Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet30/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro sud qaror qildiki, hech narsa xalqaro tashkilotni "davlatdan ustun” shakl sifatida ко 'rishga asos bo ‘la olmaydi. Tashkilol — bu davlatlar hamkorligining organidir, davlat ustidan hukmron hokimiyat emas. BMT Bosh Assambleyasi bir necha bor ta 'kidladiki, Tashkilotning kuch-qudrali uning tarkibiga kiruvchi davlatlarning hamkorligiga bog'liqdir13.
Har bir xalqaro tashkilotda uning nizomi bilan belgilanadigan ko'lam, xususiyat va shartnomaviy huquqiy layoqat o'ziga xosdir.
Hozirgi davrda birmuncha ma’lum bo’lgan tashkilotlar Birlashgan millatlar tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti, Afrika mamlakatlari birligi tashkiloti, MDH v.b. hisoblanadi.
Qator hollarda xalqaro tashkilotlaming vorisligi amalga oshirilmoqda, bunda ularning vazifalari uzluksizligini qo‘llab-quwatlash maqsadida ma’lum vakoiatlar ular tugatilganidan keyin davlatlar tomonidan yangi ta’sis etilgan tashkilotga beriladi. Misol uchun BMT Millatlar Ligasining xalqaro shartnomalar qatori uning huquq va majburiyatlarining vorisi hisoblanadi.
Xalqaro huquq xalqaro tashkilotning javobgarligini ular tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar va ta’sis hujjatlari qoidalarining hamda umume’tirof etilgan xalqaro - huquqiy prinsip va normalarni buzgan taqdirda tan oladi.
Ko’pgina hukumatlararo tashkilotlaming ta’sis hujjatlari ushbu tashkilotlaming huquq subyektliligi to‘g'risida aniq ravshan qoidalami o‘z ichiga olgan. Bunga misol sifatida Yevropa Ittifoqining (211-m.), Markaziy Amerika iqtisodiy integratsiya bankining (1-m.), Afrika taraqqiyot banki (50-m.)ning Nizomlarini keltirish mumkin.
Jismoniy (individ) va yuridik shaxslarning xalqaro huquq
subyektliligi to‘g‘risidagi masalalar

Inson huquqlari xalqaro huquqi - bu shaxs (individ)laming huquqlari va asosiy erkinliklarini xalqaro himoya qilishni tartibga soluvchi hamda milliy huquq uchun xalqaro standart sifatida gavdalanuvchi xalqaro huquq prinsiplari va normalari
I tizimini ta shkil etuvchi xalqaro huquqning sohasi hisoblanadi.I
Inson hamda fuqarolar huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan ko‘pgina universal yoki mintaqaviy xalqaro shartnomalarda bir ko'rinishda Individ (shaxs)ga qaratilgan qoidalar o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, bunday shartnomalar individlarning huquq hamda erkinliklarini bevosita yaratayotgandek tuyuladi. Shu orada shartnomalar davlatlar tomonidan tuziladi va shu asnoda davlatlar o‘z yurisdiksiyasi ostidagi individlarning tegishli huquq va erkinliklarini ta’miniash majburiyatini oz zimmasiga oladi. Agar a’zo davlat mazkur majburiyatlarni bajarmasa shartnomaga a’zo boshqa davlatlar ushbu majburiyatlarni buzilayotganligi haqida da’vo qilish huquqiga egadirlar. Individlar o‘z davlatlariga bu haqda da’vo qilishlari mumkin, agar inson huquqlari va erkinliklariga oid milliy qonunchilik normalari bajarilmayotgan bo’lsa. Aksariyat hollarda agar xalqaro shartnomalar milliy qonunchilikka qabul qilingan, ya’ni o'zgartirilgan bo’lsa, individlar, shuningdek o‘z davlatlariga mazkur xalqaro shartnomani bajarilmayotganligi haqida da’vo (shikoyat) qilish huquqiga egadirlar. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, milliy qonunchilik bilan o’matilgan jarayonga muvofiq shikoyat inson huquq va erkinliklarini buzgan davlat organlariga nisbatan beriladi.
Qator xalqaro shartnomalar ishtirokchi davlatlarning o‘z fuqarolariga davlatning huquqiy himoya vositalarining batamom tugashi bilan xalqaro organlarga, qolaversa, sud organlariga huquq va erkinliklari buzilganligi munosabati bilan shikoyat qilish huquqini ta’miniash majburiyatini nazarda tutadi. Bunday organlarda davlat ham o‘z fuqarolari kabi teng huquqlardan foydalanadi. Shunday xulosa qilish mumkinki, individlar xalqaro huquq subyektliligining ba’zi xususiyatlarga ega bo'ladilar.
Individlar uchun xalqaro huquq tomonidan bevosita huquq va majburiyatlar yaratishda o'zgacha hoi bo'lib shu narsa hisoblanadiki, bunda ichki qonunchilik yordami bilan maqsadga erishib bo ‘Imaydi. Nyurnbergdagi xalqaro harbiy Tribunalning hukmida shunday deyilgan: xalqaro huquqqa nisbatan jinoyal abstrakt tuzilmalar tomonidan emas faqat odamlar tomonidan sodir etiladi hamda ushbu jinoyatni sodir etgan individlarni jazolash yo'li bilan xalqaro huquqning ko'rsatmalari majburiy ravishda amalga oshirilishi mumkin ”.
Xalqaro huquqning hozirgi holati individga qaratilgan normalami shartnomalarga to‘g‘ridan to'g’ri kiritilishiga yo‘l qo’yishni qayd qiladi. Ular shartnomalar bilan o'matilgan inson huquqlari. ham ulaming majburiyatlari va javobgarligiga taalluqli. Ilk marotaba shunday normalar mavjud ediki, bunda ma’lum bir shaxslarning harbiy jinoyatlari, tinchlik va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun xalqaro jinoiy javobgarlik haqida so‘z boradi. Yuridik shaxslar, eng awal transmilliy korporatsiyalar jismoniy shaxslar kabi xalqaro huquq subyektliligiga ega bo'lmaydilar. Garchi ushbu kompaniyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlararo shartnomani eslatuvchi shartnomalami davlatlar bilan imzolasalarda aksariyat holiarda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur shartnomalar xalqaro huquq ta’siri ostida bo'lmaydi. Tegishli davlat hududidagi korporatsiyalaming faoliyati ushbu davlatlaming milliy huquq normalari bilan tartibga solinadi. Ular xalqaro huquq subyektlari emas, balki u yoki bu davlatning subyektlari hisoblanadilar. Individ-huquqbuzarlar ishtirokidagi huquqiy munosabatlami aniq belgilashda xalqaro ahamiyatdagi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyalar muhim rol o'ynaydi. Siyosiy va fuqarolik huquqiar to‘g;risidagi xalqaro Pakt (15-m.) shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish imkoniyatini nafaqat davlatning ichki qonunchiligi. balki xalqaro huquqqa mosligini bog'laydi. Bevosita individ ishtirokidagi xalqaro miqyosdagi huquqiy munosabatlar individni inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha davlatlararo organlarga murojaat qilish huquqini mustahkamlovchi va aniq belgilovchi shartnomaviy hujjatlarda mustahkamlangan. (Fuqarolik va siyosiy huquqiar to‘gLrisidagi xalqaro Paktga Fakultativ protokol. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi №11 Protokol bilan birgalikda v.b ).
Hozirgi vaqtda individning huquq va majburiyatlari yoxud davlatning ularga nisbatan huquq va majburiyatlari ko'pgina xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan. Bular ichida eng muhimi bo‘lib 1949-yilgi Amaldagi armiya safida kasal va yaradorlarning qismatini (og‘ir hayotini) yaxshilash to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi; 1949-yilgi Harbiy asirlar bilan muomalada bo‘lish to‘g‘risidgi Jeneva konvensiyasi; 1949-yilgi Urush davrida aholini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi; 1945-yilgi Xalqaro harbiy Tribunal Nizomi; 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; 1948-yilgi Genotsid jinoyati va uning uchun jazo to‘g‘risidagi Konvensiya; 1956-yilgi Qui savdosi va qullik hamda qullikka o‘xshash odat normalari va institutlariga barham berish to'g'risidagi Konvensiya; 1953-yilgi Ayollaming siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya; 1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi konvensiya; 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g’risidagi xalqaro Pakt; 1966-yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt; 1984-yilgi Qiynoqqa qarshi va boshqa kasmituvchi yoki g‘ayriinsoniy, shafqatsiz muomala va jazo turlariga qarshi Konvensiya; Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ma’qullangan bir qator konvensiyalar hisoblanadi. Masalan, 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 6-moddasida shunday deyilgan: “Har bir inson qayerda bo'lishidan qat’i nazar, uning huquq subyektliligini tan olishga bo‘lgan huquqqa egadir”
1995-yiigi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to1 g'risidagi MDH konvensiyasida shunday deyilgan: “Har bir inson qayerda bo'lishidan qat’i nazar, uning huquq subyektliligini tan olishga bo'lgan huquqqa egadir” (23-m.).
Insonning tan olingan asosiy huquqlaridan biri bo‘!ib, uning huquq va erkinliklari amalga oshiriladigan xalqaro tartibga bo'lgan huquqi hisoblanadi (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 28-m.). BMT Nizomi inson huquqlarini xalqaro himoya qilishning davlatlararo xususiyatini yetarli darajada aniq belgilab berdi: “Inson huquqlariga va uning asosiy erkinliklariga nisbatan hunnatni rivojlantirish va rag'batlantirishda... xalqaro hamorlikni amalga oshirish”. Davlatlar hamkorlikni amalga oshirib, o‘z zimmasiga individning ma’lum bir huquqlarini tan olishni, uni amalga oshirishning tegishli va xalqaro mexanizmlarini yaratish majburiyatini oladi.
Masalan. RF Tashqi islilar vazirligi vakili o‘z rasmiy bayonotida RF subyektlari xalqaro huquq subyekti maqomiga ega emasliklarini, RFning ular bilan tuzgan kelishuvlari xalqaro shartnoma sifatida qaralmasligini ta’kidladi. ■

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling