Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
BQ ni ishlab chiqishga temperamentning ta’siri
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
5.3.BQ ni ishlab chiqishga temperamentning ta’siri
Insonning individual jihatlari shuningdek, uning temperamenti, ya’ni mijozida, tevarak-atrofdagi voqelikka munosabatini aks ettiruvchi va ta’sirchanlik darajasini xarakterlovchi hissiy imkoniyatlari, yurish-turishini o‘z ichiga oluvchi inson mijozining o‘ziga xos jihatlarida namoyon bo‘ladi. Temperament shaxsning BQ ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga qanday yondashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Temperamentning to‘rt turi farqlanadi. Xolerik temperamentli, ya’ni tez hayajonlanib, qizishib ketadigan shaxslar BQni amalga oshirish jarayonida jadallik, tezkorlik va individualizm (o‘ziga xoslikka) amal qiladilar. Ko‘p hollarda qarorga uzoq muddat ishlov berishdan ko‘ra aynan shu sifatlarga tayangan muhimroq. Biroq, xolerik temperament egalari vaziyatni obdon baholashga va asl haqiqatni anglashga har doim ham ulgurmaydilar. Ularning qarorlari ko‘pincha tashqi ta’sirlarsiz o‘z-o‘zidan yuzaga keladi. Bunday kishilar tomonidan qabul qilingan qarorlar keskinligi, murosasizligi va xavf-xatar darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.Bunday mijozdagi kishilarga ular qabul qilgan qarorlarning samaradorligini oshirish uchun tezkor axborot tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Sangvinistik temperament sohibi bo‘lgan shaxslar bir muncha sokin fikrlash faoliyatiga ega bo‘ladilar.Ular ham BQni amalga oshirishda xoleriklar singari 79
shiddatkor va tezkordirlar, biroq ularning o‘ziga xosligi shundaki, ular asosiy muammolarni yoki o‘zlari allaqachon qabul qilib bo‘lgan qarorlarning asosiy jihatlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishni afzal ko‘radilar. Bu temperament egalari ham mutaxassislar bilan, ham qarorlarni qo‘llab-quvvatlovchi axborot tizimlari bilan ishni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladilar. Flegmatik temperament(og‘ir-bosiq, xotirjam ) sohibi bo‘lgan shaxslar BQ ni amalga oshirishdan ko‘ra, uni ishlab chiqish jarayoniga ko‘p vaqt sarflashni ma’qul ko‘rishadi. Ular uchun hal etilishi kerak bo‘lgan masala yuzasidan axborotning, fikrlar va maslahatlarning ko‘pligi muhimroq. Ularning qarorlari yaxshilab mulohaza yuritilgan, chuqur o‘ylangan bo‘lib, yuqori darajadagi xavfsizlikka asoslanadi. O‘z qarorlarini amalga oshirishda ular qat’iyatli va talabchan ekanliklarini namoyon etadilar.Bu toifaga mansub kishilar axborot tizimlaridan ko‘ra ko‘proq mutaxassislarga ishonch bildiradilar. Melanxolik temperament egalari BQ ni ishlab chiqishga juda mas’uliyat bilan qaraydilar. Ular qarorlarni amalga oshirish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy oqibatlarni hisobga oladilar. Ko‘pincha ikkinchi darajali mayda masalalar ular tomonidan birinchi darajali sifatida talqin qilinadi. Melanxoliklar bir qarorga kelishi uchun ularga juda ko‘p vaqt, katta hajmdagi axborot, ko‘plab maslahatchilar va turli xildagi tasdiqlovchi fikrlar kerak buladi. Melanxoliklar tomonidan qabul qilingan qapop mayda ikir-chikirlarigacha har tomonlama puxta o‘ylangan, real voqelikka yaqinligi, amalga oshirish osonligi bilan ajralib turadi. Melanxoliklar strategik rejalashtirish, konstruktorlik va boshqa sohalarida samarali qarorlar qabul qiladilar. Ular qiyin vaziyatlarda, hamda zo‘r berib ishlay olmaydilar. Melanxolik fe’l-atvor sohiblari har doim, ishda ham, uyda ham o‘z ishlariga sho‘ng‘igan holda yuradilar. Ular o‘z qarorlarining amalga oshirilishi jarayonida ishning borishini hamisha nazorat qiladilar, bajaruvchilarga yordamlashadilar, yuzaga kelgan muammolarning barcha nozik jihatlariga teran yondoshadilar. Hayotda xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik temperament belgilari yorqin aks etgan odamlar juda kam uchraydi. Odatda, bu temperamentlar chizig‘idagi oraliq nisbatlardir (5.3.-rasm). 80
Xolerik Sangvinik Flegmatik Melanxolik Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling