Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet70/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Nazorat savollari

  1. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?

  2. Xalqaro huquqiy javobgarlik va xalqaro jinoyat o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?

  3. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan bog‘liq qanday xalqaro hujjatlarni bilasiz?

  4. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan shug‘ullanuvchi qanday xalqaro institutlar mavjud?

Kazuslar

  1. 2000-yil 13-iyunda S. davlat parlamenti “1940-1941-yillardagi

  1. davlat okkupatsiyasi davrida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida” qonun qabul qilgan. S. davlati tashqi ishlar vaziri janob A. da’voning umumiy summasi 20 mlrd, AQSH dollarini tashkil etadi deb ta’kidlagan.

Ikkinchi jahon urushiga qadar S. davlatida botqoqlikdagi boshqa hech narsa bo'lmagan.
Nemislar okkupatsiyasidan ozod etilganidan so‘ng S. davlatiga boshqa respublikalardan xarobaga aylangan bir qator shaharlarini qayta tikiash uchun ishchi kuchini olib kelishga to’g‘ri kelgan. Okkupantlardan xalos bo'lishi bilanoq S. davlatiga sovet hukumati tomonidan 200 min. rubl beg'araz dotatsiya yordami berilgan.
Agar S. davlati R. davlatiga nisbatan da’vo bilan chiqsa, R. ham qarshi da’vo bilan chiqib, o’z yerlarini qaytarish, Rossiya xalqiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplab berish, S.ga kirgizilgan ko‘p milliardlik investitsiyalami qaytarishni talab qilishi mumkin. Qolaversa S. davlatining birinchi oltin yig‘imi 1920-yilda ochiq qolgan R. taqdim etgan 3 mln. oltin rubl hisobiga shakllantirilgan.

  1. S. davlat parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun R. davlati tomonidan unga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun yuridik asos bo ‘la oladimi?

  2. S. davlati hozirda mavjud bo ‘Imagan davlat R. davlati tashkil etilgunga qadar mavjud bo 'lib kelgan F. davlati ustidan о ‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni so ‘rab R davlatidan talab qilishi asoslimi?

2. Kosmik yo‘ldosh orbitadan chiqib ketdi. Natijada Y. davlati hududiga quiab tushdi va tegishli zarar yetkazdi. Jabr ko‘rgan davlat zararni qoplash yuzasidan e’tirozini bildirdi. Kosmik yo'ldoshni uchirgan davlat o'zining hech qanday noqonuniy harakat sodir etmaganligini, obyektiv sabablarga ko‘ra yo'ldosh qulab tushganligini e’tirof etib, zararni qoplash borasidagi vaji o'rinsiz ekanligi bildiradi.

  1. Xalqaro huquqqa ko'ra kosmik yo'ldoshni uchirgan davlalning harakatlari huquqbuzarlik hisoblanadimi?

  2. Y. davlatining kosmik yo ‘Idoshni uchirgan davlatga nisbatan e 'tirozi haqqoniymi? Agar ha bo'lsa, mazkur davlatga nisbatan tegishli bo'lgan javobgarlikka tortish mexanizmini aniqlang.

Tavsiya etiladigan adabiyotiar

  1. Каримов И.A. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт

йулида. Т.6. - Т.: Узбекистан, 1997.

  1. Каримов И.А. Узбекистан XXI аср бўсағасида: Хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. -Т.: Узбекистан, 1997.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси Президента Ислом Каримовнинг БМТ саммита Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи / Халк сўзи. -2010.—21 сентябрь.

  3. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократии ислохотларни янада чуқурлашгириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси: Узбекистан Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. - 2010. - 12 ноябрь.

  4. Президент Ислом Каримовнинг Узбекистан Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси / Халк сўзи. - 2015. - 24 январь. - № 16 (6199).

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom

Karimovning Shanxay Hamkorlik TashkiJoti Davlat rahbarlari kengashi majtisi yakunlari bo‘yicha brifingda so‘zlagan nutqi. 30.06.2016. hitp://Dress-service.uz/uz/news/5291/.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:

O'zbekiston, 2014.

  1. 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ—330-sonli O'zbekiston

Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan CTzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi. Oliy Majlis palatalarining axborotnomasi. - 2012. - №9/1 (1437).

  1. BMTNizomi. 1945-vil.http://www.un.org/.

  2. Odilqoriev X.T.. Ochilov B E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (Xalqaro ommaviy huquq). Darslik. - T., 2002.

  3. Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. Darslik. - T.: Adolat, 2006.

  4. Malcolm N. Shaw. International law. Sixth edition. - New York: Cambridge University Press, 2008.

X BOB. DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI
Mazkur bobda diplomatik huquq tushunchasi, predmeti va tizimi, diplomatik huquqning manbalari, davlatlarning tashqi aloqa organlari tizimi bamda diplomatik immunitet va imtiyozlar. maxsus missiya huquqi, konsullik huquqi tushunchasi va manbalari, konsullik muassasalarining funksiyalari to‘g‘risidagi jihatlari atroflicha tahlil qilingan.
Diplomatik huquq tushunchasi, predmeti va tizimi
Diplomatik huquq - davlatlar va xalqaro huquqnjng boshqa subyektlari o‘rtasidagi aloqalar tartibiga taalluqli prinsip va normalami o‘z ichiga olgan xalqaro huquqning sohasidir. Shu bilan birga, diplomatik huquq xalqaro huquqning qadimiy va alohida mustaqil sohasidir. Diplomatik va konsullik huquqini bir-biridan farqlash maqsadga muvofiqdir, chunki ularning oxirgisi davlatlararo munosabatlarning maxsus va yetarli darajada tor sohasini ifodalaydi.
Shuningdek, diplomatik huquq xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o'zlari bo‘lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o‘z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy. iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda himoya qilishdir.
Diplomatik huquq garchi cheklangan doiralarda bo‘lsa-da, konsullik munosabatlarini ham qamrab oladi.
Diplomatik huquq, avvalambor. davlatning tashqi aloqa idoralarining huquqiy holati va faoliyati hamda hukumatlararo tashkilotlarning va ularning xodimlari imtiyoz va immunitetlari masalalarini tartibga soladi.
Diplomatik huquq “tashqi aloqalar huquqi” deb nomlash lozim bo'lgan xalqaro huquq institutining bir qismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga soiinadigan xalqaro munosabatlarda nafaqat davlatlar, balki boshqa subyektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar — universal, mintaqaviy va mahalliy, xalqaro organlar va o‘z tashqi aloqalarini ular nomidan qatnashuvchi tuzilmalar orqali ifoda etuvchi boshqa xalqaro institutlar ishtirok etadi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling