Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi
Tankchi askar: Uchuvchi askar
Download 1.7 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy qism
- 13-mavzu: Tirnoqlarni toza tutish gigiyenasi I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi
- Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi
Tankchi askar: Uchuvchi askar:
Yurar qo’rg’on- tanimiz, Musaffo osmonimiz, Temir qoplon- tankimiz. Biz uning posbonimiz. Yelday kezar dala-dasht, Yuksaklarda uchgaymiz, Cho’lu- o’rmon –tankimiz. Yurt ko’kini quchgaymiz. Boshlovchi: Mardlar elga qalqondir, Armiya zo’r maktabdir, Kuchi qaynar vulqondir. Mardlar yurtga madaddir. Ular borki , zamon tinch, Shu bois el xotirjam, Hayot dorilomondir. Mustaqillik abaddir. Yakuniy qism: Bugun biz izlar bilan Vatan himoyachilari haqida suhbatlashdik. Vatanni kimlardan himoya qilish kerak? degan savolga o’quvchilar o’z so’zlari bilan javob beradilar. Yurtimiz tinchligini, go’zalligini va boyliklarini ko’ra olmaydigan , hasadgo’y yovuz kuchlardan himoya qilishimiz kerak ekan . Buning uchun har bir o’g’il- qiz ehg avvalo o’zi Vatanni sevishi va uni doimo asrab – avaylashga harakat qilishi kerak. Kelajakda esa, harbiy ilm sirlarini egallab,yurtimiz chegaralarini yerda, suvda ,havoda mustahkam qo’riqlay oladigan botir va mard o’g’il –qizlar bo’lib yetishasizlar. 13-mavzu: Tirnoqlarni toza tutish gigiyenasi I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi : : Insonning tashqi a’zolari. Tirnoqlarni parvarishlash haqida ma’lumotlar berish.Tirnoqlarga qarab insonning xarakter xususiyatlarini aniqlash haqida qisqacha ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi. Tirnoqlarning turlari aks ettirilgan rasmlar va tirnoq olish uchun mo’ljallangan qaychi. Tashkiliy qism Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish. II. Asosiy qism O’qituvchi :Bolalar bugun biz sizlar bilan insonning tashqi a’zolari haqida suhbatlashamiz. Avvalgi mashg’ulotimizning birida tiz sizlar bilan tishlarimiz va ularni parvarishlash haqida suhbatlashgan edik. Bugungi suhbatimiz tirnoqlar haqida bo’ladi . Qani hamma stol ustiga qo’llarini qo’ysin-chi. Hamma o’quvchilarning qollari birma –bir ko’zdan kechirib chiqiladi. Bu bilan bolalarning barmoqlari qanchalik tozaligi va tirnoqlarning shakllari o’rganib chiqiladi. Tirnoq –bu barmoqlarni himoya qiluvchi vosita. Odamlar va hayvonlarning barmoqlari uchlarida hosil bo’ladi. U barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism , tana va ildizdan iborat bo’ladi. Odamda oyiga o’rtacha 3 mm ga o’sadi, 96-115 kunda to’liq yangilanadi. Ularning shakllari dumaloq, uzunchoq, ingichka , tortburchakcimoh bo’ladi. Ularni to’g’ri parvarishlashimiz kerak, aks holda ular kasallanishi va salomatligimizga ham ziyon yetkazishi mumkin. O’sib ketgan tirnoqlar orasida ko’zga ko’rinmas darajada mikroblar yig’ilabi. Bu mikroblar og’iz orqali ichimizga tishsa, tirli hil yuqumli kasalliklar orttiramiz . Tirnoqni o’z vaqtida qaychi yordamida yoki maxsus tirnoq oluvchi vosita yordamida tozalab turish kerak. Tirnoqni chetlari bilan olinsa, ular chiroyli ko’rinishga ega bo’ladi.Tirnoqlar shakliga qarab insonning xarakterini aniqlash mumkin. Tirnoqlar hayvonlarda tayanch vazifasi sifatida ham foydalaniladi. Masalan, ayiqlar tirnorlari bilan daraxt shoxlarini quchoqlab, daraxtga chiqib oladilar, yoki yumronqoziqlar tirnoqlari yordamida yerni qazib,o’zlariga uy tayyorlaydilar.Ba’zi yirtqich hayvonlar bir- birlariga tirnorlari bilan ziyon yetkazabilar . Va bu xususiyat faqat hayvonlarga xosdir. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling