Xasanov sardorbekning jaxon musiqasi tarixi
Revyu - tomosha x a b a r
Download 45.32 Kb.
|
XX asr Estrada san\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4. Divertisment - tomoshabinni c h a lg kitib turish
11.3. Revyu - tomosha x a b a r
Revyu - fransuzcha xabarnoma m a’nosini anglatadi. Revyu atamasi ilk bor aktyor va dramaturg M.Romanezi tomonidan 1728- yili Parijda «Teatrdan revyu» nomli spektaklda ishlatildi. Bu spektakl dastlab qo'shiq, raqs, badiha she’rlar va sirk nomerlarini o ‘z ichiga oigan. Shunday qilib revyu - xabarnoma nomli tomoshalar «ko'cha teatrlari»ga asos soladi. Bu «ko‘cha teatrlari» tomoshalari har kungi yangiliklarni tomoshaga aylantirgani va ularni hazil-mutoyibali qo‘shiq, she’r, raqs va sirk nomerlariga aylantira olgani uchun ularni restoranlar, myuzik-xollar, kabarelar yopiq bino ichidagi sahna - estradaga olib kirdi. 11.4. Divertisment - tomoshabinni c h a lg kitib turish Divertisment - fransuzcha «ko‘ngil ochish uchun chalg'itib turish» m a’nosini anglatadi. Teatrlarda har bir k o ‘rinish orasida parda yopilganda, to dekoratsiyalash uchun p ard a oldiga chiqib turli nomerlar ijro etilgan. Bu nomerni spektaklga aloqasi bo ‘lmagan. Chunki. sahnada dekoratsiya almashguncha tomoshabinni qo‘shiq, raqs, she’r yoki sirk nomerlari bilan chalg'itib turgan. Sahna texnikasi rivojlanguncha shunday bo‘lgan. Keyinchalik bu odatga ko‘nikkan tomoshabinga spektakldan keyin divertismentlar ijrosida q o ‘shiq, raqs yoki sirk nomerlari ijro etilgan. Shunday qilib turli tomosha turlarini birlashtirish jarayonidagi evolyutsiyasini kuzatish mumkin. Yuqoridagilardan ko ‘rinadiki, teatr kahi tomoshahin yig‘adigan to m o sh ag o h lar p ay d o b o ‘la boshlagan. «Kichik shaklda»gi tomoshalar majmuasi «konsert» deb ataldi. Konsert - lotinchada «kurashyapman», «aytishyapman» ma’nosini anglatadi. Dramatik teatr opera yoki balet teatri guruhlarining aktyorlari birgalikda ansambl b o ‘lib o ‘z spektaklini yaratadi. Ular tomoshahin qalbini badiiy yaxlit « k atta shakldagi» tomosha hilan zabt etadi. Asar g‘oyasini ochish uchun aktyorlar iqtidoriga qo ’shimcha rejissura, sahna xizmatchilari, grim va sahna jihozlari bilan birgalikda yaratilgan atmosfera - muhit ham xizmat qiladi. Konsertda esa bir aktyor «kichik shaklda»gi tomosha - qo'shiq. raqs, she’r, monolog, yoki sirk nomeri bilan tomoshahin qalbini zabt etadi. S ah n ad a y o lg ‘iz turish va o ‘zi o ‘ylagan rejasini badiiy shakldagi nom er orqali minglab odamlarning qalbiga singdirish qudrati faqat estrada aktyoriga nasib qila boshladi. Shunday qilib oldindan rejalashtirilagan bir necha yakka chiqishlar to ‘plami «konsert» deb nomlana boshlandi. Chunki, tomoshabinning oldiga yakka chiqih keladigan har bir artist endi o ‘z nomeri bilan o ‘zidan oldin sahnaga chiqqan ijrochi uchun chapak chalgan tom oshahin e ’tiborini qozonish uchun «kurashadi». Bu kurash tomoshabinlarda «endi sizlarni yana nima bilan hayratga solaylik» degan katta qiziqishni uyg‘otdi. Bu izlanish hashamatli teatr hinolari va uning badiiy yaxlit tomoshalari bilan raqobatdosh bo‘la oladigan konsert zallari va uning «kichik shakldagi» tomoshlar to ‘plami - konsertni paydo qiladi.Zerikkanlar va charchaganlar uchun bu «kichik shakl»dagi tomoshalar to ‘plami ham ma’qul boidi. Endi mazkur yo‘nalish faqat bayramlar va sayillarda namoyon qilinadigan kichik shakldagi tomoshalar sahna san’ati turlari orasida «estrada san’ati» maqomini oldi. Chunki, teatr san’ati - she’riyat, qo ‘shiq, raqs, musiqa va sirk nomerlari kabi mustaqil tomosha turlaridan faqat spektakl g‘oyasini ochish uchungina foydalanar edi. Shuning uchun teatr o‘z aktyoridan serqirra ijodkorlikni - qo ‘shiq aytish va raqsga tushish mahoratini ham talab qilgan. Estrada san'ati esa - har bir tomosha turini sof holda, yuqori saviyada, o ‘z yo‘nalishining eng mohir ustalari ijrosida, san’at darajasida ko‘rsatdi va ularni bir konsertda jamlay oldi. Konsert yana xuddi shuning aksi bo‘lgan - she’riyat, qo‘shiq, musiqa, raqs va sirk tomoshalarida «yulduzlikka d a ’vogar»larning zaif tomonlarini ochadigan p aro d iy alar h am k o ‘rsata oldi. S h u n in g d ek , ular omuxtasidan - aralashib ketishidan paydo b o ‘lgan orginal, yangi va takrorlanmas omoshalarni ham faqat konsert jarayoni ko‘rsata oldi. Uning aksi bo‘lgan «orginalikka da’vogar»lar ustidan kula olishi bilan ham konsert o ‘zining keng qamrovligini namoyon qildi. Tomosha turlari to ‘plamini namoyish qiladigan konsertlar - yakka ijrochilar hamda nomerlar ko‘rsatdi, mardi maydon, ya’ni «estrada san’ati» bo‘lib o ‘z muxlislariga xizmat qila boshladi. XVIII asrga kelib konsertlarga bilet sotila boshladi. Konsertda, avvalo, musiqa ijrochilari: skripka, fortepiano, kamerna orkestri - kichik shakldagi ijrochilar guruhi va simfonik orkestr - katta shakldagi ijrochilar guruhi muvaffiqiyat qozondi. Keyinchalik badiiy o ‘qish, monologlar, baletdan yoki operadan p arch alar va sirk nomerlari ham konsert ishtirokchilariga aylandi. Shunday qilib, konsertlardagi «kichik shaklda»gi nomerlar bilan muxlislarni hayratga soladigan tomoshalar - estrada san’ati, ya’ni «kichik shakldagi san ’at turi» deb e ’tiro f etila boshlandi. Uning ishtirokchilari esa estrada aktyori, y a ’ni 5-10 daqiqalik nomer ko krsatib olqish oladigan va o ‘z nomini tomoshabinlar eslab qolishiga erishadigan qobiliyat egasi b o ‘lib h u r m a t qozondi. Maydon va bayramlarda, konsertlarda yakka tartib d a tomosha k o ‘rsata oladigan serq irra ijo d k o r a k ty o r lar : F r an siy ad a - jan g ly o r la r; G e r m a n iy ad a - sip ilm an lar; R o ssiy ad a - skomoroxlar; 0 ‘rta Osiyoda - dorboz va m asx arab o zlar deb atalgan. Endi konsert yo‘nalishidagi yopiq bino ichida namoyish qilinadigan tomosha turlari va uning evolyutsiyasiga bir nazar tashlaymiz. Estradaning san’at turi bo‘lib ajralib chiqishida «myuzik - xoll teatri» o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Myuzikl - xoll inglizchada - «musiqa zali» ma’nosini angalatadi va bugungi «konsert zali» tushunchasiga teng. Myuzik - xoll XVIII asrning boshlarida. Angliyada «Salón - teatr», ya’ni «Kabak teatri» - ovqatlanish va tomosha ko‘rish joyi ma’nosida paydo boMdi. 1830-yiIga kelib «Kabak teatri» aktyorlari - qo‘shiq, raqs va hazil -m utoyibalarni, sahna k o 'rinishlari, y a’ni nomerlardan iborat tomoshalarini muxlislar taklif qilgan joyga «ko‘chib» borib ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ko‘chma holda - muxlislar ehaqirgan joyga borib, biron tadbirni o ‘tkaza oldigan aktyorlar guruhini, konsert zalida - ovqatsiz tomoshabinlarni bir joyga to ‘plab. teatrlar kabi bilet sotib konsert berishni ta’minlash niyati «Myuzikl - xoll teatri»ni - ilk konsert zalini yaratdi. Londonning «Choy ichadigan bog‘» nomli maskanida birinchi bo‘lib «Myuzikl - xoll teatri» - konsert zali tashkil qilindi. Bu yo'nalish butun Angliyada juda tez rivojlanganini k o ‘rgan davlat xodimlari 1890-yilda «Algambra» nomli myuzikl - xoll teatrini tashkil qildi. Bu teatr aktyorlari tarkibini estrada va sirk ijodkorlarining mohir ustalari tashkil etdi. Uning repertuaridan sosan komediya yo'nalishidagi tomoshalar- fars, grotesk, ekssentrika, y a ’ni b o ‘rttirilgan, shiddat bilan rivojlanadigan, hayrotomuz nomerlar o ‘rin oldi. 1904-yilga kelib «Kolizey» nomidagi myuzikl - xoll konsert zali bir kunda to ‘rt marta tomosha ko ‘rsatish darajasiga yetdi. Konsert zallarining Angliya bo‘ylab ko‘payib ketishi XX asrga kelib estrada konserti shaklida butun Yevropa va Amerikani egalladi. Myuzikl - xoll teatri nomidagi maskanlar o‘z sahnasida barcha tomosha turlarini, tryuklarni, fokus va gipnozlarni ko‘rsata oldi. Uning sahna mashinalari - texnikasi, aktyorlar ijrosi va repertuari juda rivojlanib ketdi. Hazillar - keskin satiraga, sho‘x raqslar - yarim yalang‘och ayollar raqsiga, fokuslar - sahnaviy tryuklarga aylandi. Konsertlarda bezakli kiyimlar ko‘rigini va yalang‘och ayollar raqsini namoyish qiladigan qizlar guruhlari - «gyols» deb atala boshladi. Myuzikl - xoll teatrlari tomoshabinlarni ko‘proq jalb qilish m aqsadida o ‘z konsertlariga «gyols» qizlarini taklif qilishni yoki te a tr q o s h id a s h u n d ay tr u p p a tu z is h m asalasin i hal q ila boshladilar.XX asr boshlarida «gyoris» raqs guruhlan bilan mashhur bo'Igan yirik myuzikl - xoll teatrlarini dunyo kezadigan zodogonlar yaxshi bilgan. Ular: Londonda - «Metropoliten» va «Palladum»; Parijda - «Mulen ruj» va «Kazino de Pari»; Nyu-Yorkda «Radio siti Myuzikl- xoll» edi. Estrada san ’atining adabiy-badiiy y o ‘nalishi rivojiga o ‘z hissasini qo'shgan «kabare» tushunchasiga alohida t o ‘xtalish loztm. K a b a re - fransuzeha, ovqatlanish joyi - kobak m a ’nosini anglatadi. X V III asrning oxirlarida, Parij qahvaxonalari «kabare»larda - shoirlar sh e’riyat kechalari o ‘tkazishardi. M a s h h u r shoirlarning b u n d a y mushoiralari qahvaxonalarga ko'plab tinglovchi - tomoshabinlarni jalb qilgan. Musobaqa bor joyda tom osha qiziydi. Endi bunday m usobaqa faqat adabiy-badiiy m ushoira shaklidan k o n sert k o ‘rinishiga o ‘tdi. Chunki, shoirlar sh e ’rlarini yakunlaganda, musiqachilar bahsi boshlanib, tomosha yanada zavqli tus olgan. Bu jarayonga aktyorlarning kelib q o ‘shilishi, ularning hozir ham m ag a m a’qul b o ‘lgan she’rni darhol q o ‘shiq qilib aytib berishi - badihago‘ylik «kabere»ga keladigan tom oshabinlar sonini y a n a d a ko'paytirgan. Shunday qilib. kabare - shoir, musiqaehi, q o ‘shiqchi va aktyorlarni jamlaydigan va ovqatlantiradigan maskanga aylandi. Aktyorlarning kunida sodir b o ‘layotgan voqealarga hazil-mutoyiba shaklida munosabal bildirishi «kabare»ni Parijdagi eng m ashhur tomosha maskanlaridan biriga aylantirdi. Shunday qilib kabaredagi tomoshani tartibga soladigan, navbatni belgilaydigan ham da mashhur shoir, musiqaehi, qo'shiqchini o m m ag a tanishtiradigan shaxsga ehtiyoj tug'ildi. Bu vazifani zukkolik va qunoqlik bilan olib boradigan. hamda qahvaxonadagi zavqu-shavq ruhiyatini ushlab turadigan va uni boshqaradigan shaxs - «konferense» deb nomlandi. «Konferanse» kaberedagi konsert dasturini tuzar va uni o ‘zi boshqarar edi. Bu o ‘ziga xos rivojlanish - boshqaruv tizimini yaratish boigani bilan, «kabare» o‘zining eng zavqli fazilatini - badihago‘ylik ruhiyatini q o 'ld a n berib q o ‘ydi. Endi bu badihago'ylik «konferense»ning iqtidori va ruhiyati bilan bog‘liq b o iib qoldi. K aberedagi m ax su s k o ‘tarilgan joy - «estrada»da endi professional aktyorlar ham ishtirok etishdi. Konsert dasturlari opera va balet teatri aktyorlarining chiqishlari ham da spektakllardan olingan monologlar bilan boyitildi. Parijda ilk bor ochilgan xususiy kabare «Shanuar» - «Qora mushuk» nomi bilan ish boshladi va adabiy-badiiy keehalarning markaziga aylanib qoldi. Berlinda ochilgan Kabare «Volsegona» nomi bilan ish boshladi va o ‘zining siyosiy o ‘zgarishlarga munosabat bildirgan dolzarb nom erlari bilan mashhur b o ‘ldi. 1907-yilga kelib Budapeshtda ikkita kabare mashhur bo‘ldi. «Bonboner» nomli restoranda shoir. aktyor E.Nadning siyosiy hazil she’rlarini eshitishga qiziqadiganlar k o ‘paydi. «M odem» nomli kabaredagi konsertlar ham shov-shuvlarga sabab b o ‘la boshladi. Estrada san’ati tom osha turlari orasida k o n fera n s-ja n r deb qabul qilingan. Konsert nomerlari orasidagi bogMovchi nomerlarning ham o ‘z nomi b o ‘lishi kerak edi va bu «konferans», ya’ni «m a’ruza» deb belgilandi. Bu nomerlarni ijro etuvchilarni esa - «konferanse» deb atashdi. «K onferanse» - fransuzcha «m a’ruzachi» m a'nosini anglatib, estrad ad a esa s o ‘z ustasi tushunchasini beradi. Uning vazifasi konsertlardagi nomerlarni bir-biriga mantiqan bog‘lash, navbatdagi nomer mazmunini va uning ijrochisi bilan tanishtirishdir. Bu jarayon, albatta, hazil-mutoyibaga boy, komediya janri talablari darajasida bo‘lishi lozim, deb belgilandi. Konferanse har bir konsert mavzusidan kelib chiqib, navbatdagi o ‘z chiqishi nimadan iborat b o ‘Iishini bilishi uchun, u, albatta, keyingi ijrochining nomeri va uning o ‘zi bilan tanish bolishi kerak. Kasbning bu talabi konferansega estrada janrlarini yaxshi bilishga va ularning ijrochilari imkoniyatlarini his qilishga majbur qilgan. El orasida m ashhur bo‘lgan q o ‘shiq yoki raqsni, yo nomerni bugungi kun bilan b o g ‘lash uchun k o n feranse uning ijrochisi to'g'risidagi so‘ngi m a ’lumotlarga ega b o ‘lishi talab qilingan. Parij kabere va kafelarida ijodkorlar musobaqasi va mushoirasini boshqarish jarayonida shakllangan professional konferanselarning ilk zabardast avlodlaridan keyingi yosh ijrochilar o ‘rnak ola boshladi. Bu yo‘nalish - konsertni boshqarish XIX asrda shakllanib, XX asrda estrada tomoshalarining barcha ko'rinishlariga kirib keldi. Chunki, har qanday konsert boshqaruvchiga muhtoj. Endi konsertlarning taqdiri faqat mashhur nomerlar ijrochilariga emas, balki - konferanse mahoratiga ham bog'liq boiib qoldi. Konferanselar mahorati shu darajagacha bordiki, ular konsert jarayonidagi namoyish qilinadigan har qanday nomerni hazilmutoyiba bilan sharhlay oldi: ijrochini uluglab kutib olib olqishlar bilan hurmatini joyiga qo'yib kuzatib qo'ydi. Bular kasb talabi va madaniyati bo'lsa, har qanday nomerdan ozgina ijro qila bilish, mashhur ijrochiga «taqíid» qilish uning mahorati darajasini belgilay boshladi. Shunday qilib konsert davomida tom oshabin bilan eng ko‘p uchrashadigan konferanse b o ‘lib qoldi. Chunki. qo'shiqchi bir-ikki nomerdan keyin boshqasi bilan almashadi. Konferanse esa nomerlar orasida o ‘z nomerini ijro qilib ulguradi va konsertni boshqaradi. Estrada san’atida konferanselar o ‘z uslublarini yarata boshladilar: konsert ishtirokchilarini k o ‘tarinki ruhda, b a g ‘ri keng mezbonday kutib oladigan konferanse: ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarning «tepasida» turib zavq bilan kula oladiganlari; kamchiliklarni bilib qolib q o ‘rqa-pisa sekin oshkor qiladiganlari; sahnaga to ‘satdan chiqib qolib «dovdirab» sharoitdan zo‘rg‘a chiqib keta oladiganlari; kam gapirib imo-ishoralar, pantomimalar bilan ham m a narsani tushuntirib beradigan ustalar o ‘z mahoratlarini namoyish qilib tomoshabinning sevimli aktyorlariga aylandilar. Konsertlardagi konferanselik - bir kishilik, ya’ni yakka boshqaruvni yoki ikki kishining navbatma-navbat boshqaruvini, b a’zan ikki kishining teng chiqib - dialogli boshqaruvini t a ’lab qiladi. Bu yo'nalishlarda ham yuqorida sanab o'tilgan uslublardan foydalanishlar kuzatiladi. Juftliklar - ikki erkak yoki erkak va ayol, ikki ayol, b a’azan ikki erkak bir ayol, yoki ikki ayol bir erkak b o ‘lib ham konsertlarni boshqaradi. Bunday shakl konsert yoki tadbir mavzusi va g'oyasi bilan bogliq. Kuplet - fransuzcha poeziyadagi juftlik she'r degani. Bu she’riyat osonlik bilan q o ‘shiqqa aylangan. Kuplet q o ‘shiqlar satirik va siyosiy yo‘nalishda b o ‘lib, ijtimoiy hayotdagi sodir bo‘layotgan voqealarga bildirilgan m u n o sa b a t edi. Ayniqsa, uning naqorati so'z o ‘yiniga qurilgan b o ‘lib, unda sodir kulguli voqealar ifodalangan. Kuplet ijrochilari o ‘ziarning badihago'yliklari, quvnoqliklari bilan to m o sh ab in larg a m a'qul boMgan. Bayram larda, xalq sayillarida kuplet ijrochilari juda katta shuhrat qozongan. Kuplet ijrochilari hayotdagi dolzarb masalalarni q o ‘shiq qilib ayta oigan. Q o ‘shiqning n aq o rati mavzu g‘oyasini ochgan. Syujet esa yangi - yangi voqealarni qo'shiqqa darhol olib kirishga sharoit yaratgan. Kuplet ijro qiladigan aktyorlar repertuari asosida «yarmarochniy» - «maydon teatri» vujudga kelgan. Bu teatrning badihago‘ylik va hazil-mutoyiba qudratini va m aydondan yopiq bino ichiga olib kirish natijasida «vodevil» janri paydo boMgan. 11.10. Vodevil - ko‘ngil ochar tomosha Vodevil - fransuzcha kulguli yengil q o ‘shiq m a’nosini bildiradi. Vir va N o rm an d iy a daryolari o ‘rtasidagi «Van de Vir» vodiysida tug‘ilgan xalqning sevimli q o ‘shiqchi shoiri O.Boslen ilk bor kulguli she’rlar yozgan. Uning she’rlari xalq orasida barcha kuylay oladigan yengil q o ‘shiqlar bo'lib tarqalgan. Shunday q o ‘shiqlarga qurilgan vodevil ishtirokchilari dialogi va anekdot - latifalar syujeti kulguli voqealarga boy boMgan. Uchburchak sevgi - ikki kishining bir qizga oshiq b o ‘lib qolishi yoki aksincha ikki qizning bir yigitni yaxshi ko'rib qolishi s h o ‘x q o ‘sh iq larg a. kulguli voqelarga, oh-vohli « k o ‘z yoshlariga», ochiq ehtiroslar izhoriga asos boMgan. Xalq sayillarida sinovdan o ‘tgan yengil q o ‘shiqlar janri asosida Parijda, 1792-yilni maxsus teatr ochildi va unga «vodevil» deb nom berildi. Bu teatr muxlislarining k o kpayishi navbatdagi «Trubadirlar teatri» vodevillar asosida qurilgan tomoshagohni paydo qildi. Navbatdagi siyosiy kulguli qo‘shiqlarga va sho'x raqslarga boy vodevil teatri «Arlekin», ya'ni «afishalar yelimlovchi» nomi bilan mashhur b o ‘ldi. Vodevil janrining tez tarqalishiga va muxlislari ko'payishiga asos sodir bo'lgan voqea yoki mish-mishlar darhol tomosha mavzusiga aylanishidir. Dramaturg uni 2-3 kunda yozsa, aktyorlar uni 2-3 kun ichida sahnaga olib chiqardi. Vodevilda yangragan sho‘x qo'shiqlar tezda xalq orasida tarqalib, uni xirgoyi qilib yurishardi. Bunday q o ‘shiqlar darhol konferanselar tom o n id an ijro qilinishi tomoshabinlarga yoqqan. Bunday tezkorlik bilan teatr repertuarining yangilanib turishi esa hammaga m a ’qul bo'lgan. Vodevil janri - hozirjavobligi, siyosatdagi o ‘zgarishlarga sh a’masi, quvnoq dialoglari, sho‘x q o ‘shiqlari, ehtirosli raqslari bilan teatr ijodkorlarini maftun qila olgani uchun XIX asrda butun Yevropa b o ‘ylab keng tarqaldi. Vodevil aktyorlarga o ‘z m ah o ra tin i yorqin n a m o y o n qilishga imkon berdi. Qo'shiq aytib, raqsga tusha oladigan aktyorlardan yana yum orni his qilish, yengil h arak atlar bilan o ‘zeh tiro sin i tabiiy nam oyon qilish ham talab qilindi. Bunday talab bir q a to r kom ediya jan rid a ijod qila oladigan q o b iliy atli a k ty o rlarn i estrad a konsertlarida elga tanitdi. Bu j a n r bir spektaklda o ‘z qiyofasini bir necha b o r o ‘zgartira oladigan, darhol yangi qiyofa yaratishga qodir estrada aktyorlarini yaratdi. X otinidan jazm ani bilan yurishini yashirishga harakat qilgan erni darhol boshqa qiyofaga kirishi tom oshabinlarda samimiy kulgu uyg‘otgan. E htiyotkorlikka qurilgan vodevil shart-sharoitlari komediya janri ijrochilarining ham da estrada aktyorlarining m ahorati o ‘sishiga ijodiy sharoit yaratgan. Noqulay sharoitga tushib qolgan er yoki xotin, undan chiqib ketish uchun tomoshabin bilan muloqotga kirishadigan daqiqalar vodevil janrini yanada xalqqa yaqinlashtirdi. Janrning bu talabi a k ty o rla m in g b a d ih a g o ‘ylik q o b liy atin i riv o jla n tird i. Tomoshabin bilan muloqotga kirishib. uni sharoit talab qilgan kulguli holatda «ushlab turishi» ham da voqea ishtirokchisiga aylantirish jarayoni aktyorlarining yangi ijodiy qirralarini - badihaga boyligini, topqirlik m ah o ratin i nam oyon qilgan. Q o ‘shiq aytgan. raqsga tushgan, d iaio g larn i boplagan a k ty o r endi tomoshabinni ham spektakl ishtirokchisiga aylantira oldi. Bu tajrib a o ‘z n av batida estrada to m o sh a la rid a ish tiro k e tg an k o n fera n sela m i elga m ash h u r qilgan. Chunki konsertda u yolg‘iz o ‘zi - o ‘z nom erlari bilan o ‘zligini namoyon qilgan. Vodevilning aktyorlar mahorati shakllanishidagi va sayqallanib. yuqori darajaga k o ‘tarilishdagi beqiyos o ‘rnini K.S.Stanislavskiy alohida ta ’kidlaganining boisi yuqoridagilardan m a’lum bo'ladi. Tomoshabinlarning sevimli janriga aylangan vodevil ijodkorlari uning asosida, estrada sahnasida mashhur bo'lgan operetta - kichik opera hamda komik operalarni ham yaratishdi. Badiiy o ‘qish - estrada s a n ’atining o ‘ziga xos bir turi bo'lib. adabiyot janrlari b o ig an , she’r, nasr va ommabop asarlarning sahnadagi ijrosini anglatadi. Ifodali so‘z bu janm i asosi hisoblanadi. Qadimdan kelayotgan bu janr turli xalqlarda mavjud boiib, u larertak aytuvchi, skomorox, ashug, aqin, bizda csa baxshi nomi bilan atalgan. Qadimgi G retsiyada xalq oldida badihago'ylik bilan to ‘qilgan she’r mualliflari qadrlangan. Qadimgi Rimda esa xalq oldida notiqlik mahoratini k o krsata olganlar ulug'langan. Tarixni yaxshi bilgan fransuzlar maktab dasturiga badiiy o ‘qish fanini kiritgan. Ayniqsa, 1848-yilgi davlat to ‘ntarilishida xalq oldiga chiqib, she’r o ‘qigan shoirlarning izdoshlari k o ‘paya borgan. Shuning uchun badiiy o ‘qishning boshlanishi - she'r ham da uning muallifi ijrosi nomi bilan tarixga kirgan. Rossiyada mualliflik ijrosi bilan tinglovchini hayratga solganlar Pushkindan boshlanadi. U o ‘z she’rlarini katta ilhom bilan ijro qila oigan. N.V.Gogoldan esa o ‘zi yozgan hikoyalarni gapirib berishini iltimos qilishgan. Bu borada Ostrovskiy, Mayakovskiy. Zotsenko va Yeseninlar ham mashhur b o ‘lishgan. 1870-yildan boshlab m ashhur rus aktyori M.S.Shepnin shoirlar she’rlaridan kompozitsiya qilib badiiy o ‘qish kechalarini boshlab bergan. U ju d a katta m a h o ra t bilan yaratgan kompozitsiya o ‘z m avzusi, g ‘oyasi. badiiy yaxlitligi va ijro m ahorati bilan tomoshabinlarni hayratga solgan. Mualliflar va aktyorlar ijrosidagi badiiy kechalar uchun chiptalar topilm ay qolgan. Natijada, bu yo'nalish ham o ‘z rivojlanish yo‘lini qidira boshlagan. Hozirgi radio, televideniye va matbuotdagi axborotlar o ‘rnini o ‘z davrida to kldirib turgan badiiy kechalarning o ‘z davridagi m ashhur ijro ch ilari pay d o b o 'lg a n . S h e ’riy kompozitsiyalar ijrosida aktrisa M.N.ErmoIova m ashhur boMgan bo‘lsa, nasrda Dostoyevskiy va Gogol asarlaridan kompozitsiyalar yaratib ijro qilgan V.I.Andreev - Burlak ju d a m ash h u r b o ‘lgan. Shunday qilib bu yoknalishda ijod qiladiganlar estrada sahnalarida doim o ‘z qadrini topgan. Ekvilibristika - lotinchada m uallaqlikni saqlash m a’nosini anglatadi. Bu sirkning asosiy janrlaridan hisoblanadi. Chunki, qimirlaydigan barcha narsalar ustida insonning oyog‘i, boshi yoki qo'li bilan muallaq tura bilishi ekvilibristika janriga asos bo'ldi. Bu yo‘nalish - dor ustidagi muallaq turishdan tortib, dor ostidagi barcha jihozlar ustida, hatto o ‘zining bir qo‘li yoki barmog‘i ustida muallaq turishini ham o ‘z ichiga olib kirib ketadigan keng qamrovli kichik shakldagi tomosha.Ekvilibrist nomerlari sirk arenasida yoki gumbazi - kupolasi ostida rang-barang shaklda ijro qilinishi mumkin. Q adimdan akrobatika va gimnastika deb ajratilgan turli nomerlarni sirk san’ati XIX asrda ekvilibristika nomi bilan birlashtirdi. Natijada, bu y o ‘nalishda ijod qiladiganlar ot ustid a, velosiped ustida, tayoqda, dorda, narvonda, stul chetida, bir oyog'ida, boshida, q o iid a , barmog‘ida muallaq turishi mumkinligini ustalik bilan k o ‘rsata boshladilar. Estrada sahnasiga sirk arenasidan kirib kelgan muallaq turish nomerlari konsert dasturlarini boyitdi. Insonwww.ziyouz.com kutubxonasiqudratining balans saqlash kabi yangi qirralari muxlislarni, ko ‘ngil ochish uchun kelganlarni, zerikkanlarni hayratga sola boshladi. Bunday qobiliyat egalari estrada sahnasida ham o ‘zining munosib joyini topdi va bu jan r muxlislari olqishlariga sazovor b o ‘ldi. 11.42. Estrada va sirk Sirk nomerlarining estrada sahnasida namoyish qilinishi ikki san’at turining azaliy h am korligini k o 'rsatad i. XX asr b o shlarida konsertlarga sirk artistlarini maxsus taklif qilish boshlandi. Bunday ijodiy hamkorlik natijalarini va undagi o ‘zgarishlarni, rivojlanishlarni ilmiy tahlil qilib turish uchun rejalashtirgan «Sirk» jurnali Moskva shahrida 1925-yildan boshlab nashrdan chiqdi. 1927-yili ko'lami kengaytirilib, unga «Estrada» san ’atini yoritish ham yuklatildi. Natijada jurnal «Sirk va estrada» deb nomlandi. Bu faoliyat 1930- yilgacha davom etdi. 1963-yildan boshlab sirk arenasida estrada artistlarining paydo b o ‘lishi va estrada san’ati rivojlanishi munosabati bilan «Estrada va sirk» nomli jurnal chiqa boshladi. Bu jurnal ilmiy- ommabop bo ‘lib, undan mazkur san'at turlarining barcha ilmiy va amaliy yangiliklari tahlil qilindi. Download 45.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling