Doimiy (turg'un) aholi va hudud — bu davlatning katta ahamiyatga ega bo'lgan belgisi hisoblanadi. Aholi soni va hudud o'lchami davlatning xalqaro huquq subyektliligiga ta’sir qiimaydi.
Hukumat yoki davlat hokimiyati organlari - bu aholi va hududlami boshqarish va nazorat qilish davlat hokimiyatining ma’lum bir organlari amalga oshiradi hamda ushbu organlar xalqaro miqyosda davlat vakili sifatida qatnashadilar. Amalga oshiriladigan nazorat va boshqaruv ma’lum darajada samarali bo'lishi lozim bo'ladi.
Xalqaro munosabatlarga kirishish qobiliyati — bu davlatning xalqaro huquq subyekti sifatidagi zarur belgisi bo'lib hisoblanadi. Xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishayotgan davlat xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradi.
Daviatning muhim belgilaridan yana biri bu suverenitet hisoblanadi. Aynan suverenitetning mavjudligi daviatning xalqaro huquqning boshqa barcha subyektlaridan ajratib turadi. Suverenitet daviatning mustaqil siyosiy-hududiy tuzilma sifatida tavsiflaydi. Suverenitet - daviatning o‘z hududi doirasidagi ustunligi va uning tashqarisida, aniqrog'i xalqaro munosabatlarda mustaqilligidir.
Ayrim holatlarda, masalan, mustamlakada davlat o‘zining suverenitetligini vaqtinchalik amalga oshira olmaydi. Ammo ushbu holatda ham davlat, o'zining suverenitetini yo‘qotmaydi, biroq и faqat vaqtincha ma’lum vaziyatlarga ko‘ra uni to'liq tarzda amalga oshira olmaydi.
Davlat suverenitetligi mutlaq (absolut) emas. Davlat suverenitetpi o‘z hududi doirasida shunday amalga oshiradi, xalqaro miqyosda ham xalqaro huquq nomialariga rioya etgan holda amalga oshiradi. Xalqaro huquqning ko'pgina normalari, masalan, inson huquq va erkinliklari sohasida ichki qonunchilikka o‘z ta’sirini o'tkazadi. Xususan, davlat uning hududida joylashgan o‘z fuqarolariga va boshqa shaxslarga huquq va erkinliklar taqdim qilar ekan, albatta, u tegishli qonunchilik normalarini qabul qilishi, birinchi navbatda, o‘zining xalqaro huquqiy majburiyatlarini bajarishi lozim. Daviatning suveren tengligi prinsipi umume’tirof etilgan hamda umumiy xalqaro huquqning imperativ normalari qatoridadir (jus cogens).
Do'stlaringiz bilan baham: |