Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism


Xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha turkumlanishi


Download 195.5 Kb.
bet3/16
Sana31.01.2024
Hajmi195.5 Kb.
#1818727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha turkumlanishi Sarflarni shakllantirishni boshqarish tizimida amaliy foydalanish uchun sarflar mazmuni va maqsadiga ko‘ra, ikki usulda guruhga bo‘linadi: iqtisodiy tarkibi hamda sarflarning moddalariga ko‘ra. Guruhga bo‘lishning ikkala usulida ayni bir xil sarflar hisobga olinadi, lekin ularni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ayni bir nomli moddalar va tarkibiy qismlari kattaligiga ko‘ra farklanadi. Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlashda u yoki bu zahiralar turi qaerda va qaysi maqsadda ishlatilishi muhim emas, faqat sarflar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish korxonada ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish, buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun qo‘llanadi.
Sarflar tasnifi sarf-xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan turlicha ekanligini aks ettirish va ularning turlarini belgilashga imkon beradi. Buxgalteriya ma’lumotlarini tasniflashning ko‘pgina sxemalari mavjudligiga qaramay, ulardan birini namuna sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin emas. Tasniflash sxemasi ma’lumotning maqsadiga bog‘liqdir. Ingiliz olimi Alborov, Rolan A. sarflar hisobining quyidagi yo‘nalishlarini va ularning ehtimoliy tasniflarini taklif etadi. Xarajatlar yo‘nalishlari va ularni tasniflashning ehtimoliy turi
Ma’muriy xarajatlar – korxonaning umumiy faoliyati bilan bog‘liq (masalan, ma’muriy xodimlarning ish haqi, ma’muriy bino va ofis anjomlari amortizatsiyasi va shu kabi xarajatlardir).
b) Bevosita va bilvosita xarajatlar
Xarajatlar mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilish usuli bo‘yicha bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan xosil bo‘ladi. Ularni dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga asoslanib sarflangan paytida mahsulotning ma’lum turiga qo‘shish mumkin. Bunga xom-ashyo materiallar, sarfi, ishlab chiqarish bilan band ishchilarning ish haqi, ya’ni dastlabki xarajatlar kiradi.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling