Inson ekologik huquqining afzalligi - unga ko‘ra insonning yashashi uchun qulay ekologik sharoit bo‘lishini ta’minlash, har qanday jarayonda insonni ekologik yashash omili birinchi o’rinda turishi lozim. Chunki Yeryuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy. diniy, ijtiinoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMT Nizomining 3-xatboshi 1-moddasiga binoan xalqaro hamkorlikni davlatlar “inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag‘barlantirishni rivojiantirishlari” asosida olib borishlari kerak.
O‘zaro ekologik konsultatsiyalash — bu yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatini keng yoyilishini oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalaririi aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar qo'lami va yo'llarini aniqlashtirishga imkon beradi.
Xalqaro rniqyosda ekologik axborotni erkin almashinish tamoyili — davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo'layotgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, barcha yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o'simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, aholini atrof-muhitda sodir bo‘layotgan 0‘zgarishlar haqida joriy va ishonchli axborotlar va atrof-muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Favqulodda ekologik vaziyat holatida davlatlarning bir- birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatishi — davlatlarning o‘zaro munosabatlari asosida favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar to'xtatilib qo‘yiladi, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko'rsatish bilan bogMiq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy. inuhitni tikiash va sog‘!omlashtirish chora-tadbirlari ko'riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |