Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Ijtimoiy va huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabat


Download 1.89 Mb.
bet36/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

Ijtimoiy va huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabat.

Kompaniyani jamiyat bilan uyg‘unlashtirish jarayoni ijtimoiy tashabbuslar va yuridik talablarni amalga oshirish orqali kechadi. Ko‘pincha ijtimoiy tashabbuslarning muayyan bir qismi yuridik talablardan darak beradi, yana boshqa ijtimoiy tashabbuslar ma’naviy zaruriyat hisoblanadi, lekin davlat miqyosidagi yoki mahalliy boshqaruv idoralarining hujjatlari bilan rasmiylashtirilmaydi.


Ba’zan qonun ijtimoiy tashabbuslardan avval paydo bo‘ladi va bunda u rahbar yoki kompaniyaning yuridik va ijtimoiy(ma’naviy) javobgarligini ko‘zda tutadi. Masalan, qonun hujjatlari atmosferaga yoki suv havzasiga chiqariladigan zararli tashlanmalarning cheklangan konsentratsiyalari ruxsat etilganidan ortib ketmasligini nazorat qiladi. Buning uchun ishlab chiqarish texnologiyasi nazorat qilinadi va aholi oldidagi ijtimoiy javobgarlik rahbar zimmasiga yuklanadi. Odatda, ijtimoiy javobgarlik zararli tashlanmalar konsentratsiyalarining ko‘rsatkichlariga qattiq talablar qo‘yilishini ko‘zda tutadi.


Yuridik javobgarlik masalalarini sud yoki xo‘jalik sudi hal qiladi, ijtimoiy javobgarlik esa jamoatchilik fikri orqali baholanadi, uning natijalari yuridik javobgarlikka nisbatan ancha ta’sirchanroq bo‘lishi mumkin.


Ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish faqat ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin. Rahbar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi va qanday afzalliklarga



96


erishishini aniq ko‘ra bilishi kerak. Ijtimoiy mas’uliyatni faollashtirish masalalari AQSh va Yaponiyaning ko‘pgina olimlari va amaliyotchilari tomonidan muhokama qilingan. Nashr etilgan materiallar asosida kompaniyaning, mutaxassislar yoki rahbarlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshiruvchi dalil va sabablarning (motivlarning) umumiy manzarasini tuzish mumkin:






  • o‘z ishchi-xodimlariga va korxonaga yondosh hududlar aholisiga ko‘proq foyda keltirish istagi;




  • ishchilar va aholining olingan natijalardan qoniqish hosil qilishi (o‘z fikrini bayon etish, o‘zini namoyon qilish);




  • jamoatchilik tanbehlari va jazolaridan ehtiyot bo‘lish;




  • imidjni oshirish yoki yuqori mansabga erishish;







  • doimiy shaxsiy tashvishlardan diqqatni chalg‘itish.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling