Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


-rasm. Qarorni ishlab chiqish va amalga oshirishning namunali chizmasi


Download 1.89 Mb.
bet22/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

4.1-rasm. Qarorni ishlab chiqish va amalga oshirishning namunali chizmasi

Qarorni buyurtma qilganlar bir vaqtning o‘zida o‘sha qarorni ishlab chiqkan yaratuvchi sifatida ham, uni bajaruvchi ijrochi sifatida ham maydonga chiqishlari mumkin. Qarorni ishlab chiqkan yaratuvchilar xuddi shunday uni o‘zlari amalga oshirishlari ham mumkin. Har qanday holda ham BQni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida muayyan vazifalar, tadbirlar hamda amaliyotlarga amal qilish zarur.


Boshqaruv faoliyatining umumiy metodologiyasiga ko‘ra, boshqaruv nazariyasida BQni ishlab chiqish va amalga oshirish 4.2 -rasmda ko‘rsatilgan o‘ziga xos vazifalar, tadbirlar va amaliyotlar ierarxiyasini o‘z ichiga oladi.



60


Konkret funksyalar


Umumiy funksyalar


muolajalar


aperatsiyalar




4.2-rasm. BQ ni ishlab chiqishda vazifalar, tadbirlar va amaliyotlar ierarxiyasi
BQ ni ishlab chiqishga doir har bir aniq vazifa (AV) konkret funksiyasi (KF) umumiy vazifalar(UV)umumiy funksiyalar to‘plamini (UF) o‘z ichiga olish kerak, har bir umumiy vazifa esa o‘z tarkibiga tadbirlar to‘plamini (Td) muolajalar to‘plamini (Mg) jamlashi lozim. Va nihoyat, har bir tadbir zarur amaliyotlar to‘plami (At) operatsiyalar to‘plamini (Op)dan tashkil topmog‘i kerak.

Umumiy jihatdan olganda, vazifa (funksiya)— boshqaruvning asosiy, bosh maqsadiga hamda unga tobe umumiy maqsadga erishishga qaratilgan,ayrim belgilariga ko‘ra bir-biriga nisbatan o‘xshash xatti-harakatlar yig‘indisidir.


Quyidagi sohalarda BQni ishlab chiqish va amalga oshirish BQni ishlab chiqishga doir aniq vazifalarga kiradi:





  1. Tashqi muhit bilan aloqalar;




  1. Strategik rejalashtirish;




  1. Xodimlarni boshqarish;




  1. Boshqaruv yuzasidan maslahat;




  1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshqarish;




  1. Boshqaruv faoliyatini boshqarish;

61

  1. Kompaniyaning boshqaruv tizimini shakllantirish (metodologiya, tuzilish, jarayon, mexanizm).

BQni ishlab chiqishga doir aniq vazifalar sermashaqqat va murakkabligiga qarab nisbatan mayda vazifalarga bo‘linadi. Ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi.


BQni ishlab chiqishning umumiy (funksiyalari) vazifalariga quyidagilar kiradi:





  • har bir BQ ni ishlab chiqish, amalga oshirishning turli usullarini va undan kutilayotgan natija-oqibatlarni bashorat qilish;




  • kelgusida yaratiladigan BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirishning saralab olingan usullari tarkibi va mazmun-mundarijasini rejalashtirish;




  • BQni ishlab chiqish va bajarishni (texnik, moliyaviy va boshqa jihatdan) tashkil qilish;




  • BQni ishlab chiqish va bajarish bo‘yicha xatti-harakatlarni amalga oshirayotgan ob’ektlarni rag‘batlantirish;




  • muvofiqlashtirish, ya’ni ishni bajarishga xalaqit beruvchi yoki

ko‘maklashuvchi avval ko‘zda tutilmagan, biroq keyinroq yuzaga kelgan vaziyat taqozosi bilan dastlab qabul qilingan ish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish;





  • ishni bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarni nazorat qilish;




  • BQni ishlab chiqish va amalga oshirish tashabbuskorini topshiriqning bajarilishi, ishning borishiga yuzasidan xabardor etib borish (4.3-rasm).













Tashkil qilish







Bashorat qilish




Rejalashtirish







Rahbarlantirish

























































Qaror

Muvofiq lash-

tirish
nazorat


Axborat berish






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling