Xalqaro menejment


Boshqarishning o‘z umrini yashab bo‘lgan eski uslubidan voz keching. Mayda-chuyda narsalarga ham otalik qilavermang


Download 456.36 Kb.
bet70/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Boshqarishning o‘z umrini yashab bo‘lgan eski uslubidan voz keching. Mayda-chuyda narsalarga ham otalik qilavermang.


  • Befarqlik va hatto qarshilikka ham duch kelib qolishingiz mumkinki, beunga tayyor turing. Ishning foydasi uchun ijodiy tashabbus kerakligini izchillik bilan tushuntirib borish yo‘li bilan bularni asta-sekin engib o‘tish mumkin.


  • Yangi vazzifalarni aniq-ravshan, tushunarli va yaqqol qilib ta’riflab bering. Ularning qanday ado etilayotganligini doimo nazorat qilib boring.


  • Ijodiy ravishda yondoshishni talabqiladigan vazifalarni alohida ko‘rsatib o‘ting.


  • ¡immatli resurslarni, odamlarning vaqti va kuch-quvvatlarini sarflaydigan, lekin biznesingizning rivojlanishiga yordam bermaydigan eski mahsulotlar, xizmatlar, chora-tadbirdlardan voz keching.


  • Vaqt va resurslarni yangiliklarni joriy etish talabllariga mos ravishda taqsimlang.


  • O`z qo‘l ostingizdagi xodimlarni yangi g‘oyalar va ilg‘or tajribani ko‘proq tatbiq etadigan bo‘lishiga o‘rgatib boring.


  • O`z xodimlaringizning shaxsiy xususiyatlarini bilib oling va hisobga oladigan bo‘ling. Har bir kishining qobiliyatlarini alohida baholang. Xodimga o‘z sohasining eksperti deb muomila qiling.


  • Maqsad va vazifalarni shu tariqa shakllantiringki, toki ular mazkur ishlarni bajarishda qatnashadigan xodimlarning shaxsiy manfaatlariga imkoni boricha ko‘proqmos keladigan bo‘lsin.


  • Xodimning o‘z qadrini bilishiga va oldinga qo‘yilgan vaztifani uddalashga bo‘lgan istagini qo‘llab-quvvatlab boring.


  • Xodimlarning o‘z shaxsiy fazilatlari va bilimlarini namoyon qilishlari uchun hamma imkoniyatlarni yaratib bering. Kishi nechog‘lik ko‘proq bilimdon bo‘lsa, mehnatga rag‘bati, o‘ziga ishonch bilan qarab mustaqil ishlay olishi, mehnatining qadri shuncha yuqori bo‘ladi.


  • Xodimlarning kasbiy manfaatlari doirasidan chetga chiqmaydigan loyihalarni afzal biling.


  • Xodimlaringizga shunday ishni topshiringki, toki bu ishni bajarish o‘sha xodimlarda shaxsiy qanoat hissini hosil qilsin. Busiz ular ishga chinakam qiziqish bildirmaydilar.


  • Tashabbuskor ijrochilargpa ular xuddi avvalgi safarbgidek yaxshi rag‘batlantiriladi deb kafolat bering.


  • ¡o‘l ostingizdagi kishilar yangi vazifani o‘z kasb mahoratlarini sinov usuli deb bilishlari uchun ularga yordam bering. Bu narsa ularni ishga qiziqtiradi va qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam beradi.


  • Ijodiy faollik ko‘rsatadigan xodimlargina mansabi ortishiga umid qila oladi deb hammani ishontiring.


  • Plyuralizmni qo‘llab-quvvatlang. Tanlabolgan ish uslubingiz eng yaxshi uslub deb o‘ylamang.


  • Plyuralizmni qo‘llab-quvvatlang. Tanlab olgan ish uslubingiz eng yaxshi uslub deb o‘ylanmang.


  • Bilib olingki, boshchilik qilib borishning tabiatan har xil odatlarga bir xilda mos tushadigan usuli, boshqarishning universal, usuli yo‘q. Yaxshi boshliq – kerak paytda yuboshqarishning yo liberal yoki demokratik usuli yoki avtoritar usulini tanlab oladigan yaxshigina psixolog kishidir.


  • Muammolarni ijodiy yo‘l bilan xal etish uchun mehnat resurslari va moddiy resurslardan foydalanishning mumkin qadar ko‘proq usullarini qo‘llang.



  • Download 456.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling