Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet59/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro-huquqiy javobgarlik bu xalqaro huquq normalarini va o‘z xalqaro majburiyatlanni buzgan xalqaro huquq s и bye kt i uchun kelib chiqadigan yuridik oqibatdir. Ayni paytda, bu mazkur normalar va keltirilgan zararni qoplashni ta 'minlashning yuridik vositalaridan biridir.
Xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalarini buzishning yuridik oqibatlari huquqbuzar davlatga, zarar ko'rgan davlat yoki davlatlar guruhiga hamda boshqa davlat va xalqaro tashkilotlarga ta’sir qilishi mumkin. Bu oqibatlar hamda javobgarlik shakllari har xil bo'lishi mumkin. L’lar huquqbuzarlikning tabiati va xavflilik darajasiga bog'liq bo'lib, quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  1. agressiya, genotsid, irqiy kamsitish, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan bosh tortish, urush qonunlari va odatlarini buzganlik uchun javobgarlik:

  2. huquqbuzar davlatning xalqaro huquqning boshqa subyektlariga, alohida holatlarda ularning yuridik va jismoniy shaxslariga yetkazgan zararini qoplash javobgarligi;

v) xalqaro huquqqa asosan huquqbuzar davlatga nisbatan uning huquqbuzarligiga javoban BMT qo‘shinlarini ishga solishgacha bo'lgan majburlcv choralarini qo'llash (masalan, BMT Ustavining 42-moddasi bo‘yicha) va boshqalar.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi instituti ancha vaqtdan beri mavjud. Shu bilan birga klassik xalqaro huquq fanida, davlatning o'ziga yetkazilgan zararni qoplash normalarining mavjudligiga qaramasdan, javobgarlik faqat shaxsga va chet elliklarning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bilan chegaralanib qolgan edi (masalan, Xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi 1907-yilgi Gaaga konvensiyasi). Biroq XX asrgacha mavjud bo'lgan xalqaro huquqda agressiya tushunchasi va “urush uchun javobgarlik”ni bilmas, urushning yuridik oqibatlarini uning paydo bo'lish sabablari bilan bog'iay olmas edi.
Mustamlakachilikning yo'qotilishi va ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarning paydo bo'lishi xalqaro-huquqiy javobgarlik institutida sifat o'zgarishlarga olib keldi. Aliamiyatiga ko‘ra agressiya. genotsid, aparteid, irqiy kamsitish uchun, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan bosh tortish va kollonial tartibni majburan joriy qilish uchun javobgarlik birinchi o‘ringa chiqdi. Urush qonunlari va odatlarini buzganlik uchun javobgarlik sezilarli darajada qat’iy tus oldi. “Urush ochish huquqi” va “g‘olib huquqi” kabilar tarixda qoldi, huquqbuzar davlatlarga nisbatan qoMianadigan majburlov choralarining tabiati o'zgardi, yangi xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari hukumatlararo tashkilotlar paydo bo‘ldi.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi masalalari BMT Ustavida, genotsid, irqiy kamsitishni taqiqlovchi Konvensiyalarda, Urush qurbonlarini himoya qilish to‘grisidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va ularning 1977-yilgi Protokollarida, BMTning Dengiz huquqi bo'yicha 1982-yilgi Konvensiyasi va boshqa hujjatlarda mustahkamlandi. '
Tinchlik va insoniyatga qarshi, harbiy hamda boshqa xalqaro jinoyatlar uchun jismoniy shaxslarriing jinoiy javobgarligi xalqaro miqyosida e’tirof etildi va yuiidik jihatdan mustahkamlandi.
Javobgarlik alohida shaxslarning xatti-harakatlari davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda kuchga kiradi. Bunday javobgarlik 1945 va 1946-yillardagi Nyurnberg va Tok io Xalqaro harbiy tribunal qarorlarida va xalqaro xarakterdagi jinoiy harakatlarga taalluqli konvensiyalarda o‘z aksini topdi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari
Xalqaro huquq subyektining xalqaro-huquqiy javobgarligi paydo boMishiga u tomonidan xalqaro huquqbuzarlik sodir eiilishi asos bo'ladi.
1“ Xalqaro huquq nazariyasiga ко 'ra, xalqaro
L y' huquqbuzarlik - bu xalqaro huquq subyektining xalqaro huquq normalari va o‘zining xalqaro majburiyallarini buzuvchi va xalqaro huquqning boshqa subyekti yoki subyekllari guruhiga yoxud bidun xalqaro hamjaniiyalga moddiy va nomoddiy zarar yetkazuvchi harakati yoki harakatsizligidir (masalan, agressiya akti, suverenitetni noqonuniy cheklash, hududiy yaxiitlik va siyosiy mustaqillikka tajovuz qilish, shartnomalardagi majburiyatiarni buzish va boshqalar). Bunda majburiyatlar qachonki, xalqaro huquq subyektining huquqqa zid harakati va yetkazilgan zarar o'rtasida sababli bog‘lanish mavjud bo'lganda kuchga kiradi.
Shunday qilib, xalqaro huquqbuzarlikning xalqaro-huquqiy javobgarlikka olib keiuvchi tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:
о subyektlarning xalqaro huquq normalarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi;
c huquqbuzarlikning subyekt bo‘yniga qo'yilganligi;
о xalqaro huquqning boshqa subyekti yoki subyektlar guruhiga zarar yetkazilganligi.
Davlatlar xalqaro huquq normalarining buziHshiga va zarar yetishiga olib kelgan o‘z harakatlarini oqlash uchun hech qanday milliy qonun va qoidalarga niurojaat eta olmaydilar. Shuningdek, xalqaro huquq normalarini bilniaslik yoki ularni tushunmay, noto‘g'ri qo'llaganlik vaj bo‘la olniaydi. Deyarli barcha xalqaro huquqbuzarliklar ongli ravishda, biror niaqsad yo‘lida, aybli ravish da so dir e til a di.
Xalqaro huquq subyekti xalqaro-huquqiy javobgarligining paydo bo‘lishiga olib keiuvchi huquqqa zid harakat yoki harakatsizlik davlat organlari (davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimidagi o‘rnidan qat'i nazar). davlatning topshirig'i bilan yoki uning nomidan ish ko'ruvchi hokimiyat vakolatlari berilgan mansabdor shaxslar va davlat nomidan ish ko‘ruvchi maxsus davlat organlari tornonidan sodir etiiishi mumkin. Davlat javobgarligi o‘zi ishtirok etgan xalqaro shartnoma normalariga zid keiuvchi biror qonun yoki boshqa normativ hujjatni qabul qilishi yoki, aksincha, o‘z xalqaro majburiyatlariga ko‘ra qabul qilishi shart bo‘lgan va sodir boMgan xalqaro huquqqa zid harakat yoki hodisaning oldini olishi mumkin bo lgan qonunni qabul qilmasligi bilan kuchga kiradi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling