Xalq qo‘shiqlari


Mavsum-marosim qo‘shiqlari


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Mavsum-marosim qo‘shiqlari. Xalqimizda mavsum, marosim, bayram so‘zlari bilan ifodalangan 
tushunchalar bor. Ular haqida aniq tasav- vurga ega bo‘lish uchun bu so‘zlaming ma’no ifodalash chegarasini bel- 
gilash zarur. «Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. Binobarin, mavsum qo'shiqlari qish, bahor, 
yoz, kuz fasllari bilan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan 
o'tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi, tantana kun ma’nosini ifodalaydi. 
Ma’lum bo‘ladiki, «marosim» tushun- chasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan. 
Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan
bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq ishtiroki bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri, biz, ko‘pincha, «bayram marosimi» birikmasini qo'llashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy marosim 
haqida emasligi ta’kidlanadi. 
Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlami nishonlamasin. Bayramlar butun 
xalq tayyorgarligi bilan o‘tkaziladi. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishi- riladi, bayram iiboslari 
tikiladi, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, mu- sobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bayramlar tizimida 
xalq tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu tasavvurlami oilaviy, muayyan hudud aholisi 
o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-odatlar to‘ldiradi, mukammallashtiradi. 
Olimlaming ma’lumot berishlaricha, mavsum-marosimga oid tad- birlar, xalq ommaviy bayramlarining tarixi 
minglab yillar bilan o‘lchanar ekan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor- liklar» kitobida 
«Navro'z», «Ramush og‘am», «Boboxvora» kabi o‘ndan ortiq bayramlar xususida ma’lumot beriladi. Xalqimiz 
bugungi kunda mavsum-marosim, bayram va udumlami o'tkazishning uzoq qadimiy- larini qayta tiklamoqda, ulami 
tashkil qilishda mukammal rejalar bilan ish olib bormoqda. 
O‘zbek xalq marosim qo'shiqlari O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, folklorshunos olima 
Muzayyana Alaviyaning «O‘zbek xalq marosim qo'shiqlari»
14
, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir 
Sarimsoqovning «O'zbek marosim folklori»
15
, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo'raevning «0‘zbek 
mavsumiy marosim folklori»
16
, olim Nasriddin Nazarovning «Laqaylar: etnografiya, lingvistika va folklor»
17
asarlarida chuqur ilmiy asosda tahlil etilgan. 
Xalqimiz har bir faslning o'ziga xos fazilatlarini ta’rif etgan, qish, bahor, yoz, kuz fasllarida tabiatda ro‘y 
beradigan o'zgarishlarm qo‘shiq- larda lirik tarzda ifodalagan. Xususan, qish faslida «Sherda» nomi bilan atalgan gap-
gashtak, ulfatchilikda: 
Qor yog‘mayin ola bo'lgan tog‘lar-a, G‘unchasidan xazon bo‘lgan bog‘lar-a, Kuyistonda kuyib o'tgan 



bedilxon, Ustida qag'illab o‘tgan g‘ozlar-a, Begim, allayor, allayor qo‘shig‘i ulfatlaming jo'raboshisini saylashda 
aytilgan. Bahorda tuma, boychechak, sumalak, shox moylash qo‘shiqlarini aytish odat 
bo‘lgan: 
Adirlar to‘la chechak, Biz keldik ucha-ucha, Boychechagim, boychechak, Kutib oling, hoy 
chechak. 
Xalq odatlariga ko‘ra o'tkaziladigan shamol to'xtatish, shamol cha- qirish, oblo baraka kabi yozgi marosimlarda 
o‘ziga xos qo'shiqlar aytilgan: 
Choy momo, choy, choy, choy, Chayilib qolsin quv shamol, Bosa-bosa beringlar, Bosilib 
qolsin quv shamol. 
0‘zbekistonda kuzning fayzi alohida qayd qilinadi. Hosil yig‘ish, qovun sayli, to‘kinlik xalqqa mamnuniyat 
bag'ishlaydi. Bu faslning ham o‘z qo‘shiqlari mashhur: 
Qovun-qovunlar dedim, Mazali qovunlar dedim, Ey shirinnowot dedim, Gurvak qovunlar 
dedim
18

Xalqimizda marosimlar juda ko‘p. Yil quruq kelib, bahorda yomg'ir yog‘masa, «Yomg‘ir chaqirish» marosimi 
(«Sust xotin»); bug‘doy, sholi boshoqlari yetilgan paytda shamol ulami payxon qilsa, «Shamol to‘xtatish» («Choy 
momo»); don mahsulotlarini shopirish vaqtida shamol bo‘lmasa, «Shamol chaqirish» («Yo, Haydar»); yil sovuq kelsa, 
omad yuz o‘girsa, qurbonlik keltirish marosimlari o'tkazilgan. Ayniqsa, oilaviy marosimlarda: to‘y va azalarda 
qo'shiqlar mehmon va mezbonlaming, mayit egasining doimiy hamrohiga aylangan. 
To‘ylardagi yor-yorlar, o‘lan aytishlar, kelin salomlar xalq poetik ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolgan. 
Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan boshlansa, mehr yetakchi bo‘lsa, keyingi hayot ham inoqlikda o‘tishini 
tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko'nglini bir- biriga yaqin qilish orzusi qayta-qayta tilga olinadi: 
Shoyi ko'ylak yengiga Tut qoqaylik yor-yor, Kelin-kuyov ko'ngliga O‘t yoqaylik yor-yor. 
Xalq qo'shiqlarini yozib olish tajribasi shuni ko'rsatadiki, yor-yorlar xalq orasida boshqa mazmundagi 
qo'shiqlardan kengroq ommalashgan- dir. Yaqin ellik yil atrofida o‘tkazgan folklor ekspeditsiyalari davomida 
O‘zbekistonning ko‘p viloyatlarida bo'ldik, Janubiy Qozog‘istondagi Chimkent, Turkiston hududlari,
Tojikistonning Xo'jand, Isfara, Konibo- dom atrofi, Turkmanistondagi Ko‘hna Urganch manzillarida yashayotgan 
o’zbeklar hamisha folklor amaliyotchilarini yor-yorlar bilan siylashgan. MaTumki, og‘zaki ijoddagi qo'shiq o‘zining 
tez fursatda, ba’zan badihago‘ylik - improvizatsiya usulida yaratilishi bilan boshqa janrlardan farq qiladi. Bu o'rinda 
shuni ta’kidlash joizki, shoirlik iste’dodiga ega boTgan yor-yor ijrochisi to‘y vaziyatiga qarab yangi-yangi to'rtliklami 
to‘qib ketavergan. Natijada, aynan to‘y o'tkazilayotgan payt qo‘shiq matnida foto tasvirdek aks etib qolgan: 
Qish kunida sovuq yeb, Horib keldik yor-yor, Achchiq-tirsiq kerakmas, Koyib keldik yor-yor. 
Albatta, hayot, ijtimoiy tuzum, siyosiy sharoitlar taqozosi bilan doi- miy ravishda o'zgarib borgan. Turmushga 
chiqayotgan qiz o‘z turmush o‘rtog‘ini faqat go‘shangadagina ko'rishi mumkin bo'lgan zamonlar o‘tdi. Ba’zan 
davlatmand odamlaming ikkinchi, uchinchi, hatto to‘rtinchi xotini bo'lish taqdirida yozilgan qizlar ham boigan. 
Bunday qismat ifodasi yor-yorda aks etmasligi mumkin emasdi: 
Uzoqqa borgan qizning 
Rangi sariq, yor-yor, Ko‘zidan oqqan yoshi Misli ariq, yor-yor. 
Tokchadagi qaychini Zang bosibdi, yor-yor, Yangi tushgan kelinni G‘am bosibdi, yor-yor. 
Turmushga chiqqan kelinning dardi, alami bilan g‘am bosgani tokchada ishlatilmay qolgan qaychining zang 
bosishiga qiyoslanmoqda. Bunday tasvir vositasi folklorshunoslikda parallelizm deb nomlangan bo‘lib, ikki yonma-
yon narsaning o'xshashligini taqozo etadi. 



Yor-yor matnlari mehnat va mavsum qo'shiqlaridan qofiyalanishi- dagi mukammallik bilan ajralib turadi. 
Jumladan, yor-yorlarda «baxt», «taxt»; «omon», «somon», «alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiyali misollami 
uchratamiz. Bu qo'shiq turlari ba’zan olti, ko'pincha etti bo‘g‘indan iborat bo'ladi. Turoq tizimi 4+3; 5+2 tarzida 
belgilanadi. Qofiyalanish shakli ab,ba yoki ab,vb tarzida shakllangan. Masalan: 
Qat-qat ko‘rpa ustida, Piyolaman yor-yor. 
Yorga salom bergani, Uyolaman yor-yor. 

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling