Nazorat savollar
Mas’uliyat deganda nimani tushunasiz?
Rahbarlar mas’uliyatining mohiyati nimada?
Rahbarlar mas’uliyatining qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
Kasbga oid (professional) mas’uliyat deganda nima tushuniladi?
Javobgarlikning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
6.Rahbarning ijtimoiy va ekologik javobgarligi nimadan iborat?
Ijtimoiy javobgarlikning qanday ko‘rsatkichlari bor?
Ijtimoiy va huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabat nimadan iborat?
BQ ni ishlab chiqishda ekologik javobgarlik mohiyati nimada?
O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati nimaga tayanadi?
VII BOB. NOANIQLIK SHAROITIDA BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISHNING O‘ZIGA XOSLIKLARI 7.1.Noaniqlik va tavakkalchilik tushunchalari
Xo‘jalik tashkilotlarida faoliyat yurituvchi turli darajadagi rahbarlar BQ ni ko‘pincha yetarli bo‘lmagan va ishonchsiz axborotlar sharoitida ishlab chiqishlariga to‘g‘ri keladi. BQ ni amalga oshirish natijalari esa har doim ham rejalashtirilganiga mos kelavermaydi.
Bunday hollarda aksariyat kompaniyalarning rahbarlari va mutaxassislariga doimiy ravishda hamroh bo‘la boshlagan ko‘zda tutilmagan noaniqliklar yoki tavakkalchilikka tayaniladi.
Noaniqlik va tavakkalchilik tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.
Noaniqlik, noaniq so‘zi lug‘atlarda aniq-ravshan bo‘lmagan, tushunarsiz yoki mujmal javob tarzida talqin qilinadi.
Tavakkal esa xavf-xatar, omadsizlik keltirishi mumkin bo‘lgan holatni anglatadi. Biroq, tavakkal katta muvaffaqiyat ham keltirishi mumkin. Tavakkalni shu kontekstdan kelib chiqib o‘rganamiz.
Noaniqlik axborotni qayta ishlash jarayonida uning barcha belgilarida namoyon bo‘ladi. Noaniqlikni o‘lchash mushkul, odatda uni sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra baholashadi, misol uchun ko‘p, kam yoki yuqori, past. Kam hollarda uni foizlarda o‘lchashadi. Misol uchun axborotning noaniqligi 30 foiz, ishlab chiqilgan qarorning noaniqligi 10 foizni tashkil etadi (bunda oradagi farq sezilarli bo‘lishi mumkin. ±10 hisobida, ya’ni 0 – 20 foizgacha farq maqbul sanaladi).
Odatda, noaniqlikni BQ ni ishlab chiqish bilan, tavakkalchilikni esa BQni amalga oshirish natijalari bilan bog‘lashadi (7.1.rasm).
Noaniqliklarning o‘zi tavakkalchilikni yuzaga keltiruvchi asosiy sababdir. Shuning uchun yo‘qotishlar xavfini keltirib chiqaruvchi noaniqliklar hajmini kamaytirish rahbarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Noaniqliklar
Ishlab chiqish
Kelishish
Qabul qilish
Tasdiqlash
Tavakkalchiliklar
BQ
Amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |