Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet72/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

1818-yilda bu hujjat, ya'ni Vena protokoli Aaxen protokoli bi Ian to‘ldirildi. Aaxenda imzolangan protokol Vena Kongressining “Diplomatik martabalar to‘g‘risidagi nizom”ga yana bir martabani, ya’ni “Ministr - rezident” martabasini qo‘shdi. Shunday qilib, diplomatik huquqda birinchi xalqaro ko‘p tomonlama shartnoma paydo bo'ldi va bu hujjat diplomatik huquq normalarini ishlab chiqishda katta rol o‘ynadi.
Diplomatik huquqda manba vazifasini o'tovchi hujjatlaming navbatdagisi shubhasiz 1911-yilda Karakassda qabul qilingan Konsullik funksiyalari lo'g'risidagi konvensiya bo'lib, u konsullaming asosiy vazifalari bayon qilingan xalqaro hujjat edi. 1928-yilda esa Gavanada Diplomat mansabdorlar to'g‘risida va Konsul mansabdorlar to'g'risida xalqaro konvensiya qabul qilindi.
1928-yil 20-fevralda qabul qilingan Gavana konvensiyasi barcha davlatlarda diplomatik missiyalarning faoliyat ko'rsatishiga bog‘liq masalalarni qamrab olgan edi.
Diplomatik huquqning rivojlanishidan ma’lumki, J928-yilda Millatlar Ittifoq Ligasiga asos solindi, bu tarixda birinchi davlatlararo xalqaro tashkilot edi. Millatlar Ligasining faoliyati va keyinchalik 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solinishi diplomatik huquqda tarixan yangi davrni ochib berdi. 1946-yil 15:fevralda BMTning birinchi a’zo davlatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya qabul qiladilar. Bu konvensiya BMTning samarali faoliyat ko'rsatishiga imkoniyat yaratish maqsadida uning vazifalarini amalga oshirishda ma’lum bir huquqiy maqomni berishni ko'zda tutgan.
1947-yil 21-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Maxsus tashkilotining imtiyoz va immunitetlari to'g'risida xalqaro konvensiyam qabul qildi. Bugungi kunda bu konvensiyaga lOOdan ortiq davlat a’zodir.
BMTning xalqaro huquq komissiyasi barcha davlatlarda birdek qo‘llanishi mumkin boTgan yagona diplomatik huquqiy me’yorlar ustida atroflicha mulohaza yuritib, bir necha marotaba o‘z muhokamasida davlatlar o'rtasidagi diplomatik munosabatlarni aks ettiruvchi hujjat loyihasi ustida ish yuritdilar va nihoyat, 1961-yil 18-aprelda Venada BMT butun dunyo diplomatik konferensiyasini chaqirib "Diplomatik aloqalar to 'g‘risidagi Vena konvensiyasi"m qabul qildilar.
Bu konvensiyani tom ma’noda diplomatik aloqalarning eng asosiy kodeksi deb baholash mumkin.
Konvensiya 1964-yilda kucliga kirgan, unda 175 davlat ishtirok etmoqda, ular orasida 0‘zbekiston ham bor. Konvensiya 53 moddadan iborat.
Konvensiya bilan bir vaqtda diplomatik munosabatlarga aloqador 2 fakultativ protokol ham qabul qilingan bo‘lib, bulardan biri fuqarolikni olmaslik to'g'risida va ikkinchisi bu konvensiyani qo'llashdan kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolarni yechish majburiyati to'g'risida edi.
Diplomatik huquqda manba vazifasini o'tagan yana bir muhim hujjat bu 1963-yil 24-aprelda qabu) qilingan "Konsullik aloqalari to'g'risidagi Vena konvensiyasi '’dir. Konvensiya 1967-yili kuchga kirgan, unga 152dan ortiq davlatlar qo‘shilgan, ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Konvensiya 79 moddadan iborat yirik hujjat bo'lib, unga qo'shib ikki protokol qabul qilingan. Ularning mazmuni diplomatik aloqalar to'g'risidagi Vena konvensiyasining protokollari kabidir.
Salohiyati jihatidan diplomatik huquqning manbalariga ko‘p tomonlama shartnomalaming yana ikkitasini kiritish joizdir. Bulardan birinchisi 1969-yilda qabul qilingan “Maxsus missiyalar to'g'risidagi’’ konvensiya bo'lib, ikkinchisi 1975-yilda qabul qilingan “Universal xarakterdagi xalqaro lashkilotlar qoshidagi davlallardagi vakolatxonalari to'g'risidagi Vena konvensiyasi”dir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, diplomatik huquqda xalqaro shartnomalardan tashqari, ikki tomonlama, ya’ni ikki davlat tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar ham manbalik vazifasini o'taydi. Ular diplomatik munosabatlar to'g'risidagi, konsullik aloqalari to'g'risidagi xalqaro shartnoma bo'lib, ular xalqaro huquqning subyektlari - davlatlar, xalqaro tashRilotlar tomonidan tuzilishi mumkin. Ular ikkala davlat yoki xalqaro tashkilot o'rtasida paydo qiluvchi, majburiyatlar tug'diruvchi xususiyatlarga egadir.
Masalan: 0‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida erkin harakat qilish to'g'risidagi Bitinr bunga misol bo'la oladi Bu kelishuvga muvofiq har ikkala davlatning diplomatik vakillari ikkala davlatning hududida erkin harakat qilish huquqiga egalar.
Tabiiyki, diplomatik huquqda sbartnomaviy normalar bilan tartibga solinmaganlari xalqaro huquqning odat normalari bilan tartibga solinadi. Diplomatik huquqda u yoki bu konvensiyaga qo'shilmagan davlatlar ham odatiy huquq normalariga amal qiladilar.
Diplomatik huquqda ikkinchi turdagi manba vazifasini bajaruvchi bo'lib xalqaro odat kiradi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling