Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet71/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

E’tibar qarating!
Tashqi aloqalar huquqi xalqaro-huquqiy normalarning shunday tiziiniki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq subyektlari vakilligiut tartibga soladi.
Bu asosan odat normalari sanaladi. Biroq universal xarakterdagi konvensiyalar (masaian, Biriashgan Millatlar Tashkiloli imtiyoz va immunitetlari to'g'risidagi 1946-yilgi konvensiya va Ixlisos/ashgan ntuassasalar imtiyoz va immunitetlari to'g'risidagi 1947-yilgi konvensiyast) ham mavjud.


Diplomatik huquq xalqaro huquqning eng qadimiy sohasidir. O'tmishda boshqa davlatiarga vaqti-vaqti bilan yuboriladigan elchilar instituti mavjud bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda diplomatik aloqa asoslari, dastlab elchilaming daxlsizligi to'g'risidagi nortnalar yuzaga keldi. Yevropada XV1-XV111 asrlarda doimiy diplomatik vakolatxonalaming vujudga kelishi bilan asta sekin diplomatik huquq rivojlana bordi.
Ikkinchi jahori urushiga qadar diplomatik va konsullik huquqi asosan odat normalaridan tashkil topgan edi. Yagona umumiy xarakterga ega bo'lgan hujjat 1815-yilgi diplomatik vakillaming darajalari to'g'risidagi Vena protokoli (reglamenti) hisoblanadi. Mazkur Reglamentning normalari vaqt o'tishi bilan bilan umume’tirof etilgan normalarga aylandi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng diplomatik va konsullik huquqining progressiv taraqqiyoti va kodifikatsiyasi maqsadida bir qator xalqaro konvensiyalar" tuzildi. Bular amaldagi: 1961-yilda qabui qilingan Diplomatik aioqalar to‘g'risidagi Vena konvensiyasi; 1969-yilda qabui qilingan Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiya; 1975-yilda qabui qilingan Davlatlarning universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlaridagi vakiiligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi; 1963-yilda qabui qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidir.
Ulardan tashqari, xalqaro tashkilotlarning imtiyoz va immunitetlari to'g'risidagi tegishli qoidalar odatda, ushbu tashkilotlarning nizomlarida bo'ladi. BMT va ixtisoslashtirilgan muassasalarga taalluqli ikkita asosiy konvensiya. ya’ni 1946-yilgi BMT imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiya hamda 1947-yilgi BMT ixtisoslashtirilgan muassasalarining imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiya harakatdadir.
Ko'pgina davlatlarda diplomatik va konsullik . vakolatxonalar to‘g‘risidagi qonunchiliklari mavjud. O'zbekiston Respublikasida ham “O'zbekiston Respublikasining diplomatiya daraja va martabalarini belgilash to‘g'risida“gi, "O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxona rahbarlarini chaqirib olish tartibi to'g‘risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi” to'g'risidagi qonunlari shular jumlasidandir.
Diplomatik huquqning manbalari
Xalqaro huquqning sohasi bo‘lmish diplomatik huquqda manbalar, xalqaro manbalari sifatida umumiy tasnifga egadir. Binobarin, xalqaro huquq manbalari tushunchasi bilan diplomatik va konsullik huquqi manbalarining bir-biridan farqlanuvchi xususiyatlari va o'ziga xosliklari mavjuddir. Huquqiy manbalar huquq paydo qiluvchi xususiyati, huquqiy munosabat subyektlarining holatini, ularning majburiyatlarini o'rganuvchi normalar sifatida qaralganda, xalqaro huquqiy munosabatlarda hal qiluvchi mavqega egadir. Diplomatik huquqning manbalari o‘zining keng qamrovliligi, amalda keng qoTlanayotganligi bilan ham ajralib turadi. Diplomatik huquq manbalarini dunyoning aksariyat va turli davlatlari tomonidan, universal xarakterdagi va maxsus xalqaro tashkilotlar tomonidan qo'llanishi ularning xalqaro hayotdagi diplomatik huquq manbalari turlicha ko‘rinishlarga ega.


Наг bir huquqiy manba o‘ziga xos xalqaro huquqiy normativ bo‘lib, ular xalqaro huquqning subyektlari - davlatlar tomonidan, xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llanish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Endi bevosita diplomatik va konsullik huquqining manbalariga to'xtalib o'tsak. Diplomatik huquq manbalari ichida markaziy o‘rinni xalqaro shartnomalar egallaydi. Ma’lumki, xalqaro shartnomalar turlicha nomlanishi mumkin va ularning shakli ham turlicha bo‘lishi mumkin.


Diplomatik huquqda xalqaro shartnomaning turi hisoblangan — xalqaro konvensiyalar eng asosiy manba hisoblanadi.
Tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda, diplomatik munosabatlar o'matishda, davlatlaming bir-biriga eichilar yuborishi va shunday missiyalar bajarilishidagi davlatlaming xususiyati diplomatik faoliyatni amalga oshirishda umumiy bir yaxlitlikni paydo qilishga to'sqinlik qilgan. Chunki diplomatik missiyalar yuborish o'tmishda va o‘rta asrlarda davlatlaming ichki qonunchiligi bilan tartibga solingan. Va nihoyat, 1815-yil 19-martda Venada to;qqizta Yevropaning yetakchi davlatlari tomonidan, ya’rti Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya, Prussiyada chaqirilgan kongress tomonidan “Diplomatik vakillarning martabalari to'g'risidagi Nizom" qabul qilingan. Bu xalqaro huquqiy hujjat diplomatiya tarixida birincha marta davlatlaming diplomatik vakillari uchun bir xil martabalar joriy etdi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling