Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet67/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro jinoyat sudlari
Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbiy tribunallari. .
Nyurnberg tribunal!. Birinchi jahon unishi tugaganidan so‘ng xalqaro hamjamiyat agressiv urushlarni keltirib chiqarish bilan bog'liq bo'lgan eng og'ir xalqaro jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqishga uringan edi. Masalan, Versal sulhi og'ir jinoyatlari uchun Germaniya Kayzerini xalqaro jinoyat sudiga tortish haqida bandga ega edi, ammo bu amalga oshmadi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan so*ng va, ayniqsa, fashistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqiga hujumidan so‘ng bu urushlarni keltirib chiqarishga sabab bo'lgan harbiy jinoyatchilami jazolash g'oyasi ko‘pgina xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topdi.
12 davlat hukumatlarining “Gitlerchi hokimiyat tomonidan Yevropaning yahudiylarini qirib tashlashi to‘g‘risida”gi 1942-yil 18 dekabrdagi qo'shma deklaratsiyasida, Sovet Ittifoqi va boshqa davlatlar bu jinoyati uchun javobgar shaxslarni haqiqiy jazoga tortish uchun amaliy tadbirlarini tezlashtiradi va Birlashgan Millatlar hamkoriigida o;zining tantanali majburiyatini tasdiqlayai, deb yozilgan edi. Bu holat gitlerchilaming o‘z vahshiyliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi 1943-yil 30-oktabrdagi Buyuk Britaniya, AQSH va sobiq SSSR hukumatlarining Deklaratsiyasida ham o‘z tasdig'ini topdi va bu hujjatda jazoga tortiluvchi shaxslar sifatida aholini yo‘q qilish yoki ommaviy qirg'in qilishda aybdor natsistlar partiyasining a’zolari, shuningdek Germaniya soldat va ofitserlari deb belgilandi. 1945-yili uch buyuk davlat Qrim (Yalta) konferensiyasida chiqargan qarorlarda barcha nemis harbiy jinoyatchilarini tezlik bilan adolatli jazoga tortish zarurligi belgilab o‘tildi.
1945-yilning iyul-avgust oylarida bo'lib o'tgan uch davlat (SSSR, AQSH. Buyuk Britaniyajning Potsdam konferensiyasida nemis harbiy jinoyatchilari, shuningdek natsistlar yo'lboshchilari va natsist tashkilotlarining rahbar kadrlari qamoqqa olinib, tezlik bilan adolatli ravishda sud qilinishi haqida kelishib olindi.
Nihoyat, 1945-yilning 8-avgustida Sovet Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari o'rtasidagi muzokaralar natijasida Londonda “Yevropa osiy davlatlari bosh harbiy jinoyatchilarining ishini sudda ko'rib chiqish va jazolash to‘g‘risida”gi (keying! o'rinlarda — tribunal) Bitim imzolandi va bu asosda bosh harbiy jinoyatchilar ustidan sud o’tkazish uchun Xalqaro harbiy Tribunal ta’sis etildi va Tribunal tashkil etish tartibini hamda uning faoliyat prinsiplarini belgilab beradigan Nizom qabul qilindi1.
Tribunal Nizomida uning yurisdiksiyasi ta’riflanib, umumiy prinsiplari belgilab berilgan edi. Tribunal quyidagi koTsatilgan jinoyatlarni sodir etgan nemis harbiy jinoyatchilarini sud qilish va jazolash huquqiga ega edi:

  1. tinchlikka qarshi jinoyat, ya’ni agressiv urushni rejalashtirish, tayyorlash, olib borish yoki xalqaro shartnomalami, bilimlami buzgan holda urush olib borish yoki yuqorida bayon qilinganlami amalga oshirishga qaratilgan fitnada ishtirok etish:

  2. harbiy jinoyatlar. ya’ni urush odatlari yoki qonunlarini buzish, Bunday huquqbuzarliklarga bosib olingan (okkupatsiya qilingan) hududdagi aholini o'ldirish, jabr-zulm o’tkazish va qullikka solish, harbiy asirlarni yoki harbiy kuchlarga yordamchi bo'lgan shaxslarni o'ldirish yoki jabr- zulm qilish; garovga olinganlami o'ldirish; umumiy va xususiy mulkni talash; shahar va qishloqlarni bekordan bekorga vayron qilish; harbiy jihatdan zarur bo'lmagan hollarda kulfatlar keltirib chiqarish va boshqa jinoyatlar;

v) insoniyaiga qarshi jinoyatlar, ya’ni urushgacha va urush davrida tinch aholini o'ldirish va qirg'in qilish, qullikka solish, surgun qilish yoki boshqacha jabr-zulmlarni amalga oshirish yoki siyosiy, irqiy; diniy asoslarga ko'ra ta’qib qilish yoki Tribunal yurisdiksiyasiga kiradigan har qanday jinoyatlar, ular qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar.
Umumiy rejayoki fitnani amalga oshirishda ishtirok etganlar yoki uning rahbarlari, tashkilotchilari va yordamchilari hamma harakatlari uchun javobgarlikka loyiq deb topildi.
Tribunal Nizomining umumiy prinsiplariga sudlanuvchining jinoyatdagi roli, aybdor shaxs harakatlarini, hukumat farmoyishlari yoki boshliq buyrug'i asosida amalga oshirganligining yuridik ahamiyati va shaxsning yakka tartibdagi javobgarligi bi Ian sudlanuvchi kirgan ma’lum guruh yoki tashkilotlaming javobgarligiga nisbatini kiritdi.
Tribunal u yoki bu guruh yoxud tashkilotlaming ishini ko'rib chiqishda sudlanuvchi a’zo bo'lgan guruh yoki tashkilotni jinoiy tashkilot deb tan olishga haqli hisoblandi. Agar Tribunal u yoki bu guruh va tashkilotlarni jinoiy tashkilotlar deb tan olgan bo'lsa, Tribunal™ ta’sis etgan davlatlarning vakolatli milliy hukumat vakillari bu jinoiy guruh yoki tasbkilotlami sud qilish huquqiga ega bo‘ldilar. Bunday hollarda bu guruh yoki tashkilotlarning jinoiy xarakterga ega ekanligi isbotlangan hisoblanib, ularni oqlashga hech kimning haqi yo;q edi.
Nizom asosida bosh harbiy jinoyatchilarni ayblash va tergov ishlarini oiib borish uchun qo'mita tuzildi. Ana shu maqsadda Bitim va Nizom asosida tomonlar o‘z bosh qoralovchilarini tayinladilar. Qoralovchilar qo‘mita a’zosi sifatida quyidagi maqsadiarga erishish uchun faoliyat olib bordilar:

  1. har bir qoralovchining shaxsiy ish rejasi bilan tanishish va ularning shtatini belgilash;

  2. Tribunal sudida ishi ko‘rib chiqiladigan shaxsni aniqlash;

d) Tribunal Reglamentining loyihasi yuzasidan tavsiyalar tuzish.
Xalqaro harbiy tribunalning Reglamenti va Nizomi turli xil huquqiy tizim proisessual normalarining qo'shilishi natijasida tuzildi: anglo-sakson (AQSH va Buyuk Britaniya), sotsialistik (Sovet Ittifoqi), kontinental (Fransiya). Masalan, tribunal sovetlar uchun xarakterli bo‘lgan faol sud prinsipidan foydalandi. Shuningdek, anglo-sakson huquqiga mansub bo'lgan chorraha so‘roq qilish usuii ham qo‘llanildi. Tribunal anglo-sakson huquqiga ma’lum bo‘lgan jinoyat sodir etganligi uchun tashkilotlaming javobgarligi konsepsiyasini ham qoMladi.
Sudda ish ko‘rish 1945-yilning 20-noyabrida boshlandi. Sudda 24 nafar bosh nemis harbiy jinoyatchiiarining ishi ko‘rib chiqishdi.
Ayblov akti Gitler Germaniyasining quyidagi guruh va tashkilotlarini jinoiy guruh va tashkilotlar deb tan oldi: 1) imperiya ministrlar kabineti; 2) fashistlar partiyasining rahbar tarkibi; 3) fashistlar pariiyasining himoya otryadlari (SS), xavfsizlik xizmati (SD); 4) davlat yashirin politsiyasi (gestapo); 5) fashistlar partiyasining hujumchi otryadlari; 6) Germaniya qurolli kuchlarining bosh shtabi va oliy bosh qo'mondonligi (OKB).
Hammasi bo‘lib Tribunalning 403 ochiq sud majlisi bo’Iib o‘tdi. Tribunal 3 mingdan oshiq hujjatlar bilan ta’minlanib, 200ga yaqin guvohlami soToq qildi. 1946-yilning 1-oktabrida hukm e’lon qilindi. 12 bosh harbiy jinoyatchi osish orqali o‘lim hukmiga, uchtasi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, to‘rttasi 10-yildan 20-yil muddatgacha qamoq jazosiga tortildi. Tribunal quyidagilami jinoiy tashkilotlar deb tan oldi: SS, gestapo, SD, natsistlar partiyasining rahbar tarkibi. Tribunal uch harbiy jinoyatchini aybi yo'q deb hisobladi va qoralovchilaming Germaniya qurolli kuchlari bosh shtabi va oliy qo'mondonligi, Gitlerchilar hukumati (SA)ni jinoyatchi tashkilotlar deb tan olish yuzasidan bergan takliflarini rad qildi.
1946-yilning 16-oktabriga o‘tar kechasi Tribunal majlislari binosining yaqinida joylashgan qamoqxonada hukm ijro etildi. Qatl qilinganlarning jasadlari kuydirilib, ularning kuli samulyotdan sepib yuborildi. Ozodlikdan mahrum etilganlar G'arbiy Berlindagi Shpandau qamoqxonasiga joylashtirilib. to‘rt ittifoqchi davlatlarning harbiy xizmatchilari nazorati ostida o'zlariga berilgan jazo muddatini o'tadilar.
BMT Bosh Assambleyasi 1946-yilning 11-dekabridagi qarori bilan Nyurnberg Tribunal! Nizomi bilan tan olingan va uning hukmlarida o‘z aksini topgan xalqaro huquq prinsiplarini tasdiqladi va bu prinsiplar xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlik to'g'risidagi xalqaro huquq prinsiplari va normalarining rivojlanishiga muhim ta’sir o‘tkazdi va doimiy ahamiyatga egadir.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling