Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet61/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro jinoyat bu xavfli xalqaro huquqbuzarlik bo'lib, davlatlar va millatlarning muhim hayotiy manfaatlariga, hayotiy asoslariga putur yelkazadi, xalqaro huquqning muhim prinsiplari va normalarini qo'pol ravishda buzadi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi va zarar yetkazadi.
BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan tayyorlangan Davlatlaming javobgarligi to‘g‘risidagi Moddalar loyihasida xalqaro hamjamiyatning hayotiy manfaatiarini tauninlashga asos bo;ladigan xalqaro majburiyatning davlatlar tomonidan buzilishi natijasida vujudga keladigan xaiqaro-huquqiy qtlmishga xalqaro hamjamiyat oldidagi jinoyat deb qaraladi va xalqaro jinoyatni tashkil etadi.
Bunday xalqaro jinoyatlar sirasiga: agressiya, genotsid, aparteid, mustamlakachilik, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va boshqalar kiradi.
Bunday jinoyatlar xalqaro hamjamiyatga aloqador bo'lgani sababli davlatlar BMT Ustaviga asosan ulaming oldini olish uchun kollektiv choraiar ko‘rish huquqiga egadirlar2.
Xalqaro xarakterga ega bo 'lgan jinoyat - bu bir necha yoki barcha davlatlaming manfaatlariga tajovuz qiladigan, umumiy Xalqaro xavf-xatar keltirib chiqaradigan qilmishdir. Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlar qatoriga quyidagilar kiradi: qulchilik va qullar bilan savdo qilish, giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalami noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish, havo kemalarini noqonuniy egallab olish, xalqaro terrorizm va boshqalar.
Boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (Xalqaro deliktlar) — bu alohida davlatga yoki Xalqaro huquq subyektlarining cheklangan doirasiga zarar yetkazuvchi huquqqa zid xatti-harakatlardir. Bunday hollarda javobgarlik munosabati huquqbuzar davlat bilan huquqbuzariikdan jabr ko'rgan davlatlar o‘rtasida paydo bo'ladi, huquqbuzarlik davlatlar va millatlarning mavjudligiga va hayotiy asoslariga zarar yetkazmaydi va bunday huquqbuzarlik yuqorida ko‘rsatilgan ikki guruhga kirmaydi.
Bunday xalqaro huquqbuzarlikka diplomatik vakil laming faoliyatiga
qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlarga nisbatan davlat organlarining beparvoligi (harakatsizligi), savdo majburiyatlarini buzish va shu kabilar kiradi. Huquqbuzarlikda g‘arazgo‘y maqsadlar va huquqqa zid harakat bo'lmasa, bunday huquqbuzarlik xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Xalqaro huquqbuzarlik turlari va ular uchun javobgarlik asoslari
Xalqaro jinoyat deb, insoniyat uchun xavfii bo'lgan, shaxsni himoyalash, Xalqaro hamjamiyatning muhim hayotiy manfaatlari, tinchlikni saqlash uchun asosty ahamtyatga ega bo ‘Igan Xalqaro huquq norma va prinsiplarining buzilishiga aytiladi. Bunda xalqaro jinoyatlami keltirib chiqaradigan, davlatlaming jinoiy siyosatini amalga tatbiq qiladigan mansabdor shaxslaming qilmishi katta xavf tug'diradi. Xalqaro siyosiy va moddiy javobgarlikka bunday jinoyatlami keltirib chiqaruvchi davlat rahbarlari, oliy mansabdor shaxslar va jinoiy siyosatning boshqa ishtirokchilari ham tortiladilar1.
Birinchi marta xalqaro jinoyatlaming ro'yxati 1945-yilgi Xalqaro harbiy Tribunal (Nyumberg tribunal i)ning Nizomida va 1946-yilgi Uzoq Sharq bo‘yicha Tribunal (Tokio tribunalijning Nizomida keltirilgan edi. Nyumberg tribunal] Nizomining 6-moddasi xalqaro jinoyatlami uch gurubga bo‘ladi.
Tinchlikka qarshi jinoyatlar bu agressiv urushlarni olib borish, keltirib chitsarish, tayyorlash va rejalashtirish yoki Xalqaro shartnomalarni, bitimlarni, kelishuvlarni buzgan holda urush olib borish yoki umumiy rejada yoxud fitnada ishtirok etishdir. Obyektiv tomondan “rejalashtirish” “urushga tayyorlanish” tushunchasini qamrab olmaydi.
Yuqorida qayd etilganlar o‘z vaqtida qurol-aslaha va harbiy texnikani ishlab chiqarish va sotib olishda, fortifikatsion inshootlar va boshqa shu kabilami qurishda ishtirok etgan Germaniya va Yaponiyaning mansabdor shaxslarini javobgarlikka olib kelgan edi. Urushni “keltirib chiqarish” tushunchasiga urushgacha va urush paytidagi faoliyat kiradi, ya’ni davlat rahbarlarining ig'vogar bayonotiari, chegaralarda qo'shinlarni to‘plash, qarshi tomonni qurolli to‘qnashuv keltirib chiqarishga undash, qurolli kuch bilan g'aflatda bostirib kirish va boshqa shu kabilar kiradi. “Umumiy rejada yoki fitnada ishtirok etish” tushunchasi davlatlaming agressiv urushlarda turli shakllardagi ishtirokini bildiradi. Shuning uchun ularning hammasi to4iq javobgarlikka tortilishi lozim.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling