Xalq qo‘shiqlari


Chorvachilik bilan bog’liq qo‘shiqlar


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Chorvachilik bilan bog’liq qo‘shiqlar. «Alpomish» dostonida Boy- bo'ri yetti yoshga yetgan Hakimbekni 
«o'g'limga endi shohlik, sipohilik ilmini o'rgatayin», - deb mulladan chiqarib oladi. Boysari ham Barchin qizini 
«Qizimga Ko'kqamish ko'lida qo'y sog'dirib, chorvadorlik ilmini o'rgatayin, qo'y sog'moqqa usta bo'lsin», - deydi. 
Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostonida «Igdishchilar birla qatilmaqni ayur» (Chorvadorlar 
bilan aralashmoqlikni aytadi) bobi bor bo‘lib, unda: 
Qimiz, sut ya yun yag‘ ya yug'rut qurut, 
Yadim ya kidiz ham ezar evka tut 
bayti bor. Bobning va baytning umumiy mazmuni xalq hayotining faro- vonligi bir dehqonga, bir chorvadorga bog‘liq 
ekanini tushuntirishdir. 
Ma’lum bo‘ladiki, o'zbek qadim zamonlardan chorva bilan shug'ullan- gan. Bu soha xalq orasida alohida ilm va tajriba 
birligini tashkil etuvchi bebaho boylik hisoblangan. Chorva mollarini sog'ishda qo‘shiq aytib turish ana shu tajribaning 
kashfiyotlaridan edi. Bugungi kunda jahon ilm- fanida hatto suvning yaxshi va yomon gaplami tushunishi, musiqaning 
farqiga borishi, o‘ziga bo'lgan munosabatga ko‘ra shifo qilish xususi- yatini o'zgartib turishi isbotlandi. Vaholanki, 
xalq bunday yangiliklami ming yillar oldin hayot tajribasidan kelib chiqib bilib bo‘lgan edi. Faqat ilmiy asosda 
isbotlamagan bo'lishi mumkin. Xususan, sigir, qo‘y, echkilami sog'ish paytida sog‘uvchi, odatda, bitta ko'ylakdan 
foydalan- gan, sog'ish vaziyatini hayvon ixtiyoriga ko'ra tanlagan, qo'shiq aytib so- g'adigan molini iydirgan. Natijada, 
sog'iladigan sut miqdorini ko'paytirgan. 
«Ho'sh-ho'sh» qo'shiqlari sigir sog'ishda aytilgan. Vaqt o'tishi bilan sigir qo'shiq ohangiga o'rgangan. Qo'shiq 
aytilgan zahoti tinchlangan, sutini o'ziga tortmagan. Sigir sog'uvchi sigirga siporish qilganda ayta- digan asalli 
so'zlarini alohida mehr bilan kuylagan. Va sigir bu mehmi his qilgan. Oqibatda, har ikki taraf-sog'uvchi va sut beruvchi 
foydada bo'lgan: 
Ho‘shim molim govmishim, Emchaklaring sovmishim, Oralab yeding o'tingni, lyiblab bergin 
sutingni. 
Seni siylab boqayin, Ko'zmunchoqlar taqayin, Quralay ko'z govmishim, Tuyoqlari kumushim. 
Zotli molim ho'sh-ho'sh, Sutli molim ho'sh-ho'sh. 
E’tibor bersak, dehqonchilikda ho'kiz «temir tuyog'im» deb erka- langan edi. Endi sog'ish paytida sigirga 
«quralay ko'z», «tuyoqlari kumushim» deb murojaat qilinmoqda. Shubhasiz, inson bu erkalashlami ho'kiz yoki sigir 
tushunmasligini yaxshi biladi. Lekin qo'shiq ijrosi davomida tovush tovlanishining, ohangning hayvonlarga ijobiy 
ta’sir ko'rsatishiga ishonadi. Masalaning у ana bir muhim tomoni ham yo'q emas. Gap shundaki, ijtimoiy hayot og‘ir, 
turmush o'tkazish juda qiyin bo‘]gan bir paytlarda oiladagi bitta sigir butun oilani boqgan, o‘limdan qutqargan. 
Shuning uchun uy bekasining qo‘shig‘ida sigiriga ich-ichidan rahmat aytish tuyg'usi ham o‘z ifodasini topgan. 
«Turey-turey» qo'shiqlari qo'ylami sog‘ish paytida aytilgan. Bahor fasli qorako‘l sovliqlar uchun fojia davri 
bo‘lgan. Qorako‘lchilikda qimmatbaho ten olish uchun qo'zilar ko‘p vaqt o'tmay so'yilgan. Sovliq ham bolasidan judo 
bo'lgan, ham yeliniga sut to‘lib azob tortgan. Shuning uchun ona qo'ylami sog‘ishga chorvadorlikda alohida e’tibor 
berilgan. Sog‘ish bilan bolasidan ajralgan qo‘y qismati nisbatan yengillashgan. «Turey-turey»lar matnida sut 
sog'uvchi qo'yning qo‘zi- sidan ajralganiga hamdardlik bildirgan, unga achinish tuyg‘usini ifo- dalagan. Наг holda 
qo‘yni maqtashga uringan: 
Bolalilar bosh bo‘lar, turey-turey, Bolasizlar yosh bo‘lar, turey-turey, Kelar yili tuqqaning, turey-
turey, Qo‘zingga yo'ldosh bo'lar, turey-turey. 


Xalqimizning boshqa mavzu va turdagi qo'shiqlari singari turey- tureylarda ham qo'ylami jonlantirish, ya’ni sut 
sog'uvchi uni o'ziga suhbatdosh odamdek tasavvur qilish usuli yetakchi hisoblanadi. Qo'shiq ohangi og‘ir, vazmin 
aytiladi. Qo'yning aqlliligi, irodaliligi, o‘z egasiga xayrixohligi oshirib ta’riflanadi. Hatto ona qo‘y bog‘da ochilgan 
gulga tenglashtiriladi. Aytish mumkinki, turey-tureylarda xalqning asrlar davo- mida qo‘y boqish mashaqqatidagi 
tajriba badiiy yo‘l bilan o‘z aksini topadi. Tarixdan ma’lumki, bittagina o‘ta sifatli qo‘zi terisi o‘mi kel- ganda katta-
katta amaldagi odamlar o'rtasida muomalani boshqargan. Oy nurida tunda tovlanadigan terilar qimmatbaho zargarlik 
gavharlaridan ortiq baholangan. Qo‘y egasi, ehtimol, ana shu hayot lavhalarini ham nazarda tutgan bo'lishi mumkin: 
Esli molim - oqilim, turey-turey, Yelkamdagi kokilim, turey-turey. Shuncha molning ichida, turey-
turey, Bog‘da ochilgan gulim, turey-turey. 

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling