Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism


Download 195.5 Kb.
bet4/16
Sana31.01.2024
Hajmi195.5 Kb.
#1818727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bilvosita xarajatlar mahsulotning bir necha turi bo‘yicha hosil bo‘ladi. Odatda bilvosita xarajatga ishlab chiqarilgan mahsulotning ma’lum turiga bevosita ko‘shib bo‘lmaydigan ishlab chiqarishning ustama sarf-xarajatlari kiradi, shuning uchun xarajatlarning umumiy summasini maxsus stavkalar asosida mahsulotga taqsimlaydilar.
Izox: ishlab chiqarish ustama xarajatlari mahsulot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri identifikatsiyalangan hollarda ular bevosita xarajatlarga qo‘shiladi.
s) Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi to‘g‘risida hisobot
Ishlab chiqarish xarajatlari (asosiy mehnat, asosiy materiallar sarfi va ishlab chiqarish ustama xarajatlari) yig‘iladi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘risida hisobot va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risida hisobot tarzida ko‘rsatiladi. Bu hisobotolar alohida tuzilishi yoki ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobotga birlashtirilishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi – bu ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga tegishli ishlab chiqarish xarajatlaridir. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini hisoblash uchun ma’lum davrda qilingan ishlab chiqarish xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarishning sof o‘zgarishiga ko‘paytirish yoki kamaytirish (tugallanmagan ishlab chiqarishning boshlang‘ich qoldig‘i minus tugallanmagan ishlab chiqarishning oxirgi qoldig‘i).
Sotilgan mahsulotning tannarxi daromad bilan taqqoslanadigan xarajatlarni ko‘rsatadi. Sotilgan mahsulotning tannarxini hisoblashda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi tayyor mahsulot zahiralaridagi sof o‘zgarishga ko‘payadi yoki kamayadi (tayyor mahsulotning boshlang‘ich qoldig‘i minus tayyor mahsulotning oxirgi koldig‘i).
Kalkulyatsiya – xarajatlarni guruhlash va bir birlik tayyor mahsulotni tannarxini aniqlash, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hamda tayyorlangan mahsulotlarning qiymati.
Quyidagi uch asosiy maqsadga ko‘ra xarajatlarni tasniflaymiz:
ichki va tashqi hisobot xujjatlarini tayyorlash uchun sotilgan mahsulot va tovar-moddiy zaxiralari o‘rtasidagi xarajatlarni taqsimlash; muhim qarorlar qabul qilishi uchun menedjerga to‘liqva ishonchli
ma’lumot taqdim etish; rejalashtirish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish.
Xarajatlarni quyidagi belgilari bo‘yicha ham tasniflash mumkin:
Ishlab chiqarish xarajatlari (aynan mahsulotga qilingan xarajat) zaxiralarni, sotilgan mahsulot tannarxi va davr xarajatlarini baholash uchun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lish kerak bo‘ladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda, tovar-moddiy zaxiralarini baholash va tannarxni kalkulyatsiya qilish faqat ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladi.
Davlat tomonidan o‘rnatilgan umumiy tartib bo‘yicha, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlarni sotish xarajatlari mahsulot tannarxiga olib boriladi. Daromad va xarajatlarni guruhlashtirish esa korxona faoliyati turiga ko‘ra mustaqil buxgalteriya hisobiga olib boriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita taalluqli bo‘lgan xarajatlar:

Noishlab chiqarish xarajatlari (davr xarajatalari) – ishlab chiqarish jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ya’ni: - sotish xarajatlari;


  • boshqaruv xarajatlari;


  • boshqa operatsion xarajatlar.





Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling