Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet69/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro jinoyal sudi. Xalqaro jinoyat sudi g‘oyasi tom ma'noda uzoq tarixga ega emas. Huquq tizimi mavjud ekan, uning harakati jinoiy-huquqiy vositalar bilan ta’minlanmog‘i lozim. Nyumberg harbiy Tribunaii chiqargan hukmlarda xalqaro jinoyatlami davlatlar emas, balki kishilar sodir etadi, deb qayd etib o‘tildi.
Bu qoidaning ma’nosi tushunarli bo‘Jsa-da, lekin unchalik to'g‘ri emas. Xalqaro huquq davlatlar tomonidan ham buzilishi mumkin. Masalan, agressiva bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan jinoyatdir. Ammo bu yerda javobgarlikka davlaigina emas, balki uning ma lum qarorlarini qabul qilgan davlat rahbarlari ham tortiladi. Bunda javobgarlik turlichadir. Davlat xalqaro huquqiy javobgarlikka, jismoniy shaxs esa xalqaro jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
1914-yilda Yugoslaviya qiroli Aleksandr T Fransiyaga tashrifi chog'ida Fransiya Tashqi ishlar vaziri L.Toaftu bilan kollektiv xavfsizlik tizimini yaratishga erishadilar, ammo ular xorvat terrorchilari tomonidan o‘Idiriladi. Jinoyat izlari Berlin va Rimga borib taqaladi.
Dunyo hamjamiyati xalqaro terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishni, xalqaro jinoyat sudlarini tashkil qilishni talab etdi. Ana shunday sharoitda Millatlar Ligasi Terrorizmning oldini olish va uchun jazolash to‘g‘risida 1937-yilgi Konvensiyani qabul qildi. Konvensiyaga xalqaro jinoyat tribunaii Statuti kiritilgan edi. Ammo faqat birgina davlat (Hindiston) Konvensiyani ratifikatsiya qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro harbiy tribunallaming tashkil etilishi ancha muvaffaqiyatli bo'ldi, ammo ular ham bir guruh davlat tomonidan ikkinchi bir davlatlarning rahbarlari ustidan sud o‘tkazish uchungina tuzildi. Shuning uchun Nyurnberg va Tokiodagi sud jarayonlari g‘oliblar mag‘lublar ustidan o'tkazgan sud deb nomlanadi. Ji noy atchi I i kka qarshi kurash to‘g‘risidagi ko‘pgina konvensiyalardan faqat ikkitasigina (genotsid va aparteid to‘g‘risida)gi xalqaro jinoyat sudini tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Shuntsi quvonarliki, 1948-yili BMT o‘z faoliyatini boshlagan chog‘ida, Bosh Assambleya Xalqaro huquq komissiyasiga xalqaro jinoyat sudlarini tuzish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni taklif qildi. Komissiya 1994-yiii xalqaro jinoyat sudi nizomining Loyihasi ustida ishni tamomlab, Bosh Assambleyaga Konvensiyani qabul qilish uchun konferensiya chaqirishni tavsiya qildi1.
Xalqaro huquq komissiyasining loyihasidan foydalangan holda BMTning Xavfsizlik Kengashi sobiq Yugoslaviya va Ruanda uchun xalqaro Tribunallarni ta’sis etdi. Bu Tribunallar ham bir guruh davlatlar boshqa bir davlatlaming fuqarolarini sud qilish uchun tuzilgan deb xulosa qilishimizga imkon beradi.
Bu harakatlar barcha davlatlar uchun umumiy bo'lgan xalqaro jinoyat sudini ta'sis etish uchun asos yaratmoqda. Bu g'oyani amalga oshirish uchun sezilarli darajada ahamiyatga ega bo'lgan holat shu bo'ldiki, bugun xalqaro hamjamiyat va xalqaro huquqning rivojlanishi shunday darajaga etdiki, bunda xalqaro jinoyat sudini tashkil etish haqiqatga yaqin bo'lib qoldi.
1998-yilning 17-iyulida Rimda Diplomatik konferensiyaning muxtor vakillari BMT homiyligida Xalqaro jinoyat sudining Rim Statutini qabul qildilar. Konferensiya ishida 160 davlatning delegatlari ishtirok etdi. Statutni qabul qilish uchun 120ta davlat ovoz berdi. 21 davlat betaraf qoldi va 7tasi qarshi ovoz berdi. Rim konferensiyasida sudning vakolatlarini kainaytirish tarafdori bo'lib bir qancha davlat vakillari faol qatnashdilar. Ular sudning yurisdiksiyasiga faqat genotsid jinoyatini sud qilish vakolatini qoldirishni yoqlab chiqdilar.
Sud xalqaro hamjamiyatga qarshi qaratilgan eng jiddiy jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarni sud qiladigan doimiy organ sifatida ta'sis etildi. Bu yerda Statutda keltirilgan jinoyatlar haqida so'z borishi inumkin. Xalqaro jinoyat sudi davlatlaming sudlarini yo'qa chiqarmaydi. Xalqaro jinoyat sudi davlatlaming sudlari yurisdiksiyasini to'ldiruvchi vosita bo'lib qoladi.
Sud o'z funksiyasini Statutda ishtirok etuvchi har qanday davlat hududida maxsus bitimga erishilgan bo'Isa, boshqa har qanday davlatning hududida amalga oshirishi mumkin.
Sud mustagqil xalqaro organdir, 11 xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Sudning BMT bilan munosabati BMT bitimiari bilan tartibga solib turiladi. Sud Gaaga shahrida (Niderlandiya Qirolligi) qo'nim topadi. Shuni qayd qilib o'tish kerakki, BMTning Xalqaro huquq komissiyasi Loyihasida agressiya to'g'risida gap ketganda, Sudni Xavfsizlik Kengashiga bog'lagan qoida ham mavjud edi. Bir qancha davlatlar bunday bog'lanishga qarshi chiqdilar, chunki Xavfsizlik Kengashi a’zolari bilan unga a’zo bo'lmagan davlatlar o'rtasida tengsizlik mavjud bo'ladi, shuningdek uning doimiy a’zolarida veto huquqi bor edi. Ana shundan so'ng bu qoida olib tashlandi. Statut katta hajmga ega (126 moddadan iborat) murakkab hujjatdir. Buning bir qancha sabablari bor. Chunki Statutda jinoyat huquqiga, jincyat protsessual huquqiga, sudda ish yuritishga oid sud faoliyatini ta’minlovchi davlatlarning hamkorligiga bag'ishlangan qoidalar mavjud. Statutning murakkabligi unda ishtirok etuvchi davlatlar pozitsiyalarining qarama-qarshiligiga ham bog'liqdir. Sudning yurisdiksiyasi xalqaro hamjamiyat manfaatlariga daxldor bo‘Igan eng jiddiy jinoyatiar bilan cheklanmagan. Bu quyidagi jinoyatiar: genotsid, insoniylikka qarshi jinoyatiar, harbiy jinoyatiar va agressiya.
Yana shuni eslash joizki, Xalqaro huquq komissiyasi davlatlarning fikrlarini hisobga olib, Loyihadan “Xalqaro huquq bo‘yicha jinoyatiar”, degan umumiy iborani olib tashladi. Buning o‘rniga jinoyatiar alohida sanab o'tildi: genotsid, agressiya, urush qonunlari va odatlarini jiddiy buzish va insoniylikka qarshi jinoyatiar. Umuman olganda, jinoyatiar doirasi urushdan keyingi tuzilgan xalqaro tribunallar nizomlarida belgilangan jinoyatiar doirasi bilan bir xil bo‘lib chiqdi. Bu jinoyatiar ro'yxati Sud uchun to*iiq deb hisoblanadi.
Statutda sanab o'tilgan jinoyatiar tarkibi to'liq ko'rsatilgan. Bunda shu narsa qayd etib o'tiladiki, insoniylikka qarshi jinoyatiar “fuqaroviy shaxslarga keng miqyosda doimiy ravishda bosqinchilik uyushtirib’ turgan bo'lsagina Sudning yurisdiksiyasiga o‘tadi. Harbiy jinoyatiar — “reja yoki siyosat asosida yoxud bunday jinoyatiar keng miqyosda sodir etilgan bo'lsa” Sud yurisdiksiyasiga kiradi.
Xalqaro xarakterga ega bo'imagan qurolli mojarolar davrida sodir etilgan harbiy jinoyatiar ham sud yurisdiksiyasiga kiritildi. Bunda shu narsa qayd etildiki, bu hukumatlarning davlatdagi tartib-qoidani tikiash uchun yoki o:z davlatining birligi va hududiy yaxlitligini.; barcha qonuniy vositalar bilan himoya qilganida- javobgarlikka tortilishiga daxldor br/lmaydi. i1" ■■
Statut jinoyat huquqining umumiy prinsiplariga bag'ishlangan maxsus bo'limga ega. “Bir jinoyat uchun ikki marta sud qiIish mumkin emas” degan prinsip bu bo'limga kiritilgan etnas. Sababi shundaki, juda ko'pchilik yuristlar bu prinsipni protsessual huquqqa kiritadilar.
Sud jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmaganlarni sud qilish yurisdiksiyasiga ega emas.
Milliy yoki xalqaro huquq bo'yicha daxlsizlik (immunitetjga ega mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilganida ularning daxlsiziigi to'sqinlik qiimaydi degan qoidaning mavjudligi muqim ahamiyatga ega.
Statut shaxslarning rasmiy tnaqomidan, u hukumat yoki davlat boshlig'i bo'ladimi, hukumat yoki parlament a’zosi bo'ladimi, bundan qat’i nazar, bir xil qo'llanilishi lozim.
Shaxsning rasmiy maqomi hukmni yengillashtirishga ham asos bo‘la olmaydi. Statut rahbar va boshqa boshliqlaming nazorati ostida bo'lgan shaxslarning jinoiy qilmishi uchun ham jinoiy javobgarlik o'rnatadi.
Hukumat yoki boshliqning buyrug'i bo'yicha sodir etilgan jinoyatlar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Ammo bu umumiy qoidalarda istisnolar ham mavjud bo'lib. ular bu qoidalarning ahamiyatini pasaytiradi. Bu qoida quyidagilarga nisbatan qo'llanilmaydi: agar shaxs yuridik jihatdan buyruqqa bo'ysunishga majbur bo'lsa; agar shaxs buyruqning noqonuniy ekanligini bilmagan bo'lsa; agar buyruq noqonuniy berilgan bo'lsa.
Sud tarkibiga quyidagi organlar kiradi: Rayosat, Apellatsiya bo'linmasi, Sud bo'iinmasi, Dastlabki ish yuritish bo'linmasi, Prokuror Devoni va Kotibiyat.
Sudda 18 nafar sudya mavjud. Ular saylangani zahotiyoq, agar zarurat tug'ilsa. o'z majburiyatlarini bajarishga tayyor bo'lmoqlari lozim. Bundan farqli ravishda, Rayosatnl tashkil etgan sudyalar eng boshidan, doimo o‘z majburiyatlarini bajaradilar.
18 sudya BMT Xalqaro sudining sudyalari singari 9-yillik muddatga Statutning ishtirokchi davlatlari tomonidan saylanadilar. Ammo ulardan farqli ravishda yangi muddatga qayta saylana olmaydilar.
Prokuror devoni Sud tarkibida mustaqil organ bo'lib, jinoyat ishlari bo'yicha ta’qibni amalga oshirishga javcbgar hisoblanadi. Ulaming mustaqilligi shundaki, prokuror va uning o'rinbosarlari Sud tomonidan emas, Statutning ishtirokchi davlatlari tomonidan 9-yillik muddatga saylanadi. Qaytadan saylanishga yo'l qo'yilmaydi.
Kotibiyat ma’muriy funksiyalarni amalga oshiradi. Kotib sudyalar tomonidan 5-yillik muddatga saylanadi.
Sudyalar, prokuror va uning o'rinbosarlari, sud kotibi o'z majburiyatlarini bajarishda diplomatik daxlsizlikdan foydalanadilar. Sudda ish ingiiz va fransuz tilida olib boriladi, rasmiy tillar ega ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillari hisoblanadi.
Muhim protsessual xarakterga ega aktlar sifatida Sud Reglamenti, protsedura qoidalari va ish olib borishda isbotlash qoidalari hisoblanadi. Qoidalarni Statut ishtirokchi davlatlarining Assambleyasi qabul qiladi. Kun tartibi (Reglament) sud tomonidan belgilanadi. Sud Gaaga shahrida majlis qiladi, ammo qaror asosida boshqa joyda ham o’z majlisini o‘tkazishi mumkin. Sud jarayoni aybdoming ishtirokida va ochiq holda o‘tkaziladi.
Sud haqiqatni aniqlash uchun zarur deb hisoblaydigan barcha ashyoviy dalillarni qabul qilib olish huquqiga ega.
Sud dalillarni har tomonlama o‘rganib chiqib. guvohlarning kohsatmalarini adolatli baholashga yoki sud jarayonini adolatli ravishda amalga oshirishga zarar keltiradigan dalillarni inkor etib, sud ishining adolatli bo‘lishiga yordam beradigan dalillarni esa qabul qilish haqida qaror chiqarishi mumkin.
Statut odil sudlovga qarshi jinoyatlarga nisbatan Sudning yurisdiksiyasini ham belgilab beradi. L’lar quyidagilar: a) yolg‘on ko'rsatma berish; b) yolg'on yoki buzib ko‘rsatilgan dalillarni taqdim etish; d) guvohlarni qo‘rqitish yoki sotib olish, dalillarni yig‘ishga to'sqini’k qilish; e) sudning mansabdor shaxsini sotib olish yoki qo‘rqitish. Ana shunday jinoyatlarni sodir etishda aybdor shaxslarni aniqlasa, sud ularga jarima solish yoki besh yilgacha ozodlikdan maxrum etish jazosini qo‘llashi mumkin. Har bir ishtirokchi davlat odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatlarni o‘z qonunlarida aks ettirishi lozitn. Agar Xalqaro .jinoyat sudiga nisbatan jlnoyatlar biror-bir davlat hududida yoki uning fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, sud talabiga ko‘ra, davlatlar bunday jinoyatlar bo'yicha ish-arni o'zlarining sudida ko‘rib chiqishga majburdirlar.
Sud quyidagi jazolardan birini tayinlashi mumkin: a) o'ttiz yilgacha bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum etish; yoki b) ozodlikdan mahrum qilingan shaxs jinoyatining o‘ta og'irligiga qarab umrbod qamoq jazosiga hukm qilish. Qo'shimcha ravishda jarima solish to'g'risida qaror qabul qilish mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki oqlash to‘g‘risidagi sud palatasining qarori prokuror tomonidan quyidagi asoslhr bo'yicha Apellatsiya palatasiga shikoyat qilishi mumkin: protsessual faktlardagi va huquqdagi xatolar uchun. Xuddi shunday asoslar uChun aybdor shaxs yoki uning nomidan prokuror shikoyat qilishi mumkin. Prokurorning shikoyati uchun asos bo'lib, sud jarayoni yoki qarorining adolatli yoki asosli bo'lishiga halaqit beradigan har qanday holat xizmat qilishi mumkin.
Sodir etilgan jinoyat bilan berilgan jazo o‘rtasidagi norriutanosiblik asosida ham aybdor shaxs yoki prokuror chiqargan hukm ustidan shikoyat qilishi mumkin. Shikoyatlar bo'yicha qaror chiqarishda apellatsiya palatasi sud palatasining hamma vakolatlaridan foydalanadi. Apellatsiya palatasi qaror yoki hukmni o‘zi qaytadan ko‘rib chiqishi yoki sud palatasidan boshqa sudlar ishtirokida ishni qaytadan ko'rib chiqishni talah qilishi mumkin. Noqonuniy qamoqqa olingan yoki ushlangan shaxs kompensatsiya olish huquqiga egadir.
Statut ishtirokchi davlatiari sud yurisdiksiyasiga kiradigan jinoyatlarni tergov qilishda va aybdorlaini jazolashda sud bilan hamkorlik qilishga majburdir (86-modda). Davlatlar milliy huquqlarida sud bilan ana shunday hamkorlik normalari mavjud bo'lishini ta’minlaydilar.
Shaxsni sudga berishda ixtisoslashish prinsipiga rioya qilinadi. Lining mazmuni quyidagichadir: Sudga berilgan shaxs sudga berishgacha bo'lgan yurish-turishi uchun ta’qib etilmasdan u nima sababdan sudga berilgan bo'lsa o'sha ish yuzasidan javob bermog'i lozim bo'ladi. Shuningdek, sud shaxsni sudga berayotgan davlatning tartib-qoidasini ham rad etish huquqiga ega (101-modda).
Ozodlikdan mahrum etish bilan bogMiq jazoni shaxs sud tomonidan belgilangan davlailarning birida o‘taydi. Jazoni o'tashni belgilashda sud quyidagilami hisobga oladi: a) davlatlar o'rtasidagi majburiyatni adolatli taqsimlash; b) davlatlarning mahkumlar bilan munosabatida standartlarga rioya qilish; d) mahkumning xohishi va fuqaroligi.
Xalqaro jinoyat sudi mahkumning ahvoli xalqaro shartnomaviy standartlarga javob berishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Jazoni o'tash davrida shaxs jazoni o‘tashga qadar sodir etgan qilmishi uchun hech bir jinoiy ta'qibga yoki jazoga uchramasligi, shuningdek jazo o'tayotgan davlatdan boshqa bir davlatga berib yuborilmasligi kerak.
Jazo o'tab bo'lgandan keyin shaxs o‘z davlatiga yoki bo‘lmasa, uni qabul qilishga rozi bo'lgan davlatga qaytarilishi kerak. Bunda shaxsning xohishi hisobga olinadi (108-modda). Ishtirokchi davlatlar o'z milliy huquqlariga asosan Sud qarorida zikr etilgan jarimalarni undirish va mol-mulkni musodara qilishni ta’minlashlari lozim.
Shunday qilib, Xalqaro jinoyat sudining ta’sis etilishi xalqaro jinoyat huquqining rivojida yangi bir bosqich bo‘ldi. Shu bilan birga, kelajakda ham xalqaro jinoyat huquqini qo'llashda asosiy rol milliy sudlarga tegishli bo'ladi. Xalqaro jinoyat sudining bir o‘zi xalqaro jinoyatlarning barchasiga bas kela olmaydi. Buni sobiq Yugoslavia uchun xalqaro Tribunal faoliyatining tajribasi ham tasdiqladi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling