Xalq tabobatida ishlatiladigan momordica charantia L dorivor


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana21.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1369393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Samadov2

Аннотация. Использование лекарственных растений в народной медицине,
открытие их новых полезных свойств, безусловно, напрямую связано с их химическим
составом. Лекарственное растение Momordica charanthia L, изучаемое в нашем
исследовании, также известно своими целебными свойствами с древних времен, это
растение, родиной которого является Индия, выращивается в азиатских странах. В
результате исследований было изучено использование растения в народной медицине, а
также в статье будет представлена информация о химическом составе растения.
Annotation. The use of medicinal plants in folk medicine, the discovery of their new useful
properties, of course, is directly related to their chemical composition. The medicinal plant
Momordica charanthia L, studied in our study, is also known for its healing properties since
ancient times, this plant, which is native to India, is grown in Asian countries. As a result of the
research, the use of the plant in folk medicine was studied, and the article will also provide
information about the chemical composition of the plant.


Journal of Chemistry of Goods and
Traditional Medicine
J Chem Good Trad Med, Volume 1, Issue 4, 2022
Traditional Medicine
Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, Vol. 1, Iss. 4
135
Kalit so’zlar. Momordica charantia L, xalq tabobatida ishlatilishi, qandli diabetga qarshi
ta’siri, mevasi, kimyoviy tarkibi.
Ключевые слова. Momordica charantia L, применение в народной медицине, действие
против сахарного диабета, плоды, химический состав.
Keywords. Momordica charantia L, application in traditional medicine, action against
diabetes mellitus, fruits, chemical composition.
Kirish. Dorivor o’simliklardan qadim zamonlardan buyon dori vositalari sifatida
kasalliklarni davolash, uning oldini olish yoki boshqa maqsadlarda, sabzavot sifatida ham
foydalanib kelingan. Ushbu foydali xususiyatlari tufayli ularni respublika miqyosida yetishtirish,
turini ko’paytirish hamda fan darajasida o’rganish, o’rganish natijalariga ko’ra ulardan yangi
turdagi dori vositalarini ishlab chiqish, tibbiyotda qo’llash sog’liqni saqlash sohasining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Albatta har bir o’simlikning o’ziga xos foydali xususiyati uning
kimyoviy tarkibiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Uning tarkibidagi foydali minerallar va
elementlar uning dorivorlik xususiyatini ta’minlab berishi shubhasizdir. Maqolada Qovoqdoshlar
oilasiga mansub, asli yurti Hindiston bo’lgan Momordica charantia L dorivor o’simligining
kimyoviy tarkibiga oid ma’lumotlar keltiriladi.
Momordica charantia L. (achchiq qovun) - qovoqdoshlar oilasiga mansub o’simlik va
butun dunyo bo’ylab tropik va subtropik mintaqalarda, asosan Osiyo, Hindiston, Xitoy va
Braziliyada keng tarqalgan bo’lib, u an’anaviy ravishda dorivor o’simlik va ba’zi Momordica
charantia L navlarining mevalari oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu
o’simlik charantin, a-momorxarin va MAP30 (Momordica antiretroviral proteinlar) kabi
terapevtik potentsialga ega bo’lgan turli xil biologik faol moddalarni o’z ichiga oladi va uning
antidiabetik, yaraga qarshi, antioksidant, antimikrob, antigelmint, antigiperglikemik va onkologik
kasalliklarga qarshi xususiyatlariga urg’u beradi. Tadqiqot Momordica charantia L haqida
fitokimyoviy va farmakologik bilimlarni yangilashga qaratilgan bo’lib, ular tadqiqotchilarga
o’simlikning yangi kimyoviy birikmalarini topish, uning xavfsizligi va samaradorligini o’rganish,
shuningdek, yangi terapevtik vositalarni topish uchun boshqa antimikrob preparatlar bilan
birgalikda uning mumkin bo’lgan sinergik ta’sirini baholashga yordam beradi [1]. Atibakterial
xususiyatlarga qo’shimcha ravishda, o’simlik mevalarida gipoglikemik xususiyatlarga ega faol
kimyoviy tarkibiy qismlar ham mavjud bo’lib, maqolaning asosiy qismida keltiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling