mahsi tikish bilan band bo'lgan paytlarini tasvirlaganda shunday deb yozadi: «Yupqa devor bilan hovlidan ajralgan do'konxonada Shokir ota ishlaydi. Ba’zi vaqt lining qo‘shig‘i Unsin qulo- g‘iga yetadi. Choi xasta ovoz bilan kuylaydi. Ovozini bir qo'yib, yana to'satdan jim bo‘ladi. ...Unsin diqqat bilan tinglab, mana shu misralami uqib oladi: Ko'rmasaydim bu umr sahrosini, Chekmagaydim ko‘kka o'tlik ohini. Pora-pora yirtdi ko'ksimni sitam, So‘rg‘uchi bormi ko'ngilning zorini? 8 Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romanida quyidagi nozik matnni o'qiymiz: «Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yomi ajratuvchi bu falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko'krakdan chiqqan bu ashula tevarakni zir-r etdirib yuborgandek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilgandek bo'ladir» 9 . Ma’lum bo'ladiki, mohir yozuvchilar badiiy asarlarda obraz yaratish jarayonida mehnatkash ommaning vakillarini xalq qo‘shiqlarini aytish bilan bog‘laganlar. Qanday mehnat turi bilan shug‘ullanmasin, millatimiz vakillari qo‘shiqni hayot hamrohi deb bilganlar. Ayniqsa, bevosita mehnat qo‘shiqlari boshqa xalqlarda bo'lgani kabi ish jarayonini o‘zida ifodalashi bilan mashhur. Mehnat esa o‘ziga yarasha jismoniy harakatdan, ba’zan zerikarli bir xil faoliyatdan iborat bo'ladi. Bu esa odamni toliqtirgan ishni to'xtatmasdan ovunish choralarini izlashga majburlagan. Ana shunday murakkab vaziyatlarda qo'shiq aytish sama- rali yechim vazifasini o‘tagan. Tanob-tanob yerga don sochish, keyin- chalik hosil o‘rish, chelak-chelak sut sog'ish, metrlab gilam to'qish faqat aytishga oson. Aslida, bu ishlar dehqon, sut sog'uvchi, gilam to'quvchi, bug‘doyni un qiluvchidan kuchli iroda, katta jismoniy kuch, malaka va tajriba talab qilgan. Shuning uchun tadbirkor xalq mehnatni qo‘shiq jo'rligida amalga oshirish yo‘lini o‘ylab topgan. Mehnat qo'shiqlari o‘z tarkibida bir necha janrlardan iborat bo‘ladi. Har bir janmi bevosita mehnatning qaysi turi bilan band bo'lish bel- gilaydi. Xususan, o‘rmak qo‘shig‘i gilam to'qishda aytilar ekan, aynan shu namuna kashta tikuvchi, qo‘sh haydovchi shaxs tomonidan ijro etil- maydi. Ya’ni har bir mehnat sohasi o‘zining maxsus qo‘shig‘iga egaligi bilan ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo'shiqlarda ish qurollariga murojaat qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon ho'kizi bilan tillashadi, un chiqarayotgan ayol yorg'ichoqqa murojaat qilishi mumkin. Binobarin, mehnat qo'shiqlarining ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli vositasida ham aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o‘tish joiz. Mehnat qo'shiqlari uzoq muddat davomidagi ishni bajarishda o'ziga xos vosita bo'lgani sababli ularda qayta-qayta bir matnni takrorlashdan chaqlanish, ish qilayotgan odamning sergakligini oshirish uchun turli xitoblarga murojaat qilish ham an’ana hisoblanadi. Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini o‘rganish, tahlil qilishning qulayroq yo‘lini belgilash maqsadida ulami quyidagi turlarga bo‘lishni ma’qul topgan: 1. Dehqonchilik bilan bog'liq qo'shiqlar. 2. Chorvachilik bilan bog'liq qo'shiqlar. 3. Hunarmandchilik bilan bog'liq qo'shiqlar 10 . Olimning ta’kidlashicha, ovchilik, savdo-sotiq kabi mehnat turlari bilan ham bog'liq asarlar bo'lgan, ammo bu namunalar bugungi kunda saqlanmagan. Xususan, ulaming ayrimlarini faqat Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asaridagina uchratish mumkin. Download 333.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling