Xalqaro huquq


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


Download 3.36 Mb.
bet54/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Талаев АН. Право международных договоров. Общие вопросы. - М.: Международные отношения, 1980.

  2. Международное право: Учебник. // Отв. ред. проф. Ю.М. Колосов и проф. Е.С.Кривчикова. - М.: Международные отношения, 2000.-С.720.

  3. Международное право. Учебник для вузов И Отв. ред. проф. Г.В. Игнатенко и проф. О.И.Тиунов,- М.: Издательство «NORMA- INFRA-M», 2001. - С.584.

  4. Международное право. Учебник. //А.Н.Талалаев, Г.Н.Тункин. А.Н. Шестаков. - М.: «Юрид. лит.», 1999. - С.560.

  5. Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Т1. Заключение международных договоров. - М.: «Volters Kluver», 2004

VIII BOB. XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI
Xalqaro tashkilotlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va zainonaviy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ularning ahamiyati. ‘"Xalqaro tashkilot” va “Xalqaro tashkilotlar huquqi” tushunchalari. Xalqaro tashkilotlar klassifikatsiy asi. Xalqaro tashkilotlarning xalqaro-huquqiy maqomi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a’zolik. Xalqaro tashkilotlarning organlari. O"zhekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishining nazariy jihatlari.
Xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va zamonaviy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ularning ahamiyati
“Xalqaro tashkilotlar” tushunchasi ilmiy va kundalik atamashunoslikda mustahkam o‘mashgan bo‘lsa-da, ammo uning har safar qo'llanishi, unda turlicha mazmun bo'lgani uchun ham, uni tushuntirilishini talab etadi. Odatda asosiy ikki guruh tashkilotlar ajratib ko‘rsatiladi: xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xalqaro nohukumat tashkiiotlari. Ular orasida asosiy farq shundan iboratki, birinchisi, davlatlarning birlashmasini aks ettirsa, ikkinchisi esa, jismoniy va yuridik shaxslar, assotsiatsiyalar, harakatlar, jamoat tashkilotlarining birlashmasini aks ettiradi.1
Xalqaro tashkilotlar boshqacha qilib aytganda, davlatlararo birlashmalaming paydo bo'lishi va rivojlanishi to’g'risida fikr yuritilganda, qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI asming boshlarida shakllana boshlangan shahar-polislarning ittifoqlariga murojaat qilishimiz mumkin. Odatda ikki xil turdagi ittifoqlar mavjud bo'lgan: diniy-siyosiy ittifoq, harbiy-siyosiy ittifoq. Harbiy-siyosiy ittifoq sifatida simmaxiya (misol uchun: Delos. Lakedeinon simmaxiyalari, Etoliya va Axey ittifoqiari) hamda amfiktioniya (misol uchun: Delfiy-Fermopil) — yunon xudolari ibodatxonaiarida tashkil etiluvchi yunon qabilalarining vakillari uyushmalari mavjud bo'lgan.
Lakedemon simmaxiyasi miloddan avvalgi VI asrda Peloponnesdagi shaharlar va qabilalarning ittifoqi sifatida tashkil topgan. Ittifoqning boshida Sparta turar edi. Ittifoqning oliy organi Sparta tomonidan yilda bir marta chaqiriladigan umumittifoq yig'ilishi (sillogos)da Ittifoqqa kirgan
Кутейников A E. Мсждунцроллыс межпраъитплъствекныс сргаюпаціги Социологический подход/' Журнал социологии я социальной антропологии, І999 год, том II, выпуск «I. һпр /.-ш-ww 5oc.punj>rublieauons;jsaa/!999/4/kuUjn.html barcha, ulaming katta. kichikligidan qat’i nazar, bir ovozga ega edi. Qarorlar ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinardi. Grek shaharlarining ikkinchi yirik ittifoqi Afina yoki Delos simmaxiyasi edi. Ittifoqning boshida Afina turgan. Delos simmaxiyasi miioddan avvalgi 478/477-yillarda grek-fors unishida forslarga qarshi harbiy-dengiz ittifoqi sifatida tashkil topgan. Delos simmaxiyasi Lakedemon simmaxiyasidan ikki jihati bilan ajralib turardi: birinchidan, ittifoqchilar Delosdagi umumiy xazinaga alohida bada) (foros) to‘lashar; ikkinchidan esa, ular gegemon bo'lgan Afinaga qaram edi. Vaqt o'tishi bilan Delos simmaxiyasi Afina davlatiga (arxega) aylandi.
Amfiktioniyalar esa, asosan, qabilalar va shaharlaming diniy-siyosiy ittifoqlari hisoblanib, ular biror xudoning muqaddas joyi yaqinida tashkil topgan (amfiktionlar - atrofida yasnovchiiar) va tinchlik, nizolarni hal etish masalalari bilan shug'ullanishgan. Amfiktioniyning oliy crgani umumiy yig’ilish hisoblanib, u yilda ikki marta, ya’ni bahor va kuzda chaqiriigan. Yig'ilishning qarori barcha amfiktionlar uchun majburiy hisoblangan. Yig'ilishning vakolatli shaxslari hisoblangan iyeromnemonlar, davlatlar tomonidan amfiktionlar ovozlarining soniga qarab saylanganlar va barcha ishlarga rahbarlik qilishgan. Delfiy-Fermopil amfiktoniysi qoUida ham dunyoviy, ham diniy hokimiyat to‘plangan edi. Delfiylik kohinlar urush boshlanishi va tugashini e’lon qilar, amfiktioniylarga kiruvchi umumiy hukmdorlami tayinlar va lavozimlaridan bo'shatar edi. Barcha siyosiy kelishuvlar delfiylik kohinlar tomonidan tasdiqlanar va barcha bunday kelishuvlarning nizoli masalalarini sharhlash bo'yicha nizolashayotgan tomonlar delfiylik kohinlarga murojaat qilishgan.1
Albatta, qadimgi dunyo va o'rta asrlarda hozirgi davrda, ya’ni biz faoliyatini o’rganayotgan xalqaro tashkilotlar kabi xalqaro tashkilotlarni uchrata olmaymiz. Ammo ularda bunday birlashmalarni, yuqorida aytganimizdek, xalqaro tashkilotlaming ilk kurtaklari sifatida ko’rishimiz mumkin.
Dastlabki xalqaro iqtisodiy va bojxona birlashmalarining paydo bo'iishi xalqaro tashkilotlar tashkil topishidagi muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. XIII va XVII asrlar davomidagi Ganza savdo ittifoqi savdo gildiyalarining bloki hisoblangan va Boltiq dengizida, qisman Shimoliy dengiz va Shimoliy Yevropaning katta qismida savdo monopoliyasini 0‘rnatgan edi. XIX asming boshida tashkil topgan Germaniya bojxona ittifoqi ko'plab nemis davlatlarining ittifoqi hisoblangan bo‘lib. o‘zaro
’Международное право Учебник / Под ред. АН Вылегжанина. -М.: изд-во Юрайт. 2011. -С.348.
bojxona to'siqlarini bartaraf elish maqsadida tashkil topgan, ittifoq chegarasida olingan bojlardan esa umumiy kassa tashkil etilib, unda yig'ilgan foyda esa a’zolar o'rtasida ularda istiqomat qiluvchilarga proporsional ravishda taqsimlanar edi.
Mazkur ittifoqlar xalqaro tashkilotlar hisoblanmagan. Shunday bo'lsa- da, bunday xalqaro birlashmalar tajribasi, birinchi xalqaro tashkilot hisoblangan 1804-yildagi Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi kelishuv asosidagi va keyinchalik, ya’ni 1815-yilgi Vena kongressi tomonidan rasmiy ta’sis etilgan Reyn daryosi navigatsiyasi bo'yicha Markaziy komissiyani tashkil etishda hisobga olingan.
XIX asming yarmidan boshlab dunyo xaritasida xalqaro tashkilotlar ko'paya bordi. Jumladan, 1864-yili Yer o'lchash xalqaro ittifoqi, 1865-yili Xalqaro telegraf ittifoqi, 1874-yili Xalqaro pochta ittifoqi, 1875-yili O‘lchov va og‘irliklar bo'yicha xalqaro byuro, 1886-yili Adabiy va badiiy mulkni muhofaza qilish uchun xalqaro ittifoq, 1890-yili Bojxona tariflarini nashr qilish xalqaro ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar tuziigan. Mazkur xalqaro tashkilotlarning vakolatlari ixtisoslashgan muammolarni muhokama qilish bilangina cheklangan bo‘lsa-da, ular xalqaro tashkilotlarning barcha belgilariga ega edi. Davlatlar o’rtasidagi xalqaro shartnomalar asosida tashkil etilgan, doimiy organlarga ega bo'lgan, ulaming a’zolari davlatlar hisoblangan va ularning kotibiyati va shtab- kvartirasi (qarorgohi) bo'lgan.1
Birinchi jahon urushining tugashi tinchlik va xalqaro xavfsizlikni qo'llab-quwatlashga qaratilgan birinchi xalqaro universal tashkilotni tashkil etilishiga sabab bo'ldi. Umumiy tinchlikni ta’minlash va davlatlarning barcha sohalardagi hamkorligiga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlagan birinchi universal siyosiy xalqaro tashkilot - Millatlar Ligasi 1919-yilda tuzildi. Uning Staniti 1919-yi! 28-iyun kuni Parij Tinchlik konferensiyasida qabul qilinib, 440 moddadan iborat bo'lgan. Statut Versa! shartnomasining 1—26-moddalarini qamrab olgan bo'iib, .mazkur shartnomaning I qismi hisoblanadi.
O‘sha davrdagi xalqaro tashkilotlardan Millatlar Ligasi, a’zolarining soni jihatidan 65 ta yirik davlatlarni, ya’ni o‘sha davrda AQSH va Saudiya Arabistonidan tashqari barcha yirik davlatlarni o’ziga qamrab olganligi bilan ajralib turar edi.
Millatlar Ligasi Assambleya, Kengash, Kotibiyat, turli texnik komissiyalar va yordamchi xizmatlardan iborat tarkibga ega edi. Tashkilotning tuzilishi, funksiyalari va vakolatlari, xalqaro shartnoma
Межд^нкродное право. Учебник / Под pea. А НВылегжамин». - М : ЮраЛт, 2011. -С.Э49. hisoblanmish lining Ustavida ko'rsatib o'tilgan. Liganing-yillik budjeti 6 mln dollar atrofida edi. Uning shtab-kvartirasi (qarorgohi) Jeneva (Shvey tsariya) shahrida joylashgan.
Millatlar Ligasi u yoki bu darajada ayrim mojarolarni tartibga keltirgan bo‘lsa-da. ammo Nizomida beigilab qo'yilgan asosiy vazifalarini. ya’ni xalqaro mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilishni ta’minlab berish vazifasini bajara olmadi. Jumladan, 1931-yili Yaponiyaning Manjuriyaga bostirib kirganligiga qarshi sanksiyani qo'llashga harakat qilishning muvaffaqiyatsizligi, Italiyaning Efiopiyaga nisbatan agressiyasiga qarshi ta’sir ko'rsata olmasligi kabi vaziyatlar, eng asosiysi, Ikkinchi jahon urushining oldini ololmaganligi Millatlar Ligasining bu yo‘nalishdagi vazifalami bajara olmasligini ko'rsatib qo'ydi.
Millatlar Ligasi o'z faoliyatini amalda 1939-yilda, rasman esa 1946-yilda lugatgan.
Millatlar Ligasining xalqaro mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilish bo'yicha faoliyati samarasiz bo‘lsa-da, ammo uning ijtimoiy va gumanitar, xalqaro iqlisodiy, moliya sohalarida, xalqaro transport yo'llari, sog'liqni saqlash tizimi, ilmiy hamkorlikni yaxshilash masalaiarida erishgan yutuqlarini e’tirof etmasdan bo'lmaydi.14
1939-yilda dunyoda 48ta hukumatlararo xalqaro tashkilot bo'lgan. Xalqaro assotsiatsiyalar ittifoqining ma’lumotlariga qaraganda, 1978-yili 2430ta xalqaro tashkilot bo'lgan bo'lsa, hozirgi paytda ulaming soni 20 mingdan oshib ketgan.2 Xalqaro tashkilotlar taraqqiyotining tarixida burilish nuqtasi 1945-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlaming soni juda tez o'sgan va yangidan yangi xalqaio tashkilotlar paydo bo'lgan.
XXI asrga kelib, xalqaro tashkilotlaming rivojlanishi to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, xalqaro tashkilotlar jahonning eng dolzarb muammolarini hal etishda hal qiluvchi muhim ahamiyat kasb etadigan xalqaro huquqiy munosabatlarning aktorlariga aylandi.
Xalqaro assotsiatsiyalar uyushmasi ma’lumotlariga qaraganda XX asrning oxirida jahonda 6 mingdan ortiq xalqaro hukumatlararo tashkilotlar, 43 mingdan ortiq xalqaro nohukumat tashkilotlari mavjud bo'lgan.3 Ular xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik va davlatlar bilan nohukumat subyektlari hamda turli davlatlar nohukumat subyektlari o'rtasidagi o‘zaro foydaii hamkorlikni ta!minlashda muhim rol o'ynamoqda. Xalqaro hayotning globallashuvi jarayonida davlatlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar bu jarayonni boshqarishda va tartibga soiishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro tashkilotlar orasida Birlashgan Millatlar tashkilotining o‘mi va roli kattadir.
Xalqaro tashkilotlarning eng yorqin misoli bo'lgan mazkur BMT to‘g‘risida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 1.A.Karimov ushbu tashkilotning 48-sessiyasida shunday degan edi: “BMT — bu xalqlarning tinch-totuv yashashga bo'lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir”.1
Bugungi kunda BMT bilan bir qatorda, uning ixtisoslashgan tashkilotlar!, YXHT, NATO, YI, MDH, SHHT kabi turli xalqaro tashkilotlar umujahon hamda mintaqaviy darajada tinchlikni ta’minlash va davlatlar o'rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynamoqda.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlarining biri hisoblanadi. Bugungi kunda xalqaro hayotning biror sohasi yo!qki, unda xalqaro tashkilotlarning ishtiroki bo‘lmasa. Professor A.Saidovning yozishicha. xalqaro munosabatlarda xalqaro tashkilotlar davlatlar hamkorligining oqilona shakllaridan biri sifatida muhim rol o'ynaydi. Hozirgi davrda, - deydi olim, - xalqaro tashkilotlar tizimining murakkabiashib borishi va vakolatlaming kengayishi jadal tus oimoqda2. Shuning uchun ham bugungi davlatlararo munosabatlarni xalqaro tashkilotlaisiz tasavvur qilish mumkin emas. Davlatlararo munosabatlarda xalqaro tashkilotlarning turli shakllari, ya’ni xalqaro hukumatlararo tashkilotlai; xalqaro nohukumat tashkilotlari ishtirok etmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlarning xalqaro jarayondagi ta’siri kuchaymoqda. Ular to‘g‘risida quyida batafsilroq to'xtalib oTiladi.
Bugungi jahon moliyaviy, iqtisodiy inqiroz sharoitlarida xalqaro munosabatlar yanada tig'iz bir paytda xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlarda, ayniqsa, xalqaro huquqiy munosabatlarda tutgan oTnini, bu jarayonga ko'rsatayotgan ta’sirini o’rganmasdan turib, hozirgi zamon xalqaro munosabatlarini yoki bo'lmasa, jahondagi siyosiy jarayonlami tushunib bo'lmaydi.
Xalqaro tashkilot” va “xalqaro tashkilotlar huquqi”
tushuncbalari

Bugungi globallashuv jarayoni rivojlanib, xalqaro munosabatlaming barcha subyektlarini ushbu jarayonga tobora kuchli jalb etayotgan bir paytda, bu jarayonda xalqaro tashkilotlaming roli va ahamiyati oshib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan ushbu tashkilotlarga bo'lgan qiziqish tobora onmoqda. Bu, birinchidan, xalqaro huquqiy tartibotni shakliantirishda, davlatlar bilan bir qatorda faol ishtirok etayotgan va bunda muhiin rol o'ynayotgan bo'lsa, ikkinchindau esa, xalqaro huquqiy munosabatlarda faol huquqiy ishtirokchi ekanligi bilan xarakterlanadi.
Xalqaro tashkilot tushunchasi to‘g‘risida fikr yuritilganda, avvalambor, uni xalqaro hukumatlararo tashkilotga va xalqaro nohukuniat tashkilotga bo'lish lozimligini unutmasligimiz kerak, chunki mazkur tipdagi xalqaro tashkilotlar o'zining huquqiy maqomi bilan ajaralib turadi.
Odatda, xalqaro-huquqiy hujjatlarda xalqaro tashkilot - bu hukumatlararo tashkilot deb ko'rsatilgan ta’rifdan boshqa “xalqaro tashkilot’’ tushunchasi mavjud emas. Biroq bunday ta’rif faqat hukumatlararo (xalqaro) tashkilotni nohukumat tashkilordan farqlaydi xolos1. Shuning uchun ham xalqaro huquqshunos olimlar xalqaro tashkilotlarga ta’rif berishganda ular, odatda, xalqaro hukumatlararo tashkilotlami nazarda tutishar edi.15
Demak, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar suveren davlatlar yoki xalqaro tashkilotlaming erkin birlashmasi bo'lib, davlatlararo shartnoma yoki hamkorlikning muayyan sohasida davlatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun umumiy vakolatga ega xalqaro tashkilotning rezolyutsiyasi asosida tashkil etiladi, shuningdek a’zo davlatlarning irodasidan mustaqil holda alohida vakclatlarga ega bo'lib, unda tegishli bosh va yordamchi organlar tizimi faoliyat ko'rsatadi16.
Bugungi kunda xalqaro maydonga an’anaviy xalqaro hukumatlararo tashkilotlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlaming ko'rinishlari sifatida xalqaro nohukumat tashkilotlari (ba’zida xalqaro nodavlat tashkilotlari deb ham ataladi) ham chiqmoqda. Bu tashkilotlaming xalqaro maydondagi tasivini kuchayib borishi, davlatlar bilan hamkorligi kengayib borishi va davlatlararo hamkorlikdagi masalalarni hal etishda, ba’zida hal qiluvchi rolni o'ynashi. albatta, bu tashkilotlar ahamiyatining oshib borayotganini ko'rsatadi. Xalqaro tashkilotlarni o'rganish bu tashkilotlami klassifjkatsiyalashni, ya’ni ularni tabiatiga, turli belgiiarga asosan farqlashni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda xalqaro tashkilotlarni xalqaro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlarga bo‘lish odat tusiga kirgan.
“Xalqaro tashkilot” tusnunchasi iliniy hattoki kundalik atamashunoslikda ham mustahkam o'mashib qolgan bo'lsada. uni ishlatish har safar tushuntirishlarni talab etadi. chunki unda turlicha inazmun mavjud. Odatda xalqaro tashkilotlaming ikkita turi ajratib ko’rsatiladi: xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xalqaro nohukumat tashkilotlari. Ular orasida asosiy farq shundan iboratki. birinchisi davlatiarni birlashtirsa, ikkinchisi esa jismoniy yoki yuridik shaxslar. assotsiatsiyalar, harakatlar, jamoat tashkilotlarini birlashtiradi.1
Demak, davlatlararo tashkilotlar bilan nohukumat xalqaro tashkiiodarni o'rtasida katta farq mavjud bo‘lib, nohukumat xalqaro tashkilotlarni turli mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslari tuzadi va davlat ichki huquqiga muvofiq ravishda bitta yoki bir nechta davlatlarda yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olinadi. Bunday tashkilotlar xalqaro huquq subyekti hisoblanmaydi.
Keyingi paylda yuqoridagi ikki kategoriyadagi xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlaming yana bir ko'rinishi sifatida xalqaro paratashkiiotlar degan tushuncha ham kirib kelmoqda.
Albatta, yuqorida biz ko’rib chiqayotgan xalqaro tashkilotlar ichida asosiy va hal qiluvchi rolni xalqaro hukumatlararo tashkilotlar o'ynaydi. Shuning uchun ham biz odatda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni xalqaro tashkilotlar deb hisoblaymiz.
Xalqaro hukumatlararo tashkilot a’zo davlatlar shartnomasi asosida ta’sis etilgan va xalqaro tashkilot maqomini olgan tashkilotdir.
Xalqaro hukumatlararo tashkilot - bu a’zo davlatlar irodasi bilan belgilanadigan hajmda mustaqil irodaga va davlatlaming huquq va majburiyatlandan kelib chiqadigan hosilaviy huquq va majburiyatlarni bajarish uchun zainr bo‘lgan organlarga ega bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy,

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling