Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqlarning o‘z taqdirini ozi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi
Xalqaro hamkorlik prinsipi - davlatlarning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xarakterdagi muammolarni hal qilishda xalq farovonligini oshirish, xalqaro barqarorlik va tinchlikni, o'zaro islionch va hamjihatlikni qo'llab-quwatlashda o‘zaro у or dam berishlarini anglatadi.
Mazkur prinsip BMT Nizomining 2-moddasida mustahkamlanrnagan. Ammo u hozirgi zamon xalqaro huquqning asosiy prinsipi sifatida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. BMT Nizomining 1-moddasi 3-bandida qayd qilinadiki, BMTning asosiy maqsadalaridan biri bo'lib “xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xarakterdagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlik'’ hisoblanadi. BMT Nizomining IX bobi (“Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik’’) Nizomning 55-moddasida nazarda tutilganidek davlatlararo hamkorlikni tashkil etish va uni rivojlantirishga maxsus ajaratilgan. Nizomning 56- moddasiga muvofiq esa “BMTning barcha a’zolari 55-moddada mustahkamlangan maqsadlarga erishish uchun tashkilot biian hamkorlikning mustaqil tarzda va hamkorlikdagi harakat chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim”ligi qayd etilgan. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga muvofiq “davlatlar bir-birlari bilan ulaming turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimidagi farqlanishdan qat’i nazar, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni, xalqaro iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot, xalqlarning umumiy farovonligini qo'llab-quvatlashni maqsad qilgan, kamsitishdan holi bo4gan xalqaro hamkorlikning turli sohalarida hamkorlik qilishlari lozim”ligi qayd etilgan. 1975-yilgi Yakuniy hujjatda (unga qo‘shilgan xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiya) IX prinsip “davlatlar o'rtasidagi hamkorlik” deb nomlangan. Ushbu prinsipga muvofiq a’zo davlatlar “BMT Nizomi prinsiplari va maqsadlariga muvofiq barcha sohalarda bir- birlari bilan yoinki barcha davlatlar bilan bo‘ladigan hamkorliklarini rivojlantiradilar”. Shunga qaramay, yuzaga kelgan o‘z suverenitetligi tufayli har bit davlat tashqi aloqalar sohasida o'zining hamkorlik shaklini tanlashida erkin hisoblanadilar. Davlatning hamkorlik prinsipi, shuningdek xalqaro nizolami tinch yo*l bilan hal qilish prinsipi kabi xalqaro huquqning funksional prinsipi hisoblanadi. Hamkorlik bu daviatning o‘z manfaatlarini amalga oshirishning yagona qonuniy usulidir, negaki ularning hech qaysisi avtarkiya (zarur narsalami chetdan olmasdan o‘zi etishtirishga asoslangan milliy xo‘jalik tiziin), iqtisodiy va siyosiy jihatdan ajralib qolinishi sharoitida omon qolmaydi. Aksincha, bamkorlikdan voz kechish (ya’ni aloqani uzish) BMT Nizomi (5, 6, 40, 41-moddalari)ga muvofiq qattiq (shafqatsiz) sanksiya turlaridan biri hisoblanadi, Misol tariqasida, Iroq davlati bilan bog'liq vaziyat bo'lib, unda ommaviy qirg'in qurollarini yo'q qilish bo'yicha universal shartnomalarni buzishlikda ayblanishi, Janubiy Afrika Respublikasi bilan BMT Xalqaro sudining irqiy ayirmachilikka oid jinoyatlarga barham berish (yo‘q qilish) bo'yicha qarorini bajarmaganlik holatlari hisoblanadi. Hamkorlik prinsipini aniqlash BMT Bosh Assambleyasi deklaratsiyalari normalarida berilgan, jumladan, 1970-yilgi davlatlaming do'stona munosabatlariga taalluqli xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyada munosabatlarning anchayin keng doirasini qamrab oluvchi hamkorlik obyektlariga e’tibor qaratilsa, Xelsinkidagi 1975-yilgi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha kengashning Yakuniy hujjati hamkorlikning uslubi va jarayonlariga e’tibor qaratadi. Hamkorlik prinsipining qat’iy talabi (amri) ga muvofiq davlatlar hamkorlikning shakl va turlarini tanlash, hamkorlikdan qonuniy (haqqoniy), agarda u xalqaro huquq yoki daviatning oliy manfaatlari doirasida bo'Isa, voz kechish huquqiga egadir. Shartnomada qayd etilgan shartlarda davlatlar hamkorlikning imtiyozli tartibini o'matishlari mumkin, masalan, Yevropa hamdo'stligi, MDH, Britaniya hamdo'stligi, Fransuz birlashmasi davlatlari. Xalqlarning o‘z taqdirini o'zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi Xalqlar va millatlaming o'z taqdirini o'zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi o'z nomidan kelib chiqib davlatlaming sivilizatsiyasi rivojlanishining eng muhim sohasi, rivojlanishning turli bosqichida joylashgan etnoslaming mojarolarsiz hayot kechirish bo'yicha munosabatlarini tartibga solishni ko'zda tutadi. Xalq, millat davlat suvereniteti hamda uning mavjudligi haqidagi fakt kabi bosh negiz hisoblanadi. BMT Nizomi. avvalo, o'z nomidan kelib chiqib xalq erkiga, keyin davlat erkiga murojaat qiladi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling