Xalqaro huquq


' Odilqoriycv X.T., Ochjlov B E. Hozirgi zamon xalqaio nuquqi (Xalqaro otnmaMy huquq). DarjUJc. - T.. 2002. - B.262


Download 3.36 Mb.
bet133/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

' Odilqoriycv X.T., Ochjlov B E. Hozirgi zamon xalqaio nuquqi (Xalqaro otnmaMy huquq). DarjUJc. - T.. 2002. - B.262 etildi'.Yadro qurolining paydo bo'lishi, buning natijasida Yer yuzida umuman hayotning yo'q bo'lib ketish tahdidi, urusb va tinchlik masalalarini hal qilishning yangi yo'llarini izlab topishga majbur qildi, Xalqaro xavfsizlikni ta’miniash umumiy g‘oyasining ishlab chiqilishi bu talabga bo'lgan javob edi. Insoniyat xavfsizlikning yangi mezonlarini qidirib topishi lozimligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida milliy xavfsizlikni yanada mustahkamlash uchun imkon qadar qulay tashqi sharoitlar yaratib lozimligi, 0‘zbekiston tinchlikparvar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdiida, ulardan chiqishi ta’kidlanadi.
0‘zbekiston Respublikasi qo'shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o'choqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlami ko'radi, shuningdek o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo'ymaydi.
Konstitutsiyaga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarda ishtirok etmaydi.
Hozirgi zamon sharoitida milliy xavfsizlikni ta’miniash deganda, davlatning o'zini tashqi tahdidlardan jismoniy va axloqiy-siyosiy jihatdan himoya qila olishigina tushunilmasligi kerak. Chunki milliy xavfsizlikni ta’miniash xalqaro xavfsizlik bilan uzviy aloqador bo‘lib, yalpi tinchlikni mustahkamlash va qo4lab-quvvatlashga ham bog’liqdir. Haibiy harakatlar olib borishning hozirgi zamon usul va vositalarini tahlil qilish milliy xavfsizlikni faqat qudratli mudofaani tashkil etish va harbiy-texnik vositalar bilan ta’minlab bo4masligini ko‘rsatadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin G'arb va Sharq o'rtasidagi ijtimoiy- siyosiy qarama-qarshilik BMT Ustavining 39-51-moddalarida ko'rsatib o‘tilgan BMT qurolli kuchlarini tuzish va unga kollektiv xavfsizlik organi maqomini berish (BMT Xavfsizlik Kengashi) hamda shu orqali jahon hamjamiyati va alohida davlatlarga ta’sir qilish vositalari, o‘zini oqlamaganligini ko'rsatib o'tdi.
1 Malcolm N. Shaw. International law. Sixth edition. Development of International law Cambridge University Press. New Yotk, 2008. -P214
BMT Xavfsizlik Kengashi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’mirdash majburyatini olgan.1 Kengash o‘n besh a'zodan iborat bo‘lib, uning beshtasi doimiy (AQSH, Rossiya, Xitoy, Angliya, Fransiya) va o‘ntasi muvaqqat a’zolar hisoblanadi. Qarorlar jami to'qqiz a’zoning ovozi bilan qabul qilinadi. uing ichida, albatta. doimiy a’zolarning ovozlari bo'lishi shart. Doimiy a’zolardan birining qarshi ovoz berishi ‘‘veto huquqi” hisoblanib, uni qo‘llash bilan bog'liq masala ko'pgina muammolaiga sabab bo'lmoqda. Natijada Xavfsizlik Kengashi tarkibini o'zgartirish, a’zolar sonini oshirishga qaratilgan yondashuvlar paydo bc'ldi52 53.
Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, BMT Ustavi jahon hamjamiyati a’zolariga “qurolli kuchlarni umumiy manfaatlami hisobga olib qo'llash” majburiyatini yuklar ekan, qurolli kuchlardan foydalanishni markazlashtirish tamoyilini ishlab chiqdi. Alohida hollarda davlatlaming yakka va kollektiv tartibda mudofaadan foydalanish huquqini ham saqlab qoldi. Ammo siyosiy voqelikka nazar tashlaydigan bo‘lsak, urushdan keyingi holat bu tamoyilni puchga chiqarganini ko‘ramiz.
Yuridik jihatdan oladigan bo‘lsak, xavfsizlikmng yangi konsepsiyasi xalqaro-huquqiy tartibotda shunday tizimni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo’yadiki, bunda hozirgi dunyoda umuminsoniy qadriyat va manfaatlami tor milliy va sinfiy manfaatlardan ustun qo‘yib, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishni erkin tanlash va shu orqali siyosatda huquqning ustunligini ta’minlashga xizmat qilishi kerakligiga asoslanadi.
Xalqaro huquq samaradorligi hamda davlatlaming inscniyat oldidagi kollektiv mas’uliyati ikkita asosiy vazifani xalqaro hamkoriikds hal etishga qaratilgan. Birinchi vazifa, xalqaro miqyosda amalda bo’lgan tinchlikni saqlab turish mexanizmini saqlab qolish bo‘lsa. ikkinchi vazifa yangi huquqiy normalami yaratishdir.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1987-yilda qabul qilingan Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan bosh tortish tamoyilining samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya va 1988-yilgi Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan vaziyat va nizolarning oldini olish hamda ulami tugatish va bunda BMTning rolini oshirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya umumiy xavfsizlikning xalqaro-huquqiy kafolatlarini yaratishga qaratilgan muhim qadamlardan hisoblanadi.
Xalqaro xavfsizlik huquqining maqsadi va tamoyillari
Xalqaro xavfsizlik huquqining asosiy maqsad va tamoyillari xalqaro ommaviy huquqning maqsad va tamoyillari bilan mushtarakdir, bu esa xalqaro xavfsizlik huquqining xalqaro ommaviy huquq tizimidagi o'rnini belgilab beradi. Xalqaro xavfsizlik huquqining asosiy hujjati xalqaro huquqniki singari BMT Ustavidir.
. :'r
BMT Ustavida bosh niaqsad quyidagicha ifodalangan: "xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quwallash". Bu maqsadga erishish yo'li ham ko'rsalilgan: "linchlikka bo'lgan tahdidning oldini olish va tugatish, agressiya aktlarini va tinchlikning buzilishining boshqacha ko'rinishlarini bostirish uchun kollektiv choralarni samarali qo 'Hash
Tinchlikning buzilishiga olib keladigan xalqaro nizolar va vaziyatlami hal etishni tinch vositaiar bilan olib borish. Bunda ikki vazifani: keng xalqaro hamkorlik orqali samarali kollektiv choralar hamda tahdidning oldini olish va tinch yo‘l bilan hal etishda asosiy e’tibomi ehtiyotkorlikka qaratish zarurligini qayd etib o‘tish joiz.
BMT Ustavi xalqaro xavfsizlikning asosiy tamoyillarini ham belgilab bergan. Bu tamoyillardan birinchisi nizolami tinch yo'llar bilan hal etish va kuch ishlatmaslik hamda kuch ishlatish bilan tahdid solmaslik tamoyilidir. Bu tamoyillarni amalga oshirish uchun ustav davlatlarni BMTga uning harakatlarida har tomonlama yordam berishga chorlaydi va BMT biror davlatga nisbatan olib borayotgan oldini olish va majburlov xarakteriga ega bo'lgan har qanday chorani qo'llashda boshqa davlatlar shu davlatga yordam berishdan o'zini tiyishlariga chaqiradi.
Bundan tashqari, Ustav BMTga shunday huquq berganki, bunga ko'ra BMTga a’zo bo'lmagan davlatlar ham aytib o'tilgan tamoyil bo'yicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlashlari zarurdir (2-modda 6-band).
Faqatgina aytib o'tilgan tamoyillargina emas, balki xalqaro huquqning boshqa tamoyillari ham xalqaro xavfsizlik huquqining asosini tashkil qiladi. Bu qoida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan maxsus qayd etib o'tilgan. Samarali kollektiv choralar suveren tenglik; ichki ishlarga aralashmaslik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyillarini hurmat qilish asosida amalga oshirilishi mumkin. Inson huquqlarini hurmat qilish, demokratiya, tinchlikka yo'naltirilgan xavfning oldini olishda birinchi darajali ahamiyatga egadir. Har bir inson yashash huquqiga ega, davlat va xalqaro hamjamiyat esa insonning ana shu huquqi amalga oshishi uchun xalqaro tartibni ta’minlashi lozimdir (1948-yilgi Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasining 3 va 28-moddalari). Bundan insonning tinchlikka bo‘lgan huquqi ajralib chiqadi, bu esa xalqlar va davlatlarning tinchlikka bo'lgan huquqi bilan bogdiqdir. Xalqlarning tinchlikka bo'lgan huquqi to‘g'risidagi 1984-yilgi Dekiarasiyada Bosh Assambleya “xalqlarning muqaddas -tinchlik huquqi” iborasini ishiatdi, buni ta’minlash esa davlatlarning eng muhim majburiyati bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro xavfsizlik huquqi xalqaro huquqdagi tub o'zgarishlami o'zida aks ettiradi. Urush endi unda ishtirok etuvchi davlatlarning ishigina bo'lib hisoblanmaydi. Agressiya “tinchlikka qarshi jinoyat” hisoblanadi. Umutniy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash - xalqaro huquqning bosh vazifasidir. Davlatlarning urushga bo'lgan huquqi yuridik jihatdan tan olinmaydi. Urush, kuch ishlatish endi faqat bir davlatning vakolati hisoblanmaydi. Bu xalqaro hamjamiyatning ishidir.
Yalpi xavfsizlik tushunchasi va ta’minlanishi

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling