Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet28/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq subyekti davlat organlari va uning mansabdor shaxslari ernas, daviatning o‘zi hisoblanadi. Ushbu haqda “hukumatlararo kelishuv”, “hukumatlararo tashkilot” kabi tenninlami uchratganda unutmaslik lozim. Davlat o‘z organlari faoliyati uchun to4iq javobgar bo‘ladi. -t ’ ■ -
Shunga muvofiq davlat xalqaro huquqning zarur (muqarrar) subyekti hisoblanadi. Shutting uchun uning xalqaro huquq subyektliligini inkor etish xalqaro huquqning o'zini inkor etish bilan barobardir.
Oddiy (unitar) va murakkab davlatlarning xalqaro huquq subyektliligining o'ziga xos xiisusiyati
Davlatlar o‘z ichki tuzilishidan qat’i nazar, oddiy (unitar) va murakkab (federatsiya)ga bo‘ 1 inadilar, Unitar davlat yagona davlat hokimiyati, yagona huquqiy tizimga ega yagona davlat tuzilma hisoblanadi. Uning ma’muriy-hududiy birliklari xalqaro munosabatlarda mustaqil sifatga ega bo‘lmaydi hamda ularning xalqaro huquq subyektliligi haqidagi masala vujudga kelmaydi. Xalqaro munosabatlarda davlatning o‘zigina xalqaro huquqning subyekti sifatida ishtirok etadi.
Murakkab davlat — bu federatsiya. Federatsiya qoidaga binoan suveren davlatlar tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq tuzilgan. Federatsiya a’zolari (subyektlar) ma’lum bir darajada o‘z erkinligini federativ davlat doirasida saqlab qolganlar va shu paytning o'zida xalqaro huquq subyektliligini yo'qotgan edilar. Federatsiya davlat sifatida xalqaro huquq subyektining xususiyatini olgan edi. Xalqaro huquqda federatsiya a’zolarining xalqaro huquq subyektlilikka ega bo'lish xususida hech qanday norma mavjud emas. Ichki davlat tuzilishi davlatning ichki vakolatlarga oid masalalar qatoriga kiradi. Umumiy xalqaro huquq unitar va federativ davlat o’rtasidagi farqlanishni amalga oshirmaydi.
Ba’zi federativ davlatlar Konstitutsiyalari, masalan, GFR federativ davlat subyektlari suveren davlatlar bilan tor doiradagi masalalar yuzasidan, ya’ni madaniy, ilmiy, texnik hamkorlikka bag'ishlangan shartnomalar tuzish imkoniyatlarini mavjudligini e’tirof etadi. Biroq mazkur xalqaro shartnomalar faqatgina tegishli federativ davlat organlarining roziligi asosida tuzilishi tnumkin. Bunda shunday xulosaga kelish mumkinki, butunlay ushbu shartnomalarda qayd qilingan majburiyatlarni federativ davlat subyektlari emas, balki davlatning o‘zi zimmasiga oladi. Hamda federativ davlat subyektlari o'rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarni buzganlik uchun javobgarlik butunlay federativ davlat zimmasiga yuklatiladi.
Tarix yana shunday tuzilma bo‘lmish konfederatsiyalar haqida voqif bo’lgan. Konfederatsiya xalqaro shartnomaga asosan suveren davlatlarning umumiy faoliyatlarini amalga oshirishlik uchun, asosan mudofaa va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha tuziladigan vaqtinchalik ittifoqi hisoblanadi. Uning a’zolari o’zlarining xalqaro huquq subyektliligini saqlab qolganlar. Binobarin, konfederatsiyaga xalqaro huquq subyektining xususiyatlari taqsimlab berilmagan. Biron-bir maqsadga erishilganidan so‘ng davlatlarning ushbu ittifoqi parchalanib ketadi yoki federatsiyaga aylanadi.
Oldin Niderlandlar (1580-1795), Amerika Qo'shma Shtatlari (1778— 1787), Shveytsariya Konfederatsiyasi (1291-1798; 1815-1848),
Germaniya ittifoqi (1815-1866) kabi konfederatsiyalar mavjud bo’lgan.
Ma’lumki, Shimoliy Amerika, Shveysariya va Germaniya konfederatsiyalari ma’lum bir federatsiyalarga aylangan edi, Garchi rasman Shveysariya konfederatsiya sifatida nomlanib kelinsa-da, hozirgi davrda konfedratsiyalar mavjud emas.
Doimiy betaraf (neytral) davlatlaming huquq subyektliligi
Hozirgi zamon xalqaro huquq shunisi bilan ajralib turadiki, bunda davlatlar maxsus huquqiy maqomga egadirlar. Bularga neytral, ya’ni betaraf davlatlar kiradi. Doimiy neytral davlatlar instituti XIX asrda vujudga kelgan. Bunday ilk davlatlardan biri 1815-yildagi Vena kongressida Napoleon ustidan qozonilgan g'alabadan so‘ng ittifoqchilar tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan Shveytsariya tan olingan. Mazkur shartnoma Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Portugaliya, Prussiya, Ispaniya va Shvetsiya davlatlari Shveysariya davlatining doimiy betarafligini tan olishlarini ko'zda tutadi. Ushbu shartnoma jainoaviy kafolatni ham nazarda tutdi. Shveysariya mazkur shartnomaga qo'shildi. Shveytsariyaning doimiy neytralitetlik maqomi hozirgacha amalda.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling