Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet31/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Ushbu bayonotni sharhlang.
Masalan. O'tgan asming 40-yillar oxirida Britaniya mustamiakasi Hindistonni Pokiston va Hiniston davlatlariga bo'lish natijasida huquqiy vorislik masalasi paydo bo'ldi. Britaniya mustamiakasi ostidagi Hindiston BMT ning ta’sischilaridan biri edi. Mamlakatni taqsimlashda dominion (1947-yilgacha Britaniya imperiyasiga kirgan, formal jihatdan mustaqil bo'lgan davlat) - Hindiston oldingi Britaniya mustamiakasi ostidagi davlat kabi xalqaro miqyosdagi siymo ekanligi va BMT ning a’zosi sifatida qolishiga da’vo qildi. Boshqa tomondan Pokiston ham Britaniya mustamiakasi ostidagi davlatning huquq subyektliligi taqsimlanganligi va ikkita yangi davlat BMTga a’zolikka nisbatan huquqiy voris ekanliklarini ta’kidladi.
Aytingchi, qay bir davlatning nuqtayi nazari xalqaro huquqqa muvofiq deb e 'tirof etiladi?
Xalqaro huquqda tan olish va huquqiy vorislik
Tan olisb - davlatning ixtiyoriy ravishda, bir tomonlama qabul qilgan hujjatidir. Unda davlat bevosita yoki bilvosita biron bir davlatni xalqaro huquq subyekti sifatida tan olishi va u bilan rasmiy munosabat o‘matish maqsadi borligi yoki davlatda yoxud Lining bir qismida g'ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan kelgan hokimiyatni xalqaro munosabatlarda ushbu davlatning yoki shu hududda yashaydigan xalqning vakili sifatida samarali ishtirok etish mumkin deb hisoblanish to‘g‘risida bayonot beradi.
Xalqaro huquqiy tan olish - bu xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni yoxud rasmiy yoki norasmiy. toHiq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlami o'matishga qaratilgan davlat tomonidan qabul qilingan hujjat.
Tan olish majburiyati mavjud emas. Bu davlatning huquqidir.


Xalqaro huquqiy tan oiishning de-yure va de-fakto shakllari an'anaviy hisoblanadi.
Hech qanday shartsiz rasmiy tan olish to‘g‘risidagi de-yure va de- fakto tan olish to‘g‘risidagi diplomatik aloqalar o‘matish yoki shunga rozi bo'lish haqidagi bayonotlar rasmiy tan olish hisobianadt.
Norasmiy tan olish u yoki bu davlatning hukumati rasmiy ravishda tan olinmagan mamlakat hukumati bilan aloqaga kirishish, ba’zan adhoc xalqaro huquqiy tan olish deb ataladigan, bir-birini tan ohnaydigan davlatlar tomonidan xalqaro konferensiyalarda yoki xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishi hisoblanadi.
Tan olayotgan taraf tomonidan zarurat bo'iganda bevosita xalqaro huquqiy munosabatlarga kirish niyatini tasdiqlovchi guvohnoma xalqaro huquqiy tan olishni rasmiylasbtiruvchi hujjatdir. Shu bilan birga bu yangi davlat va hukumatni tuzish vositasi hisoblanmaydi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling