Xalqaro marketing muhiti


Iqtisodiy va siyosiy marketing muhitini o`rganish


Download 18 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi18 Kb.
#1110476
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

2. Iqtisodiy va siyosiy marketing muhitini o`rganish.
Iqtisodiy marketing muhiti. Iqtisodiy muhitni ko`rib chiqishda mamlakatlarning tasniflanishini e‘tiborga olish lozim bo`lib, ularning o`ziga xosliklari va raqobatdoshlik omillarini aks ettiradi.
Xo`jalik strukturasi bo`yicha quyidagicha farqlash mumkin: iqtisodiyoti natural xo`jalik tipidagi mumlakatlar. Masalan, Efiopiya va Bangladesh; xom-ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar. Masalan, Chili, Zoir, Saudiya Arabistoni; sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar. Masalan, Filippin, Hindiston; sanoati rivojlangan mamlakatlar. Masalan, AQSh, Germaniya, Yaponiya.
Daromad taqsimoti bo`yicha mamlakatlar quyidagicha farqlanadi: daromadi juda past; daromadi asosan past; daromadi juda past va shu bilan bir paytda juda yuqori; daromadi past, o`rtacha va yuqori darajada; daromadi o`rtacha darajada.
Aholi jon boshiga YaMM ko`rsatkichlari bo`yicha mamlakatlarni quyidagi guruhlarga taqsimlash mumkin:
yuqori daraja (25 mamlakat) – 6 ming.doll. va undan ko`p o`rtacha daraja (54 mamlakat) – 554 doll.dan 6 ming doll.gacha
• yuqori o`rtacha daraja (37 mamlakat) – 2,2 dan 6 ming. doll.gacha
• past o`rtacha daraja (17 mamlakat) – 545 dan 2.2 ming. doll.gacha
• past daraja (42 mamlakat) – 545 doll.dan kam.
Mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini baholashda asosan quyidagilar hisobga olinadi: iqtisodiyot dinamikasi; sanoat samaradorligi; bozor dinamikasi; moliyaviy dinamika; inson resurslari; davlatning aralashuvi; milliy resurslar; tashqi yo`nalganlik (tashqi bozorga yo`nalganlik); investitsiya yo`nalganligi; ijtimoiyiqtisodiy konsensus va barqarorlik.
Shu tariqa, xorijiy bozorlarning turli xil elementlari tavsifnomalarini aniqlab olgach, kompaniya dastlabki xulosalarga kelishi va istiqbollarni belgilashi mumkin.
Siyosiy marketing muhiti. Turli mamlakatlar bir-biridan siyosiy-huquqiy muhiti bilan ham ajralib turadi. U yoki bu mamlakat bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o`rnatish masalasini hal qilishda quyidagi siyosiy-huquqiy omillarga e‘tibor qaratish lozim:
1. Chet eldan sotib olishga munosabat. Ba‘zi mamlakatlar (Meksika) bunday xaridlarga moyillik bildirsa, boshqa mamlakatlar (Hindiston) bunga salbiy munosabatda bo`ladilar.
2. Siyosiy barqarorlik. Mamlakatlarning hukumatlari almashib turadi va ba‘zan mamlakat yo`nalishining o`zgarishi juda keskin (mulkni musodara qilish, import cheklovlari yoki yangi majburiy to`lovlar joriy qilish va hokazo) bo`ladi. Davlatning aralashuvini quyidagi turlarga ajratish mumkin: haq-huquqni cheklab qo`yuvchi ta‘sir; haq-huquqni cheklamaydigan ta‘sir; haq-huquqni cheklab qo`yuvchi choralar; mulkni davlat ixtiyoriga o`tkazish.
3. Valyuta cheklovlari. Ba‘zan hukumatlar o`z valyutasini blokirovka qiladi yoki uni boshqa valyutaga almashtirishni taqiqlab qo`yadi. Valyuta ayirboshlash kurslarining tebranishi bilan katta tavakkalchiliklar bog`liq bo`lishi mumkin.
4. Davlat mashinasi. Bunga xorijiy kompaniyalarga qabul qiluvchi mamlakatning yordam ko`rsatish tizimi samaradorligini, ya‘ni samarali bojxona xizmati, bozor ma‘lumotlarining etarli darajada to`liqligi va tadbirkorlik faoliyatiga qulaylik tug`diruvchi boshqa omillarning mavjudligini kiritish mumkin.

Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling