Xalq qo‘shiqlari


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Afsonalar bu xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va 
tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. A.lar 
ogʻizdan-ogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy ob-raz 
yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek 
qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq A. zaminida albatta moʻ’jiza, sehr-jodu boʻladi. A.lar olam (Yer, 


Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qal’a, 
qishloq, tepalik, Eram bogʻi va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi 
(mas, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, 
shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar 
qiroli Artur va boshqalar) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim 
jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga 
bogʻliq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda boʻladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, 
badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra er-tak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi.A.lar 
yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi 
tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, "Qutadgʻu bilig", "Devo-nu lugʻotit turk", Alisher Novoiyning 
"Hamsa", Dantening "Ilohiy komediya", Chingiz Aytmatovning "Oq kema", Erkin Vohidovning "Ruhlar 
isyoni", Abdulla Oripovning "Jannatga yoʻl" kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini 
oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Koʻchma ma’noda – 
uydirma, yolgʻon, aqlga toʻgʻri kelmaydigan gap.



Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling