Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet65/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Moddiy (itstisodiy) javobgarlik davlat tomonidan moddiy zarar etkazishga olib keluvchi xalqaro majburiyatning buzilishi bilan vujudga keladi. U reparatsiya, restitutsiya va substitutsiya shakllarida ifodalanishi mumkin.
Reparatsiya bu moddiy zararni pul ifodasida, tovar va xizmatko'rinishlarida soplashdir. Reparatsiyalarning qajmi va turi odatda xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi. Reparatsiya summasi odatda urush tufayli etkazilgan zarar hajmidan ancha kam bo'ladi. 1945-yilgi Yalta (Qrim) konferensiyasining qaroriga ko‘ra Germaniyadan olinadigan reparatsiya 20 mlrd. dollami tashkil etgan.
Restitutsiya - bu urushayotgan davlat tomonidan Xalqaro huquqsa zid ravishda torlib olingan va ratsib hududidan olib chitsib ketilgan mulkni o'z aslida qaytarish. Masalan, ittifoqdosh davlatiar va Italiya o‘rtasidagi 1947-yil 10-fevraldagi Sulh bitimining 75-moddasiga ko‘ra, Italiya “mumkin qadar qisqa muddatda Birlashgan Millatlarning har qanday hududidan olib ketilgan mulkni” qaytarish inajburiyatini o‘z bo‘yniga olgan.
Urush harakatlari bilan bog‘iiq bo'lmagan holda, tinchlik davrida xalqaro huquqqa zid ravishda olib qo‘yilgan yoki ushlab turilgan mulkni qaytarish xam restitutsiya obyekti bo'lishi mumkin.
Restitutsiyaning bir ко 'rinishi substitutsiyadir. U xalqaro huquqqa zid ravishda yo‘q qilingan yoki zarar yetkazilgan mulk, bino, transport vositasi, san'at asarlari, xususiy mulk va shu kabilarni almashtirish yoki о‘mini qoplashdan iborat.
Siyosiy javobgarlik turlariga xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiqadigan huquq va imtiyozlarini to‘xtatib qo'yish (ovoz berish, asosiy organlarda vakilga ega bo'lish, yordam va xizmatdan foydaianish huquqlaridan mahrum qilish) va so'nggi chora sifatida tashkilotga a’zolikdan chiqarish kabilar kiradi.
Xalqaro deliktlar (masalan, dipiomatik odobni buzish, nosamimiy akt, xorijliklar tartibini buzish kabilar) uchun davlatga nisbatan retorsiya, repressaliya, satisfaksiya, restoratsiya kabi siyosiy javobgarlik shakllari qo‘ 1 lanishi mumkin. Retorsiya deb bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga nisbatan uning manfaatlariga ziyon yetkazgani uchun Xalqaro huquqqa mos majburlov choralarini qo ‘llashga aytiladi. Retorsiya o'zga davlatning muayyan nodo'stona harakatlariga qarshi buzilgan huquqlarni tiklashga yo‘naltirilgan aniq bir davlatning javobi bo'lishi ham mumkin.
Retorsiyaga nodo'stona aktni sodir etgan davlatdan elchini chaqirib olish, mamlakatga kirishni taqiqlash yoki delegatlar tashrifini bekor qilish kabilar kiradi.
Repressaliya (harbiy bo 'lmagan) bu bir davlatning ikkinchi davlatga nisbatan qo 'llashga hatsli majburlov harakatlaridir. Repressaliya bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatning huquqqa zid harakatlariga qarshi buzilgan huquqlarini tikiash maqsadida qo'llanadi. U yetkazilgan zarar bilan mos kelishi va majburlov qoniqtiradigan darajada bo'lishi lozim.
Repressaliyalar iqtisodiy munosabatlar. temiryo‘1, dengiz. have, pochta. radio va boshqa aloqa turlarining to‘liq yoki qisman uzilishi hamda diplomatik, savdo va boshqa aloqalarning uzilishi, tovar va xomashyoni huquqbuzar davlat hududidan olib chiqishga embargo qo'yish shakllarida ifodalanishi mumkin.
Qoniqish hosil qilingach repressaliyalar tugatilishi kerak. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nizo va kelishmovchiliklarni hal etish uchun qurolli repressaliyalar qo'llashni man qiladi (BMT Ustavining 2- modda 3-bandi).
Satisfaksiya (qoniqish) - bu huquqbuzar davlat tomonidan jabrlanuvchi davlatga uning sha 'ni va g'ururiga yetkazgan.
Rasmiy tarzda afsuslanish yoki ta’zim qilish; kechirim so'rash; kelgusida bu kabi xalqaro huquqa zid harakatlarning sodir etilmasligiga ishontirish; tegishli tantanali vaziyatda jabrlanuvchi davlat bayrog'iga izzat-hurmat ko'rsatish yoki uning madhiyasini ijro etish va boshqa yo'llar bilan ifodalanishi mumkin.
Amaliyotda restoratsiya deb nomlanuvchi javobgarlik shakli ham uchraydi. U huquqbuzar davlat tomonidan biror-bir moddiy obyektning avvalgi holatining tiklanishini nazarda tutadi (masalan, uning aybi bilan ifloslangan suvning avvalgi sifatini tikiash kabi).
Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ularning huquq subyektligiga asoslanadi va bevosita undan kelib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ko'lami va chegaralari ulardagi huquqiy subyektlik qobiliyatining ko'lami va uning tabiatiga bog'liq.
Hozirgi kunda qator shartnomalarda xalqaro tashkilotlarning javobgarligi to'g'risidagi holatiar o‘z ifodasini topgan. Masalan, BMT Ustavining 57-moddasi 1-bandi ixtisoslashgan muassasalarning tegishli soxalardagi (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) javobgarligini nazarda tutadi. Kosmos to'g'risidagi 1967-yilgi Shartnomaga muvofiq xalqaro tashkilot fazoda tegishli faoliyatni amalga oshirayotgan bo'lsa, u mazkur shartnoma qoidalarini bajarishga majburdir. Fazoviy obyektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to'g'risidagi 1972-yilgi konvensiyaning V va X1L moddalariga asosan, fazoviy obyektni uchiruvchi yoki uchirishni tashkillashtiruvchi tashkilot o'sha obyekt tomonidan yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo'ladi. Uni tashkillashtirishda ishtirok etgan davlatlar ham javobgar bo'ladi.
Xalqaro tashkilot yoki uning organi tomonidan xalqaro huquq normalari yoki tashkilotning ichki yuridik normalari yoxud davlatning ichki huquqi buzilishidan qat’i nazar, tashkilot javobgarligi huquqbuzarlik sodir etilishi bilan paydo bo'ladi.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq bo'yicha javobgarlik subyektiga aylanishlari mumkin. Xalqaro tashkilotga javobgarlikni yuklash uchun uning aybi bo'lishi va xalqaro- huquqiy normalarda nazarda tutilgan majburiyatni buzganlik holati bo'lishi kerak.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling