Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi
- Davlatlarning hududiy hutunligi prinsipi
- Inson huquqlari va lining asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipi
- Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi
- Pacta sunt servanda”
Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi - barcha xalqiar erkin tarzda chetdan aialashuvsiz o'zlarining siyosiy maqomlarini belgilash hanid?. o'zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini o'zlarining tarixiy, jug'rofiy, madaniy, diniy va boshqa urf-odatlariga xos bo'lgan hamda o‘z tasawurlaridan kelib chiqib belgilash huquqiga ega ekanligini angiatadi.
Har bir davlat BMT Nizomiga muvofiq mazkur huquqni hurmat qilishga majburdir. O‘z taqdirini o'zi belgilash prinsipining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi kabi davlatlar huquqiariga emas balki o'zga xalq va millatlarning paydo bo'lishiga bag‘ishlangan. Inson buquqlari bo'yicha paktlar xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini inson huquqlari bilan o'zaro aloqasini mustahkamladi (1-modda). Natijada, xalqaro huquq subyektlari bo‘lmaganlaming huquqlari xalqaro huquqda mustahkamlandi, davlatlarga esa ulaming huquqlarini hurmat qilish va uni ta’minlash vazifasi yuklandi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi tarixda shunday muhim rol o'ynadiki, bunda o'nlab xalqlar mustamlaka zulmidan ozod bo'ldilar. 1966-yilgi ikkita inson huquqlari bo‘yicha xalqaro Paktda aynan o‘xshash modda mavjud: “Barcha xalqlar o‘z taqdirini o'zlari belgilash huquqiga egadirlar. Ushbu huquqqa binoan ular erkin tarzda o'zlarining siyosiy maqomlarini o'matadilar va erkin tarzda o'zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini ta’minlaydilar”. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada mazkur yuqoridagi prinsip quyidagicha aks ettirilgan: “Barcha xalqlar erkin tarzda, chetdan aralashuvsiz o'zlarining siyosiy maqomlarini o‘rnatishlari va o'zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini amalga oshirish huquqiga egadir hamda har bir davlat R MT Nizomi talablariga muvofiq ushbu huquqlarni hurmat qilishga majburdirlar”. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada shuningdek o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish usullari ham ko!rsatib o'tilgan: “mustaqil va suveren davlatni barpo etish, mustaqil davlat tarkibiga erkin tarzda qo'shilish yoki birlashish yoxud xalq tomonidan erkin tarzda boshqa bir har qanday siyosiy maqomni o'rnatish”. Ammo bir paytning o‘zida mustaqil suveren davlatning siyosiy birligi yoki hududiy yaxJitlikni toMiq yoxud qisman buzish hamda taqsimlashga olib keladigan har qanday harakatga уоЧ qo‘yib bo'lmaslik ta’kidlanadi. Binobarin, mazkur huquqni xalqning hir qismini boshqa bir tarkibiy qismdan ajralib chiqish huquqi bilan aralashtirmaslik lozim. Milliy-madaniy avtonomlik, agar ushbu xalqning etnik o‘ziga xosligi saqlanib qolingan taqdirda doimo xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga intilishlarini qondirilishi uchun samarali vosita bo‘lib, unda rivojlanish, ta’lim, din, til, manadiyat masalalari hal etiladi. O'z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi nafaqat hududiy yaxlitlik bilan, balki xalqaro huquqning boshqa prinsiplari bilan. birinchi navbatda inson huquqlariga nisbatan hurmat prinsipi bilan ham chambarchas bog1 liqdir. Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi davlatlarni ajratib turgan hudud chegaralarini o'matish (delimitatsiya, demarkatsiya, rektifikatsiya) va muhofaza qilish (qo‘riqlash) hamda chegara bo'yicha nizoli masalalami hal qilish bo’yicha munosabatlarni qat’iy belgilaydi. Azaldan shu narsa ma’lumki, chegaralarni buzish qurolli kuchlarni qo'llash uchun qonuniy bahona hisoblanadi. Havo, dengiz va quruqlikdagi chegaralar davlatning harbiy kuchlari orqali diplomatik apparat. siyosiy ittifoqchilik shartnomalariga muvoflq himoya qilinadi. Chegaralaming mustahkamligi prinsipi hududlar daxlsizligi prinsipini to'ldiradi. 1970-yilgi Deklaratsiyada lining mazmuni kuch ishiatmaslik prinsipi bo'limida muctahkamlangan. “Har bir davlat boshqa bir davlatning mavjud xalqarq chegaralarni buzish maqsadida yoki xalqaro nizolar, jumladan, davlat chegarasiga oid hududiy nizo va masalani hal etish vositasi sifatida zo'ravonlik tahdididan yoki uni qo'llashdan o'zlarini tiyishlari lozim”. Davlatlar nafaqat chegaralarni, balki chegaralarni aniqlash chizig'ini buzish maqsadida zo'ravonlik tahdidi yoki uni qo'llashdan o'zlarini tiyishlari lozim. Bunda vaqtinchalik yoki dastlabki chegaralar, shu jumladan vaqtinchalik sulh chizig'i ham nazarda tutilgan. 1975-yilgi Yakuniy hujjatda mazkur prinsip shunday bayon qilingan: “A’zo davlatlar bir-birlarining barcha chegaralarini Yevropaning barcha davlatlari chegaralari kabi mustahkam (buzilmaydigan) sifatida qabul qilishadi va shutting uchun ham ular mazkur chegaralarga hozir hamda kelajakda har qanday tajovuz qihshlaridan o'zlarini tiyib turadilar”. LIshbu Yakuniy hujjatning a’zolari bo'lib AQSH va Kanada ham hisoblanadi, mazkur “1975-yil variant?’ dagi prinsip Yevropa doirasidan tashqariga ham chiqadi. 1992-yil 9-oktabrda MDH ga a’zo davlatlar o'z tashqi chegaralarida Barqaror vaziyatni ta’minlash bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi kelishuvga imzo chekdilar. Kelishuv muqaddimasida tomonlar “chegaralar mustahkamligi to'g'risidagi Xelsinki Yakuniy hujjatining qoidalariga o'z sodiqligini” tasdiqladilar hamda o'zlarining “bundan buyon ushbu chegaralaming daxlsizligi va mustahkamligini ta’minlashlarini” (MDH ning tashqi chegaralarini) qat’iyligini izhor qildilar. 1993-yil 7-avgustda MDH ga a’zo davlatlar Chegaralar daxlsizligi to'g'risidagi Deklaratsiyaga imzo chekdilar, 1994-yil 15-aprelda esa MDHga a’zo davlatlar suverenitetiligi, chegaralarining daxlsizligi va hududiy butunlik (yaxlitlik)ni himoya qiiish to'g'risidagi Deklaratsiyaga imzo chekdilar. Mazkur prinsipga muvofiq davlatlarning huquqlari o'rnatilgan chegaralaming mutlaq mustahkamligini, ularni o'zaro kelishuvsiz va bosim ostida kuch ishlatish va kuch ishiatishga tahdid qiiish orqali o’zgartirishning noqonuniy ekanligini talab qilishdan iborat. Davlatlar chegaralarni kesib o'tish joylari rejimini, chegaralarni davlatlarning jismoniy shaxslari, tovarlar, xizmatlar, transport vositalarini kesib o'tishi bo'yicha qandaydir bir cheklovlarni o'matish va ushbu cheklovni bekor qilishni o'zlari belgilashadi. Shu nuqtayi nazardan davlatlarning majburiyatlari ham xalqaro huquqqa muvofiq o‘rnatilgan chegaralar, ajratuvchi va chegarani aniqlash chiziqlari, shu jumladan vaqtinchalik sulh (mazkur chiziqlar vaqtinchalik chegaralar sifatida qaralayotgan doimiy amal qiluvchi shartnomani tuzishga qadar yarashuv ahdi davrida) chiziqlari, chegaraviy nizolarni faqat tinch yo‘l bilan hal etish, mazkur prinsipni buzuvchi davlatlarga yordam ko‘rsatmaslikka qat’iy rioya etish mavjuddir. 1964-yilda Afrika birligi tashkiloti mazkur qoidani afrika davlatlari chegaralariga nisbatan qo‘llanishini tasdiqladi. Mazkur qoidalar sobiq Yugoslaviya hududidagi chegaralar to‘g‘risidagi masalani hal etishda ham qo‘llanildi. Shu bilan birga ushbu qoida BMT Xalqaro sudi tomonidan hududga oid nizolarni hal etishda ko‘p marotaba qo‘llanilgan. Bunda sud ushbu normani xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normasi ekanligini ta'kidladi1. Chegaralami buzish xalqaro jinoyat sifatida qaralib, oqibatda eng qattiq javob choralarini qo'IIashni taqozo qiluvchi, shu jumladan BMT Nizomining 39-47-moddalarida qayd etilgan jazo choralari: qurolli kuchlarni qoMlash, favqulodda xususiyatga ega boshqa sanksiyalar, shu asnoda aybdor davlatning suverenitetligini cheklash kabi choralarni qo'lashni taqozo etadi. Davlatlarning hududiy hutunligi prinsipi Hududlar davlatning moddiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Hududsiz davlat mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat o‘z hududining butunligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. BMT Nizomi davlatlarning hududiy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish va kuch ishlatishni tahdid qilishdan o‘zini tiyishni talab qiladi. 1970-yilgi Deklaratsiya ushbu prinsipni mustaqil prinsip sifatida ajratmaydi. lining mohiyati boshqa prinsiplarda o‘z aksini topgan. Kuch ishlatmslik prinsipi har qanday davlatning hududiy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish va kuch ishlatishni tahdid qilishdan o'zini tiyishni talab qiladi. Ushbu maqsadda hattoki siyosiy, iqtisodiy yoxud boshqa shunga o‘xshash tazyiqlar qo‘llanilishi mumkin emas. 'Қарайг; Решение по спору о границе ыежду Бур юита-Фас о я Маля Һ Краткое изложение решении, консультативных заключений и постановлении Международного Суда (1^48-1991). Организация Объединенных Наций. - Нью-Йорк, 1993. - К» R.92. V.S // un.org. Davlatni hududiy daxlsizlikka va butunlikka bo:lgan huquqinj himoya qiluvchi davlatlarning hududiy butunligi prinsipi davlat suverenitetini ta'minlashning muhirn vositasi hisoblanadi. BMT blizcmining 2-moddasi 4-bandi a zo davlatlami kuch ishlatish va kuch ishlatishni tahdid qilishdan, bundan tashqari, “har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligi” qarshi o‘zini tiyish majburiyatini mustahkamlagan. Hududiy birlik prinsipining ilk ko'rinishi umumjahon tinchlik va hamkorlik to‘g'risidagi Bandung Deklaratsiyasida (1955) aks ettirilgan bo‘lib. unga koTa “har qanday mamlakatning siyosiy mustaqiiligiga va hududiy birligiga qarshi agressiya aktlari yoki kuch ishlatishdan o'zini tiyish” ning zarurati mustahkamlangan. “Bandung formulasi” ikki tomonlama shartnomalarda uni keng qoMlanilishiga erishdi. Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga erkinlik berilishi to‘g‘risidagi Deklaratsiyada “barcha xalqlar ularning milliy hududlarining butunligiga bo‘lgan ajralmas huquqqa ega” ekanligi. shuningdek milliy birlik va mamlakat hududiy yaxlitligini to‘liq yoki qisman yo‘q qilishga qaratilgan urinishlar BMT Nizomi prinsiplari va maqsadlariga to‘g‘ri kehnasligi ta’kidlandi. Davlatlar o‘rtasidagi ularga tegishli hududlar va resurslarga bo'igan huquqni himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar davlatning hududiy yaxlitligi prinsipining obyekti hisoblanadi. Ushbu prinsipga muvofiq davlatning va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining rnajburiyatlari quyidagilardan iborat: davlat hududiga, uning bir qismiga yoki resurslariga kuch bilan yoki kuch ishlatish tahdidi yordamida bevosita yoxud bilvosita tajovuz qilmasliklari lozint. Ular davlat hududi yoki uning bir qismiga bevosita yoki bilvosita ziyon yetkazuvchi har qanday harakatlardan o'zlarini tiyishlari, shuningdek buzg'unchi davlatlar va ularning sheriklarini qo'ilab-quvvatlamasliklari lozint. . . Davlat hududi BMT Nizomi talablarini buzgan holda kuch ishlatish natijasida harbiy mustamlaka obyekti yoki kuch ishlatish yoxud kuch ishlatish tahdidi natijasida boshqa bir davlatning qo‘lga kiritish obyekti bo‘lishi mumkin emas. Bunday egallab olish qonuniy deb tan olinmaydi. Hududiy yaxlitlik haqida mintaqaviy birlashmalarning ta’sis hujjatlarida ham e’tirof etib o‘ti)gan. Amerika davlatlari tashkilotining Nizomida hududiy yaxlitlikni himoya qilish asosiy maqsadlardan etib belgilandi (1-modda). Shunga o'xshash qoida Afrika birligi tashkilotining Xartiyasida ham o‘z ifodasini topgan (2, 3-moddalar). Inson huquqlari va lining asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipi BMT Nizomiga muvofiq asosiy maqsad insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqli ekanligiga hamda ko‘p va kam sonli millatlarning teng huquqliligi e’tiqodiga qat’iy ishontirish hisoblanadi. Nizomning aniq moddalari bilan inson huquq va lining asosiy erkinliklarini himoya qilish yanada mustahkamlangan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda hamda 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda davlat tomonidan o‘z yurisdiksiyasi doirasida joylashgan barcha shaxslarga tegishli qonunchilik hujjatlari va boshqa choralami qabul qilish orqali berish majburiyati yuklangan asosiy inson huquq va erkinliklari sanab o‘tiladi. Shu bilan birga qonuniy cheklovlarga ham yo‘l qo'yilgan, misol uchun davlat xavfsizligini, jamoat tartibini. aholi sog‘ligi va axloqini yoxud boshqa shaxslarhuquq va erkinliklarini himoya qilishlikka ham yo‘l qo‘yiladi. 1975-yilgi Yakuniy hujjat prinsiplari Deklaratsiyasida VTI prinsip “inson huquqlari va asosiy erkinliklarini, shu jumladan erkin fikrlash, e’tiqodi, dini va imonini” hurmat qilish mavjud. Nizomga muvofiq BMT doriasida inson huquqlariga oid bir qancha universal konvensiyalar qabul qilindi. Bir qancha inson huquqlariga oid konvensiyalar mintaqaviy miqyosda, ayniqsa, Yevropa Kengashi doirasida qabul qilindi. Natijada xalqaro huquqning alohida sohasi — “inson huquqlari xalqaro huquqi” tashkil topdi, buning negizida inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi yotadi. Inson huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq huquqiy munosabatlarning subyekti davlatlar va davlatlararo xalqaro tashkilotlar hisoblanadilar. Ularga yuqorida qayd etilgan hujjatlar asosida yaratilgan standartlarga muvofiq mazkur prinsipning manbasi hisoblangan inson huquqlarini ta’minlash va uni himoya qilish bo'yicha asosiy majburiyatlar yuklatilgan. Inson huquqlarining qator ro‘yxati doimo ko'payib bormoqda, shu bilan birga standartning umumiy darajasi va ushbu huquqni himoyasi oshib bormoqda. Jumladan, XX asrning oxirgi choragida insonlarning tajovuzsiz hayotda, yadrosiz zaminda va ekologik jihatdan toza muhitda yashash huquqi kabi huquqlari paydo bo‘lmoqda va qonuniy ta’minlanmoqda. Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro standart doirasida jahon hamjamiyati, uning timsolida sifatidagi organlar - BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik kengashi va Xalqaro sudi, ҮХІТГ, Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropa kengashi v.b. hisoblanadi Mazkur organlar ma’lum bir davlatda buzilayotgan inson huquqlarini himoya qilishni talab qilish bo'yicha xohlagan davlatga murojaat qiladilar. Ayniqsa. genotsid, irqiy ayinnachilik (aparteid), irqiy kamsitish, qiynoq va boshqa harakatlar kabi qo'pol hamda doimiy tarzda inson huquqlarini buzilishi xalqaro jinoyat hisobianib, bu davlatlarning, davlat rahbarlarining, hukumatning, harbiy idoraning, jinoiy buyruqlarni amalga oshiruvcbi konkret ijrochilarning javobgarligini keltirib chiqaradi, bunga nisbatan xalqaro sud organlari - tribunallar ad hoc (Nyurnberg, Tokio - Ikkinchi Jahon urushi natijalari, Yugoslaviya, Ruanda bo‘yicha), shuningdek doimiy sud organlari - Xalqaro jinoyat sudi tashkil qilinadi. Inson huquqlarini oliy ijtimoiy qiymat sifatida tan olish g'oyasi ijtimoiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topgan. Na davlat, na boshqa bir guruhlar yoki qandaydir shaxs xalqaro tan oiingan barcha inson huquqlarini yo‘q qilishga yoxud uni noqonuniy cheklashga qaratilgan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas (Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 5.1 -moddasi). Ushbu esa inson huquqining xalq va davlat huquqidan ustun ekanligini aslo anglatmaydi. Inson o'z huquqlarini amalga oshirishda davlat va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning huquqlarini hurmat qilishi lozim. Busiz na davlat va na jamiyat mavjud bo‘la oladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: “Har bir inson jamiyat, ya’ni uning shaxsi erkin va to‘liq shakllanadigan jamiyat oldida o‘z majburiyatiga ega”. Inson huquqlarini cheklash faqat “demokratik jamiyatning umumiy farovonligi” manfaati yo‘lida ekanligi nazarda tutilgan (29-m.). Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi Ushbu prinsip xalqaro huquq bilan bir vaqtda vujudga kelgan hamda . “shartnomalarga rioya qilinishi lozim” (pacta sunt servanda) kabi prinsip sifatida mashhur bo:lgan. Ushbu prinsipsiz xalqaro huquq mavjud boJmas edi, chunki unda ushbu huquqning yuridik kuchi mavjud. 1919-yilgi Millatlar Ligasi Nizomi muqaddimasida iigaga a’zo davlatiar “davlatlarning yurish-turish amaldagi qoidalari sifatida tan oiingan xalqaro huquqning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish”lari mustahkamlandi. BMT Nizomining muqaddimasiga muvofiq a’zo davlatlar “shartnoma shartlaridan va xalqaro huquqning boshqa bir manbalaridan kelib chiqib, adolatga rioya qilinadigan, majburiyatlarga hurmat bilan qaraladigan sharoit” yaratishga kelishib olganlar. Bundan tashqari, BMT Nizomining 2-moddasida shunday deyilgan: “Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlar ushbu nizomga muvofiq o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarni vijdonan bajaradilar”. Xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi deklaratsiya “Ushbu Nizomga muvofiq barcha davlatlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar” mazmundagi prinsipni mustahkamlagan. Shu vaqtning o'zida Deklaratsiya mazkur prinsipning amalga oshishining juda keng kontekstini ochib beradi: “har bir davlat xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalaridan kelib chiqqan holda o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarni vijdonan bajarishga majburdirlar”. Bu norma 1975-yilgi Yakuniy hujjatda ham o‘z aksini topgan. Vijdoniylik ushbu holatda shuni anglatadiki, bunda tegishli majburiyat halollik bilan o‘z vaqtida aniq va uning mazmuniga muvofiq bajarilishi lozim. Bunda davlat o‘zining ichki qonunchiligi qoidalarini xalqaro majburiyatini bajarmaslikka sabab qila olmaydi. Hech qanday boshqa vaziyatlar davlatning xalqaro majburiyatini bajarmaslik asosi sifatida xizmat qila olmaydi. Yadro sinovlari ishlari bo'yicha Xalqaro sudning qarorida shunday deyilgan: “yuridik majburiyatni yaratuvchi va amalga oshirishni tartibga soluvchi, uning manbasi qandayligidan qat’i nazar, asosiy prinsiplardan biri halollik prinsipi hisoblanadi”1. Normalami qo'llashda davlat va jahon hamjamiyati manfaatlarini vijdonan oydinlashtirishni, haqiqiy vaziyatni vijdonan aniqlashni, vijdonan normalarni qo1 Hani I ishini, normalaming mohiyati va formal tomonlariga aniq muvofiqligini ta’minlashni, huquq orqali suiiste’molliklarga yo‘l qo'ymaslikni talab qiladi. “Pacta sunt servanda” prinsipi bir tomondan 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g’risidagi Vena konvensiyasi va 1986-yilgi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasida mustahkamlangan mustaqil, sohaviy xalqaro shartnomalar prinsipi sifatida harakat qilsa, ikkinchi tomondan esa u xalqaro majburiyatni vijdonan bajarish umumiy prinsipining ifodasi hisoblanadi. Xalqaro majburiyatni vijdonan bajarish prinsipini himoya qilish obyekti davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining xalqaro Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling