Xalqaro huquq
Mehnatkash-migrantlarning maqomi
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatkash-migrantlar
- Qochoqlar maqomi
- Boshpana huquqi
- Nazorat savollari
Mehnatkash-migrantlarning maqomi
Ko'pincha, nisbatan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda boshqa davlatlar fuqarolari. ya’ni mehnat haqi, mablag' olish maqsadida mehnat qiiib yashab kelayotgan chet el fuqarolari mavjud. Ular xalqaro huquqda alohida “mehnatkash-migrantlar” maqomiga ega. Mehnatkash-migrantlar - mehnat haqi, mablag1 olish maqsadida boshqa davlatda mehnat qiiib yashab ketayotgan chet el fuqarolari. Ushbu maqom 1990-yilgi Barcha mehnatkash-migrantlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro Konvensiyada belgilangan. Ushbu Konvensiyaga ko'ra mehnatkash-migrantlar maqomiga mazkur davlat hududiga qonuniy ruxsat asosida kirib kelgan, mehnat haqi olish maqsadida xalqaro shartnomalar, bitimlar va milliy qonunchilikka rioya etgan holda qonuniy yollangan shaxslar ega bo'lishlari mumkin. Keltirilgan hujjatlarga ega bo'lmagan shaxslar mamlakatga yashirin noqonuniy kirib kelgan hisoblanib davlat hududidan o'z fuqarolik davlatiga majburan qaytariladi, ya’ni deportatsiya amalga oshiriladi. Mazkur Konvensiyada mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari foydalanishi mumkin bo'lgan huquqlar aniq belgilangan. Shu bilan' birga, Konvensiya shuni ta’kidlaydiki, mehnatkash- migrantlar va ularning oila a’zolari mazkur davlatning qonunlariga rioya qilishlari shart. Ushbu Konvensiya bajarilishi mexanizmini amalga oshirish maqsadida Konvensiya asosida BMTning konvensiyaviy organi - Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya etish bo'yicha Qo'mita tashkil etilgan. Qochoqlar maqomi Qochoqlar tushunchasi xalqaro huquqda ilk bor Birinchi Jahon urushi davrida paydo bo'ldi. Qochoqlar deb, harbiy harakatlar sababli o‘z mamlakatlarini tark etishga majbur bo'lgan jismoniy shaxslar tushuniladi 1926-yilgi Rus va arman millatiga mansub qochoqlar uchun shaxsni aniqlashtiruvchi hujjat berish bo'yicha Bitimda “qochoq” tushunchasi keltirilgan. Unga ko‘ra qochoqlar deb. aniq kelib chiqish ildizlariga ega bo‘lgan, o‘z davlati himoyasida bo‘lmagan va boshqa fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar nazarda tutilgan edi. 1948-yil 20-avgustda Qochoqlar ishlari bo'yicha xalqaro tashkilot tuzildi. Ushbu tashkilot barcha qochoq maqomiga ega bo'lgan shaxslarga yordam ko'rsatib kelgan. 1951 -yilda Qochoqlar ishlari bo'yicha xalqaro tashkilot BMTning Qochoqlar ishlari bo'yicha Oliy Komissarining Boshqarmasi deb o'zgartirildi. Hozirgi zamon xalqaro huquqida qochoqlami huquqlarini himoya etuvchi uchta universal xalqaro-huquqiy hujjat mavjud: Boshqarma Nizomi; 1951-yilgi Qochoqlar maqomi to'g'risida Konvensiya; 1967-yilgi Qochoqlar maqomi bo'yicha Protokol. Mazkur hujjatlarga binoan qochoq maqomini olish uchun jismoniy shaxs uchta shartgajavob berishi kerak: tug'ilgan fuqaroligi bo'lgan davlat hududidan tashqarida bo'lishi; ta’qib qilinishi xavfi mavjuldigi; ta’qib qilinish sabablari, irqiy, fuqarolik, ma’lum ijtimoy guruhga mansubligi va siyosiy qarashlariga asosan sodir etilayotgan bo'lishi kerak. Falastin qochoqlariga 1949-yilgi BMTning Yaqin Sharq agentligi tomonidan yordam ko'rsatiladi. Afrikada ham qochoqlarning mintaqaviy o'ziga xosligini hisobga olgan holda 1969-yiigi Konvensiya qabul qilingan. MDH doirasida 1993-yil 24-sentabrda Qochoqlar va majburiy ko'chmanchilar to'g'nsidagi Bitimga ishtirokchi davlatlar tomonidan qo'l qo'yilgan. Unga binoan qochoqlar keltirilgan sabablarga ko'ra tark etgan davlatlarining fuqaroligini yo'qotgan bo'lsa ham, majburiy ko'chmanchilar xuddi shunday ta’qib etilsa-da, o'z fuqaroligini saqlab qoladilar. Ularning farqi fuqarolik mavjudligida. Shunday qilib, 1993-yil 24-sentabrda Qochoqlar va majburiy ko'chmanchilar to'g'risidagi Bitim “majburiy ko'chmanchilar’ga xalqaro huquqiy xarakter berdi. Xalqaro huquqning qochoqlar masalalari bo'yicha universal shartnomalariga ko'ra (1951-yilgi Konvensiya va 1967-yilgi Protokol) ishtirokchi davlatlar qochoqlarga ushbu davlat hududida chet el fuqarolari ega bo'lgan huquqiy rejimni ta’minlab berishi shart. . 1951-yilgi Konvensiya davlat toinonidan qochoqlarga nisbatan qo‘llanishi kerak bo'lgan quyidagi rejimlarni belgilagan: Milliy rejim, ya’ni qochoqqa mazkur davlat fuqarolariga nisbatan qo'llaniladigan rejim (sudga murojaat qilisb, diniy erkinlik va h.k.); Qochoqqa o‘zi qochoq maqomini olguncha yashab kelgan davlat fuqarolariga nisbatan qo'llaniladigan rejim (ixtirolarga bo'lgan huquqlarga ega bo'lish, adabiyot asarlariga, savdo belgilariga va h.k) Ko‘proq qulaylik yaratish rejimi (ya’ni diet el fuqarolariga nisbatan qo’llaniladigan rejim). Bundan tashqari, qochoqlar uchun bir qator maxsus huquqlar va qulayliklar 1951-yilgi Konvensiyada belgilab qo'yilgan. Masalan, qochoqlar boshqa daviatga noqonuniy kirib kelganlari uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Lekin davlat hududiga kirib kelishi bilan davlatning vakolatli organlariga kirib kelganlari haqida ma’lumot berishlari shart. Agar qochoqlarning hayotiga o‘z Vatanida ta’qib etayotgan tomondan xavf mavjud bo‘lsa, Konvensiya qochoqlarni kollektiv ravishda vataniga qaytarishni man etadi. Agar qaysidir qochoqning mazkur davlatda bo’lishi davlat xavfsizligiga xavf tug'dirsagina, sud qarori asosida qochoq o‘z yurtiga qaytarilishi mumkin. Qochoqlar mazkur davlatning qonunchiligiga qat’iyan rioya etishlari shart. Boshpana huquqi Boshpana berish deganda, o‘z fuqaroligi bo'lgan davlat toinonidan siyosiy, diniy qarashlari yoki ilmiy ishlari, adabiyot asarlari uchun ta'qib etilayotgan shaxsga boshqa davlat o‘z hududiga kiritishi va boshpana berishi nazaida tutiiadi. 1967-yilgi BMTning Hududiy boshpana haqidagi Deklaratsiyasi davlatlar boshpanani o‘z suvereniteti ostida berishini ta’kidlaydi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi har bir inson boshpana huquqiga ega ekanligini belgilaydi. Boshpana bergan davlat mazkur jismoniy shaxsni o*z davlatiga bermaydi. Boshpana huquqi davlatlaming milliy qonunchiligida aks ettirilgan bo’ladi. Masalan, ilk bor 1793-yilgi Fransiya Konstitutsiyasida boshpana huquqi belgilangan edi. Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasida ham (63-modda) boshpana huquqi mavjud. Xalqaro huquqda xalqaro jinoyatlar yoki jinoyat sodir etgan shaxsga boshpana huquqi berilmaydi. Boshpana huquqi xalqaro huquqda quyidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi: 1967-yilgi BMTning Hududiy boshpana to'g'risidagi Deklaratsiyasi, Yevropa Kengashining 1922-yilgi Hududiy boshpana. to'g'risidagi Deklaratsiyasi, 1928-yilgi Boshpana to'g'risidagi Gavana Konvensiyasi va 1954-yilgi Diplomatik boshpana to'g'risidagi Konvensiyalar bu sohadagi asosiy hujjatlar hisoblanadi. 1954-yilgi Konvensiyaga ko'ra diplomatik va konsullik vakolatxonalar hududida, harbiy kemalarda, harbiy bazaiar hududida boshpana berilishi mumkin. Ammo 1961-yilgi Diplomatik aloqalar to'g'risidagi Konvensiya diplomatik va konsullik vakolatxonalar hududida diplomatik boshpana berish huquqini tan olmaydi. Nazorat savollari: Fuqarolikka ega bo'lishning yo'llari ikkita asosiy guruhga bo'linadi: umumiy va maxsus. Umumiy shakldagi filiatsiya va naturalizatsiyaning asosiy farqi nimadadeb o'ylaysiz? MDH doirasida 1993-yilgi 24-sentabrda Qochoqlar va majburiy ko'chmanchilar to'g'risidagi Bitimga qo'l qo'yilgan. Ushbu Bitimda majburiy ko'chmanchilarga xalqaro huquqiy maqom be’rilgan. Ushbu Bitimga ko'ra qochoqlar va majburiy ko'chmarichilarnirig asosiy farqi nimada? Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling