Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
tmtiyazlar - xorijiy vakillik organlari (va ularning xodimlari) faoliyatining imtiyozli shartlari bo'lib, odatda ulardan milliy yuridik va jismoniy shaxslai foydalanmaydilar.
Mazkur imtiyozli shartiar bunday vakillik organlarining rasmiy xalqaro-huquqiy maqomini inobatga oladi va ularga asosan mazkur orgardar funksiya hamda vakolatlarining faoliyatini samarali arnalga oshirishlariga ko‘maklashish maqsadida beriladi. 1961 va 1969-yillar konvensryalariga muvofiq imtiyozlar qatoriga: birinchidan, xorijiy davlat vakillik organining uni yuboruvchi davlat hukumati va uning xorijiy organlari bilan barcha qonuniy vositalar yordamida, shu jumladan, dipiomatik kuryerlar, kodlangan yoki shifrlangan dipiomatik maktublar (depesha), shuningdek vakolatxona joylashgan davlat roziligi bilan radio uzatgichlardan foydalangan holda barcha rasmiy maqsadlarda aloqalarni bog‘lab turish; ikkinchidan, xorijiy davlat vakillik organining, u egallab turgan binolarga nisbatan, alohida ko'rsatilgan xizmatlarga to‘lovlardan tashqari barcha davlat, rayon va mahalliy (munitsipal) soliq, yig‘in va bojlardan ozod etilishi; uchinchidan, vakillik tomonidan foydalanish uchun betgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliqlar va yig'inlami to'lamasdan olib kirish huquqi (ba’zi istisnolardan tashqari); tortinchidan, vakolatxona va uning boshlig'i tomonidan yuboruvchi davlat bayrogn va gerbini vakolatxona xonalarida, shu jumladan vakolatxona boshlig'i qarorgohida va u foydalanadigan transport vositalarida osib qo'yish huquqi kiradi. Dipiomatik agentlar, yuboruvchi davlat maxsus missiya vakillari va uning dipiomatik xodimlari quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar: birinchidan, missiya joylashgan davlat hududi bo’ylab erkin harakat qiladi (belgilangan istisnolar bilan); ikkinchidan, barcha davlat, rayon va mahalliy (munitsipal) soliq, yig‘im va bojlardan ozod etiladi; uchinchidan, ularning xarakteridan qat’i nazar, barcha mehnat va davlat majburiyatlaridan, shu jumladan harbiy majburiyatlardan (rekvizitsiya, tovon to‘lash va uylarni qo‘noq harbiylar qo'sninidan ozod qilish kabilardan) ozod etiladi; to'rtinchidan, ko'rsatilgan shaxslar va ularning oila a'zolari shaxsiy foydalanishlari uchun belgilangan narsalami bojxona bojlari, soliqlar va yig'imlar Kflamasdan olib kirish huquqiga ega; beshinchidan, agar ularning shaxsiy yuklarida missiya joylashgan davlatga olib kirish va olib chiqib ketish taqiqlangan narsalarning borligini tasdiqlovchi jiddiy asoslar bo'lmasa, ulami tekshirishdan ozod etiladi. Bundan tashqari, qabul qiluvchi davlat tashqi aloqalar organiga ularning o‘z funksiyalarini samarali bajara olishiari uchun barcha shart- sharoitiarni yaratishi lozim. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling