Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet20/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Mazkur prinsip obyekti insonning nozo'ravon hayotdagi yashash huquqi. shuningdek nizoli masalalarni kuch ishlatish va tahdid qilish bilan hal qilishni cheklash bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Munosabatlar predmeti BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandiga bjnoan har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoxud siyosiy mustaqilligi, shuning bilan birga, BMT maqsadlariga mos kelmaydigan boshqa xatti-harakatlar hisblanadi. Mazkur prinsip asosida davlatlarning majbiiriyatlari davlatlar BMT Mizomi talablarini buzgan holda bir-birlariga qarshi birinchiiardan bo'lib qurolli kuch ishlatmaslikdan iborat.
Hamjamiyatning barcha a’zolari vakolatli organlar bo‘!mish BMT Xavfsizlik kengashi. uning rahbarligidagi mintaqaviy siyosiy tashkiiotlarning agressor (tajovuzkor) larga qarshi sanksiyalarda ishtirok etishga, shuningdek agressorni moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llamaslikka majburdirlar. Agressorga nisbatan qurolli kuch ishlatish prinsip buzilgan deb hisoblanmaydi. Agressiya qurboni bo‘igan davlat individual yoki kollektiv jihatdan mudofalanish, agressor va uning hamkorlariga nisbatan moddiy va nomoddiy sanksiyaiarni qo'llash, urush harakatiarini rejalashtirish, moliyalashtirish va uni olib borishda aybdor bo'lganlarni javobgarlikka tortish huquqiga egadirlar. Har qanday davlat jahon hamjamiyati e’tiborini xalqaro huquq normalari buzilishlarining har qanday holatlari yuzasidan jalb etish huquqiga egadirlar.
BMT Nizomining 51-moddasida shunday deyilgan: “Mazkur Nizom agarda BMT a’zosiga nisbatan qurolli hujum qilinsa, individual yoki jamoaviy o'zini o‘zi himoya qilishning ajralmas huquqlariga aslo daxl qilmaydi, qanchonki, Xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlkni ta’minlash uchun hech qanday chora ko'rmasa...”. O'zini o‘zi himoya qilish huquqi azaldan BMT Nizomidan qat’i nazar. davlatlarga legishli. Ammo ushbu tahdidga munosabat bildirmoqchi bo'lgan BMT a’zo davlatlari Xavfsizlik kengashiga uning qanday qaror qabul qilishj vakolatiga va uning oqibatida kelib chiqadigan mas’uliyatiga daxl qilmasdan o'zlarining qabul qilgan chora-tadbirlari haqida xabar berishlari lozim. Hozirgi sharoitda 51-modda ba’zan davlatlarga ularga nisbatan qurolli hujum sodir etilishiga aniq tahdidlar mavjud bo'lgan taqdirda kuch ishlatish huquqini berilishi kabi ma noni tushuntirib beradi (oldindan harakat qilingan o'zini o'zi himoya qilish). Mazkur prinsipni amalga oshirishda BMT Xavfsizlik kengashi alohida rol o'ynaydi. Mazkur kengash kuch ishlatilishi faktlarining mavjudligini aniqlaydi, BMTga a’zo davlatlar bilan harbiy tuzilmalami, moddiy yordamlar, texnikalarni kengash ixtiyoriga berilishi haqida kelishuv bitimlarini imzolaydi, harbiy kontingentlar ustidan rahbarlikni amalga oshiradi.
Xalqaro prinsiplar to'g'risidagi Deklaratsiya quyidagi maqsadlarda, ya’ni: 1) boshqa bir davlatning xalqaro mavjud chegaralarini buzilishi yoki xalqaro nizolarni hal etish vositasi, shu bilan birga davlat chegaralari bilan bog'liq hududiy nizolar yoxud masalalar sifatida; 2) xalqaro chegara chizig'ini, shu jumladan vaqtinchalik sulhni buzish; 3) kuch ishlatish bilan bog'liq repressiya hujjatlari; 4) xalqlarning erkinlik. muslaqillik va o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan mahrum qiluvchi zo'ravonlik harakatlari; 5) qurollangan guruhlar, nomuntazani kuchlami, shuningdek boshqa davlat hududiga bostirib kiruvchi yollanina askarlarni tashkil etish yoki ularni ragbatlantirish; 6) boshqa davlatlarda har qanday fitna, fuqarolik urushlarida yoki terroristik harakatlarini tashkil etish yoki ishtirok etish yoxud ushbu harakatlami o‘z hududida takrorlash; 7) davlatlar hududlarini kuch ishlatish xavfi natijasida harbiy tahdid tufayii bosib olish yoki egallab olishdan o'zini tiyish majburiyatini ajratib ko'rsatadi.
Do'stona bo'lmagan munosabatlar yoki xalqaro jinoyat alomatlari bo'lmagan huquqbuzilishlarga nisbatan davlatlar kuch ishlatish tahdididan yoxud uni qo’llashdan o‘zini tiyishda qurolii kuch ishlatish bilan bog'liq bo‘lmagan o'zgacha tartibda (retorsiya yoxud repressaliya)ga murojaat qilishlari mumkin. Bunday chora-tadbirlarning ro‘yxati BMT Nizomining 41-moddasida mustahkamlangan, bular: iqtisodiy, dengiz, havo, temiryo‘1, pochta, telegraf, radio va boshqa aloqalarni to'liq yoki qisman uzish, shuningdek diplomatik aloqalarni uzish.
Xalqaro nizolarni finch yo‘l bilan hal etish prinsipi
Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipi, boshqacha qilib aytganda, asosiy prinsiplar tizimida protsessual prinsip hisoblanadi. Hamkorlikning barcha sohalarida u davlatning tinchlik yoMidagi hamkorligini ta’minlashining takomillashgan mexanizmlari, bir qator ususllari va yo‘Harini anglatadi. ,
1907-yilgi Xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to'g'risidagi Konvensiyada daviatlami “kuch ishlatishga murojaat qilishni imkon qadar oldini olish”ga (1-modda) hamda “qurol ishlatishdan oldin avvalo mavjud imkoniyatlar asosida tinchlikka va murosaga chaqirish” (2- modda) ta’kidianadi.
Millatlar ligasi Nizomining 12-moddasiga muvofiq lining a’zolari agarda ular o’rtasida uzilishlarga olib keluvchi nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu masalani hal qilish uchun yo hakamlik sudiga, yo bo‘lmasa sud muhokamasiga yohud Millatlar ligasi Kengashiga murojaat qilishlarini kelishib oladilar. Ular, shuningdek sudning yoki hakamlik sudining qarori yoxud Millatlar ligasi Kengashining masalaning hal etilishi to‘g‘risidagi dokladining uch oylik muddati o'tmagunicha hech qachon urushni ishga solmasliklari lozimligi to‘g‘risida ham kelishib oldilar. Briana-Kelloga Paktining 2-moddasi ilk marotaba: “ahdlashuvchi tomonlar, ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishmovchiliklar va mojarolaming kelib chiqishi va xususiyatidan qat'i nazar, faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi”ni e’lon qildi.
BMT Nizomining 2-moddasi 3-bandida mazkur prinsip quyidagicha talqin qilingan: “BMTning barcha a’zolari o‘zlarining xalqaro miqyosdagi nizolarini tinch yo‘l bilan hal qilish va bunda xalqaro tinchlikka va xavfsizlikka hamda adolatga tahdid solmasligi lozim”. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etishning aniq vositalari hamda uni qodlanilish tartibi BMT Nizomining VI bobida mustahkamlangan. Jumladan, Nizomning 33-moddasiga muvofiq: “1. Har qanday nizoda ishtirok etuvchi taraflar, ushbu nizoning davomiyligi xalqaro tinchlikka va xavfsizlikka tahdid solib turgan taqdirda muzokaralar olib borish, ishni teksliirish, vositachilik, yarashish (kelishish), hakamlik (arbitraj), sud muhokamasi, mintaqaviy organlarga murojaat qilishlik yoki bitim va boshqa tinch yo‘llar bilan hal etishlari lozim. 2. Xavfsizlik kengashi zarur deb hisoblagan taqdirda taraflardan mazkur nizolarni yuqoridagi vositalar yordamida hal etishlikni talab qiladi”,
Davlatlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: nizoni hal etish yo‘lining eng maqbul usullarini izlash jarayonlarini to'xtatmasliklari; nizoni hal qilishda ikkita tomonning manfaatlaridan kelib chiqishlari; nizolarni hal etish jarayonida sharoitni yomonlashuviga olib keluvchi har qanday xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari yoki eng maqbul yo‘lni izlab topish jarayoniga zarar yetkazmasliklari lozim; ular hamkorlikda qabul qilingan qarorlami o'z ixtiyorlari bilan bajarishlari lozim. Agarda nizo jiddiy tusga ega bo‘lib, uning davomiyligi tinchlikka va xavfsizlikka raxna solgan taqdirda BMT Xavfsizlik kengashi taraflarga mazkur nizoni hal qilishlikni aniq bir usuli yoki jarayonini tavsiya etish vakolatiga egadir. Zarur hollarda u davlatlar hamjamiyatiga vaziyat yomonlashuvining oldini olish maqsadida BMT Nizomining 4(Ml-moddaiaridagi nizom normalarini qo‘ilashga chaqirish bilan murojaat qilishi mumkin.
Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipi tuzilishining o'ziga xos xususiyati uning hal qilish usullari ro‘yxatining mukammal darajada kengligidadir. BMT Nizomining o’zida omtagacha - muzokaralar (oxirgi paytlarda 1907-yilgi Xalqaro to'qnashuvlami tinch yo‘l bilan hal etish to;g‘risidagi Konvensiyada ta’kidlangan maslahatlar bilan to‘ldirilgan). tekshiruvlar. vositachilik (XX asr oxirlaridan odat sifatida BMT bosh kotibi, uning o'rinbosarlari va vositachilar jalb qilina boshiangan), yarashtiruv, arbitraj (hakamlik), sud muhokamasi, shuningdek BMTning barcha asosiy organlari va mintaqaviy tashkilotlarni jalb qilish (33-38- modda) usullari mavjud. So'nggi paytlarda davlatlar qo'llaniladigan choralar koTamini kengaytirdi, shu bilan birga boshqa xalqaro davlatlararo tashkilotlarni ham jalb etishni boshladi. Hal qilishning yangi, davlatlar uchun maqbul usullarini izlab topish yana ham davom etmoqda (masalan, 1999-yil Ruanda bilan Uganda davlati o‘rtasidagi mojaroni hal etishda AQSH prezidenti maslahatchisi G.Smitning shaxsan o‘zi ishtirok etgan; shu-yiii Kolumbiya davlati hukumatining partizanlar bilan bo‘lgan muzokaralarda kuzatuvchilar sifatida (vositachi emas) Ispaniya, Meksika, Venesuela, Kosta-Rika, Italiya, Shvetsiya va Norvegiya davlatlari jaib qilingan). Umuman, barcha nizolarda BMTning o'zi vositachi sifatida ishtirok etadi (misol uchun, 2002-yilning oxirlarida BMT tomonidan Kipming turk va grek jamoati uchun muzokaralar asosi sifatida tan olingan nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasi ishlab chiqildi). Nizolami tinch yo‘1 bilan hal etish prinsipi mazmuni nizolarni hal etish hamda ularni qo'llashning yangi usullarini ishlab chiqish hisobiga doimo murakkablashib bormoqda.
Mazkur prinsip quyidagi hujjatlarda mustahkamlangan:

  • Xalqaro huquqning prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiya;

  • 1975-yilgi Yakuniy hujjat;

BMT Bosh Assambleyasining qator rezolyutsiyalari (1982-yilgi xalqaro nizolami tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi Manila Deklaratsiyasi);

  • Arab davlatlar ligasi Pakti (V modda);

  • Amerika davlatlari tashkiloti Nizomi (V bob);

  • Afrika Kengashining ta’sis akti (4-moddasi);

  • MDH Nizomi (IV bo‘limi)

Ko‘pgina boshqa ikk itomonlama va ko‘p tomonlama shartomalar yo mazkur prinsipga havola qiluvchi normalardan iborat, yo bo‘lmasa shunday mazmundagi normani kiritadi.
Xalqaro nizolar davlatlarning suveren tengligi prinsipi, adolatlilik prinsipi, nizolami hal etish vositalarini tomonlaming erkin tanlashlari prinsipi asosida hal etiladi.
Boshqa davlatlarining ichki vakolati hisoblangan ishlariga
aralashinaslik prinsipi

Mazkur prinsipning asosiy mazmuni BMT Nizomida o‘z aksini topgan. Ushbu Nizom BMTga har qanday davlatning ichki ishlariga aralashishiga vakolat bermaydi hamda a’zo davlatlardan ishlarni Nizom asosida hal etish uchun bunday ishlarni talab qilmaydi. Faqatgina bitla istisno - Vil bobga asosan choralar ko‘rishga prinsip daxl qilmaydi1.
Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi, shuningdek suverenitetlikning mavjudligi bilan uzviy bog‘liq hamda uning

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling