Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet75/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

E'tibor qarating!
Diplomatik vakolatxona imtiyoz va immunitetlari diplomatik vakolatxona, uning rahbarlari va xodimlariga xalqaro huquqqa asosan beriladigan maxsus huquq va imtiyozlardir. '
Diplomatik vakolatxona tashrif davlatida o‘z vazifalarini bajarishi uchun uning faoliyati ushbu davlat faolityai, ushbu davlat hokimiyati nazoratidan xolis bo‘lishi kerak. Shu sababli qadimdanoq elchilarning daxlsizligi vujudga kelgan edi. Diplomatik vakolatxona vazifalarini bajarish sharoitlarini ta’minlash zaruriyati unga alohida maqom berishning asosiy asoslaridan hisoblanadi. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, elchixona davlatni namoyon etib, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan davlatlarning teng huquqli va suverenligioan kelib chiqib elchixona mavjud imtiyoz va immunitetlarga ega bo'lishini belgilaydi.


Doimiy vakolatxona suveren davlat organi sifatida quyidagi diplomatik imtiyoz va daxlsizliklarga egadir: vakolatxona binolari, arxiv va hujjatlarining daxlsizligi, vakolatxona binolarining soliqlardan ozod qilinishi. erkin harakatlanish va aloqalarda bo'lish huquqi (Konvensiyaning 23-27-moddalari).
Diplomatik vakolatxona rahbari va a’zolari ham quyidagi diplomatik imtiyoz va daxlsizliklarga egadirlar: shaxsiy daxlsizlik, rezidensiya va mulkning daxlsizligi, yurisdiksiyadan immunitet, soliq immuniteti, shaxsiy majburiyatlardan, boj va ko‘zdan kechirishlardan ozod bo'lish. Diplomatik vakolatxona boshlig'i va xodimlarining ular bilan birga yashovchi oila a’zolari ham xuddi shunday imtiyoz va daxlsizliklarga egadirlar (Konvensiyaning 28-35-modda)ari).
Vakolatxona ma’muriy-texnik xodimlarining a’zolari agar vakolatxona joylashgan mainlakat fuqarolari bo'lmasalar, ayrim isiisnolarga ega bo'lgan imtiyoz va daxlsizliklardan foydalanadilar.
Bu imtiyozlar boj va ko'zdan kechirishlardan, fuqaroviy va ma’muriy yurisdiksiyadan ozod bo'lishga doir bo'lib, ular ushbu xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarmayotgan vaqtda sodir etgan harakatlariga taalluqli emas.
Vakolatxona joylashgan mamlakat fuqarolari bo'lmagan xizmat ko'rsatish xodimlari o'z vazifalarini bajarish chog'ida sodir etilgan harakatlariga nisbatan imtiyoz va daxlsizliklardan foydalanadilar (Konvensiyaning 36-moddasi 2-qismi) hamda xizmat bo'yicha olinadigan soliq, yig'im va bojlardan ozod qilinadilar (Konvensiyaning 36-moddasi).
Shunday qilib. davlatlaming xalqaro tashkilot qoshidagi vakolatxonalari ega bo'lgan imtiyoz va daxlsizliklar diplomatik vakolatxonalar foydalanadigan imtiyoz va daxlsizliklarga o'xshaydi, ayrim cheklovlari bor, xolos. Davlatlaming xalqaro tashkilotlar qoshidagi doimiy vakolatxonalari xodimlarining shaxsiy imtiyoz va daxlsizliklari haqida so'z yuritganda 1975-yilgi Vena konvensiyasi imtiyoz va daxlsizliklarning quyidagi turlarini ajratishini ta’kidlab o'tamiz:

  • shaxs daxlsizligi;

  • rezidensiya va mulk daxlsizligi;

  • yurisdiksiyadan immunitet;

  • ijtimoiy ta’minot sohasidagi qonunlardan chiqarib tashlash;

  • yig'im va soliqlardan ozod qilish;

  • shaxsiy majburiyatlardan ozod qilish;

- boj va ko‘zdan kechirishdan ozod qilish.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling