Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish


Халқаро кредитлар бўйича қарздорликni boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari


Download 100.49 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1499424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши Nurboboyev Alisher

Халқаро кредитлар бўйича қарздорликni boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari

Tashqi qarzni boshqarish davlat ma’muriy faoliyatining murakkab yo’nalishi bo’lib, bu jarayonda hukumatning turli bo’g’inlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Markaziy bank va hn) aniq, ixtisoslashtirilgan sohalar uchun javobgar hisoblanadilar. Boshqarishning maqsadi - to’lov balansi va davlat budjeti bilan muammolarni yuzaga keltirmasdan tashqi moliyalashtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun sharoit yaratishdir.
O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha davlat qarzi - bu davlat tomoni­dan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisidir.
Har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan keyingi yilga Davlat budjetini qabul qilinishi bilan birga davlat ichki va tashqi qarzlarining yuqori chegaralari ham tasdiqlanadi. Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki manbalardan (rezident yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi bo’lib, uning natijasida davlat ichki qarzlari paydo bo’ladi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish - aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi residentlar- ning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bo’lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo’ladi. Davlat qimmatli qog’ozlari qarz majburiyatlarining bir turi hisoblanib, ularning markazlashtirilgan emissiyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida keng qo’llaniladi. Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish orqali davlat qarzini moliya­lashtirish bank kreditlari orqali mablag’larni jalb etishdan ko’ra kam xarajatli hisoblanadi. Bu hukumat qarz majburiyatlarining yuqori darajada likvidliligi bilan bog’liq bo’lib, investorlar ularni ikkilamchi bozorda sotishda (davlatga qarzga berilgan ssudalarni qayta sotishdagi qiyinchiliklarga ko’ra) kamroq qiyinchilikka uchraydilar.


Download 100.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling