Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


«Sun’iy intellekt»ga asoslangan boshqaruv texnologiyasi


Download 1.89 Mb.
bet19/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

«Sun’iy intellekt»ga asoslangan boshqaruv texnologiyasi. Mazkur texnologiya zamonaviy axborot kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida yig‘ilgan ma’lumotlar bazasi yoki bilimlar ko‘rinishida tatbiq qilinadigan avval amalda qo‘llanilgan amaliy tajriba, statistik ma’lumotlar, zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar ustunligiga asoslanadi.Sun’iy intellekt —qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda inson fikrlash faoliyatining ayrim jihatlarini modellashtiruvchi zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidir.

Mazkur texnologiya chiqarilayotgan mahsulotning nomenklaturasi tez-tez o‘zgarib turadigan, shuningdek katta hajmda bir turdagi murakkab jarayonlar amalga oshiriladigan har qanday tashkilot uchun, ayniqsa juda samaralidir.


Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, tashkilot faoliyatidagi aksariyat rejadan tashqari holatlar odatiy, ya’ni takroriy xarakterga ega bo‘lib, ularni bartaraf etish uchun hammaga ma’lum bo‘lgan takroriy qarorlar to‘plamidan foydalaniladi.


Odatdan tashqari o‘zgarishlar, odatiy o‘zgarishlar zamirida yuzaga keladi, shu bois ham ularni bartaraf etish bo‘yicha qarorlar to‘plami masalani yechishning odatiy usullarini axborot tizimi yordamida korrelyatsiya qilish orqali olinishi mumkin.


Misol uchun, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti devonxonasiga (2008 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra) har kuni 1200 tagacha xat tushadi, ulardan eng muhim deb topilgan 20 tasi Prezident maslaxatchilariga yetkaziladi. UzR Prezidenti



56

maslaxatchilari bir yilda 300 ta xatga javob beradi. Xatlarning qolgan qismi,asosan kompyuterli-intellektual tizim yordamida sanash, matn o‘qish, ularga javob qaytarish hamda mutaxassislar tomonidan zarur xatti-harakatlarni, choralarni belgilash yo‘li bilan qayta ishlanadi.

Ushbu texnologiya doirasida rahbar:


•«sun’iy intellekt»ning barcha tarkibiy qismlarini shakllantiradi yoki tanlab oladi. Shular asosida maqsadga erishishga xizmat qiluvchi qarorlarning bir necha loyihasini, vositalari va usullarini ishlab chiqadi;





  • «sun’iy intellekt»ning ishlashi uchun talab etiladigan boshlang‘ich ma’lumotlarni

kompyuterga kiritadi;





  • taklif qilingan variantlarning nechog‘li maqbul ekanini tahlil etadi. Agar variantlar orasida maqbul loyihalar bo‘lmasa yoki ular juda kam bo‘lsa (bitta yoki ikkita), dastlab kompyuterga kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlashga kirishadi;







  • tanlangan variant bo‘yicha topshiriqni bajaruvchi aniq shaxslar bilan ishni bajarish vositalari, usullari va muddati borasida kelishuv va hisob-kitob olib boradi;

  • topshiriqlarni bajarish bo‘yicha kelishuvlarga rioya qilinishini nazorat qiladi;




  • topshiriqni bajarishga monelik qiluvchi ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda, “sun’iy intellekt” yordamida tuzatishlarning bir nechta variantlarini ishlab chiqadi, eng maqbul variantini tanlaydi hamda topshiriqni bajarish jarayonini muvofiqlashtiradi. Mabodo kompyuter tizimi yangi vaziyat bo‘yicha ma’lumotlarga

ishlov berishga tayyor bo‘lmasa, u holda rahbar boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi yoki buni boshqa bajaruvchilarga topshiradi. Olingan (ijobiy va salbiy) natijalar ko‘rsatilgan holda, yangi qaror ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.


Mazkur texnologiya axborot tizimlari bilan ishlovchi mutaxassislarning yuqori darajadagi professional tayyorgarligini talab etadi va boshqaruvning funksional tizimini nazarda tutadi. Bu tuzilmada boshqaruv funksiyalari ma’muriy boshqaruv (buyruq asosida topshiriq berish) ni o‘z ichiga oluvchi chiziqli, shuningdek texnologik, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni qamrab oluvchi funksional turlarga bo‘linadi. Ularning har ikki turini bajarish shart hisoblanadi. Rahbarlar bir-



57

birlarining ishlariga aralashmaydilar. Umumiy rahbar faqat bo‘lim boshliqlari ishini muvofiqlashtirib turadi hamdao‘z xizmat burchiga kiruvchi vazifalarnigina bajaradi. Har bir rahbar ishni bajarishga mas’ul aniq bir xodim tomonidan bajariladigan umumiy vazifaning faqat o‘ziga taalluqli qismini amalga oshirish bilan cheklanadi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling