Xalqaro bank ishi sessiya javoblari aqshda bank faoliyatini tartibga solish me'yoriy huquqiy asoslari va ularning zamonaviy shariotdagi ahamiyati
Banklarning muddatli valyuta operatsiyalari
Download 106.1 Kb.
|
XALQARO BANK ISHI SESSIYA JAVOBLARI (2)
8.Banklarning muddatli valyuta operatsiyalari
JAVOB: Muddatli valyuta operatsiyalari - bu bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo‘yicha kelishilgan xorijiy valyutani ma’lum muddat qtgach etkazib berish kelishib olinadigan valyuta bitimlaridir. Bundan muddatli valyuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi: 1. Bitim tuzilishi bilan bajarilish o‘rtasida ma’lum davr vaqt bor. 2. Muddatli valyuta operatsiyalar bo‘yicha valyuta kursi, ma’lum muddat o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi. Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshik bulgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning kuyidagi keng tarkagan turlari mavjuddir. Ularga: 1. forvard valyuta bitimlari; 2. fyuchers bitimlari; 3. valyuta opsioni; 4. svop operatsiyalarini kursatish mumkin. Emitent davlat tashqarisida bir yoki bir nechta funksiyalarni bajaruvchi valyuta xalqaro valyuta hisoblanadi. Valyutaning xalqaro rolni bajarishi quyidagi omillarga bog‘liq: milliy iqtisodiyot hajmiga, xorijiy investorlar ishonchiga, xalqaro savdoda mamlakatning tutgan o‘rniga, moliyaviy bozorning erkinlik darajasiga. Asosiy valyuta (key currency) – xorijda pulning bir nechta vazifasini bajaruvchi valyutadir. Hozirgi vaqtda valyutaning ushbu turiga evro, yapon ienasi, shveysariya franki, funt sterling kabi valyutalar kiradi. Xalqaro aylanmada sezilarli darajada yirik masshtablarda boshqa asosiy valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH dollarida amalga oshiriladi. Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa qilish mumkinki, milliy valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi. 1980 yillarda ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosatida, nisbatan ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, resurslar taqsimoti va iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli tendensiyalari o‘zgarishlarini yanada samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali islohotlarni amalga oshirdilar. Ushbu islohotlarda asosiy o‘rinlardan birini valyuta kursi siyosati egallagan. Xalqaro iqtisodiy, shuningdek valyuta-kredit va moliya, munosabatlari qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tijorat risklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi; 2) importchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa hisob-kitob inkasso shaklida bo‘lganda; 3) xujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi hatolar; 4) valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni qalbakilashtirish; 5) xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi; 6) valyuta kurslarining nobarqarorligi; 7) inflyasiya; 8) foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar; Download 106.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling