Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
BMT Ustavi bo ‘yicha tinchlik va xavfsizlikni la 'minlash tizimi. BMT davlatlarning birgalikdagi harakati asosida xalqaro xavfsizlik va tinchlikni saqlash va mustahkamlash quroli sifatida tuzilgan edi. BMT Ustavining muqaddimasi xalqaro rinchlikning quyidagi asoslarini koTsatib berdi: urushga barham berish; asosiy inson huquqlarini ishonchli mustahkamlash; xalqaro huquqning ahamiyatini oshirish; ijtimbiy taraqqiyotga yordam berish va erkin hayot shart-sharoitlarini yaxshilash hamda bu maqsadda uchta asosiy shartni bajarish: birgalikda, yaxshi qo'shnichilik munosabatlarida tinch-totuv yashash; xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun kuchlami birlashtirish; qabul qilingan tamoyiilar va tamoyillami qabul qilish va usullarni o’matish orqali qurolli kuchlardan umumiy manfaatlarda foydalanish.
BMT Ustaviga ko'ra xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash xalqaro huquq normalari va umume ’tirof etilgan tamoyiilar asosida tashkil etilishi, bu sohada vakolatlari aniq belgilangan Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi. tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bosh Assambleya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan liar qanday ish yoki masalani muhokama qilishi, jumladan, bu sohadagi hamkorlikning umumiy tamoyillarini ko'rib chiqishi va shu asosda davlatiarga va Kengashga muhokamagacha yoki muhokamadan keyin ham o‘z tavsiyalarini berishi mumkin. Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun asosiy mas’uliyat yuklatilgan (24-modda). U BMT nomidan oldini olish va majburlov harakatlarini qoMlash huquqiga ega bo'lgan, jumladan, BMTga a’zo davlatlarning birlashgan qurolli kuchlarini ishlatish huquqiga ega BMTning yagona organi hisoblanadi. BMT Ustavida ko'rsatib o‘tilganidek, bunday kuchlarni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tikiash yoki saqlash uchun agressiya akti bo’lganda, tinchlik buzilganda, tinchiikka tahdid solinganida “faqat umumiy manfaatlar uchun” alohida hollarda boshqa choralarni qo'llash samara bermaganida va Ustavga zid maqsadlarda fbydalanilmagan holdagina qo’llash mumkin va lozim bo'ladi. Ustavning 43-moddasi BMT a’zolari tomonidan Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga zarur qurolli kuchlar, yordam va xizmat ko'rsatish vositalarini berish tartibini belgilab bergan. Bunday aloqa BMTga a’zo davlatlar bilan Kengash oTtasida tuziladigan maxsus Bitim va Bitimlar ratifikasiya asosida qilish orqali; Xavfsizlik Kengashining talabiga ko‘ra, ya’ni uning qarorlari asosida amaiga oshiriladi. Xavfsizlik Kengashi Harbiy Shtabli Qo'mita (XSHQ) yordamiga tayanib, qurolli kuchlarni tuzish va qo’llash bilan bog'liq. barcha masalalarni hal qiladi. XSHQ Kengashning doimiy a’zolarining Shtab boshliqlari yoki ularning vakiliaridan iborat bo'ladi (47-modda). Ammo 43-modda ham, 47-modda ham Kengashning doimiy a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar bo'lgani uchun amalda qo’llanijmadi. Buning natijasida 1947-yildan boshlab XSHQ o’z faoliyatini amaiga oshirmadi va BMT qurolli kuchlarini tuzish va yaratish sohasida o‘z holicha ish ko'rdi. BMTda uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan va tinchlikni saqlashda BMT mexanizmining samaradorligini oshirish uchun bir qancha rezolutsiya va deklaratsiyalar qabul qilindi. BMTning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan rezolutsiya va deklaratsiyalari: Xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash to'g'risidagi 1970-yilgi DekJaratsiya; Agressiya ta’rifi to‘g‘risidagi 1974-yil 14-dekabrdagi Bosh Assambleyaning 3314 (XXIX) Rezolutsiyasi; Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid sokivchi nizolar va vaziyatlarning oldini olish va tugatish hamda bu sohada BMTning roli to*g‘risidagi 1988-yilgi Deklaratsiya; - Xalqaro tinchlik, xavfsizlikni mustahkamlash va BMT Ustaviga I asosan barcha sohada xalqaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bosh j Assambleyaning 1989-yil 15-noyabrdagi 44/21-rezolutsiyasi. Yuqonda sanab o'tilgan aktlar orasida 1974-yilgi Agressiya ta’rifi to'g'risidagi rezolutsiya asosiy o‘rinni egallaydi. U aralash akt hisoblanadi. Unda agressiyaga umumiy ta’rif berilgan va agressiyaga qarshi aktlar sanab o‘tilgan. Mazkur rezolutsiya agressiyani “bir davlatning ikkinchi bir davlatning suvereniteti, hududiy daxisizligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch ishlatish yoki BMT Ustaviga mos kelmaydigan boshqacha tarzda ta’sir oTkazish”, deb tavsiflaydi. 3-modda agressiya ta’rifini aniq agressiv aktlar orqali belgilab beradi. Agressiya ta'rifida sanab o‘tiigan agressiv aktlar ro‘yxati tc‘liq deb hisoblanmaydi. “Xavfsizlik Kengashi deyiladi 4-moddada Ustav qoidalariga ko‘ra boshqa agressiv aktlar mavjudligi haqida xulosa chiqaradi”. Xavfsizlik Kengashi agressiv aktlarni belgilash bo'yicha o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, birinchilik tamoyilidan tashqari boshqa mezonlardan foydalanadi. Bu haqida Agressiya ta’rifining 2-moddasida quyidagicha yozib qo'yilgan: “Xavfsizlik Kengashi Ustavga muvofiq quyidagicha xulosa chiqarishi mumkin: agressiya akti amalga oshganda, uning oqibatidan qat’i nazar, u hech qanday holatlarda oqlanmaydi”. Qurolli kuchlami noqonuniy qo‘Hash aktining jiddiylik omili Xavfsizlik Kengashiga agressiya akti bilan qurolli kuchlarning cheklangan yoki tasodifiy holda qo'llanganligi o'rtasidagi chegarani belgilab beradi, bu esa tinchlikka tahdid yoki tinchlikning buzilishi deb baholanishi mumkin. 2-moddadan agressiv maqsadning mezonini hisobga olish zarurligi kelib chiqadi. Ma’lum bir vaziyatlami ko‘rib chiqishda Xavfsizlik Kengashi birinchilik tamoyilidan foydalanib qolmay, tomonlarning agressiv maqsadlarini ham hisobga cladi. Bu yo'nalishda muhim ko‘mak bo'lib Agressiya ta’rifining 5-moddasi hisoblanadi. bu modda agressiyani, u siyosiy, iqtisodiy. harbiy yoki boshqa xususiyatga egaiigidan qat’i nazar, oqlamaydi. Agressiya ta’rifi agressiyani xalqaro javobgarlikka olib keluvchi xalqaro tinchlikka qarshi jinoyat sifatida tasniflaydi. Bu modda agressiya natijasida egallangan hudud yoki boshqa muhim manfaatlar qonuniy bolmaydi. deb hisoblaydi. Agressiya ta’rifining 7-moddasida muhim qoida belgilangan bo’lib, unga ko’ra ta’rifning hech bir unsuri xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi kamsitilishiga yo‘l qo'ymaydi, mustamlakachiiik va irqiy rejim ostida bo’lgan xalqlarni bu rejimga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaydi. Bu modda mustamlaka va mazlum xalqlarning o‘z ozodligi uchun kurashini tan oladi. Agressiya ta’rifi 1974-yili BMTga a’zo 138 davlat ishtirokida qabul qilingan edi. Ana shu holatni hisobga olgan holda, shuningdek u BMT Ustavining bir qancha qoidalariga oydinlik kiritgani va ishonchli bo'lgani uchun. bu ta’rifga barcha davlatlar uchun ham, Xavfsizlik Kengashi uchun ham majburiy yuridik kuchga ega, deb qarashimiz mumkin. 1991-yilning 9-dekabrida Bosh Assambleya Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash sohasida BMTning o‘rni to'g'risidagi Deklaratsiyani ma’qulladi. Deklaratsiya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bilan bog’liq funksiyalami bajarishda Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleya har qanday nizo va vaziyatga nisbatan toTiq ma’lumotga ega bo'lishi kerakligini bayon etadi. Deklaratsiya faktlarni aniqlash uchun missiya tuzish masalalarini ham tartibga soladi. Bunday missiyalarni tuzish va jo’natish to'g’risidagi qaromi Kengash yoki Assambleya qabul qiladi. Bunday missiyani biron- bir davlat hududiga yuborish uchun o‘sha davlatning oldindan roziligini olish kerak bo‘ladi. Deklaratsiya missiyani tashkil etish va amalga oshirish uchun Bosh kotib xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi. Bosh kotib missiyaga jalb qilingan ekspertlar ro'yxatini tuzib chiqadi yoki yangilaydi. Shu bilan birga, Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyaning maxsus yordamchi organlari xizmatidan ham foydalanishi mumkin. BMT doirasidagi tinchlikni saqlashning hozirgi zamon konsepsiyasi Xavfsizlik Kengashining dasturida ma’qullangan BMT Bosh kotibining “Tinchlik uchun kun tartibi’’ ma’ruzasida bayon qilingan. Dastur preventiv diplomatiya, tinchlikni ta’minlash, tinchlikni saqlash va tinch qurilish sohalarida BMTning kompleks rolidan kelib chiqadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling