Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


BQ ni ishlab chiqishda ekologik javobgarlik asoslari


Download 1.89 Mb.
bet37/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

6.3.BQ ni ishlab chiqishda ekologik javobgarlik asoslari

Ekologik javobgarlik mahalliy va strategik xarakterga ega ekologik inqirozlar tufayli yuzaga keldi. Ekologik inqiroz– atrof-muhitning ifloslanishi va tabiatga nisbatan noto‘g‘ri munosabat tufayli ro‘y bergan tanazzul holatidir.


Xalqapo tabiatni himoya qilish huquqi 1900 yilda Londonda Afrikaning yovvoyi tabiatini himoya qilish haqidagi Konvensiyani imzolash bilan yuzaga keldi.


O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi, Atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Rio-de Janeyro va Yoxannesburg Deklaratsiyalari, BMT tomonidan qabul qilingan Ming yillik rivojlanish maqsadlarida ko‘zda tutilgan tamoyillar, shuningdek, boshqa xalqaro konvensiya va kelishuvlardan kelib chiquvchi majburiyatlar asosida olib boriladi.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya bo‘yicha 12 ta xalqaro huquqiy hujjatga a’zo bo‘lgan:



97


  • BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasi;




  • BMTning Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi;




  • BMTning Biologik xilma xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasi;




  • Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya;




  • Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi

Konvensiya;





  • Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib chiqish va ularni yo‘qotishni nazorat qilish bo‘yicha Bazel Konvensiyasi;




  • Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan, asosan, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari hisoblangan suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Ramsar Konvensiyasi;




  • Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi

Konvensiya;





    • Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya;




  • Transchegaraviy ochiq suv havzalari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha Konvensiya;

•Xalqaro suvlardan kemalarsiz foydalanish huquqi to‘g‘risidagi Konvensiya; Shuningdek,





  • O‘zbekiston tomoni 2003 yilda ko‘chib yuruvchi Afro-Yevroosiyo suvli-botqoqli hududlari qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha Kelishuvni imzoladi;




  • 2009 yilda Butunjahon Suv Kengashiga a’zo bo‘ldi.

1992 yilda BMT doirasida ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish strategiyasi (BRS) ekologik tashabbuslarga asos sifatida xizmat qilmoqda.


U inson, tabiat va jamiyat munosabatlarining o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishiga erishishga yo‘naltirilgan. Barqaror Rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishi kelajak avlodlarning hayotiy ehtiyojlariga ziyon yetkazmagan holda bugungi avlodlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga erishishdan iborat.


Barqaror Rivojlanish Strategiyasini amalga oshirishning muhim vazifalari qo‘yidagilardan iborat:





  • ekologik holat barqarorligini ta’minlash;

98


  • iqtisodiy faoliyat turlarini ekologizatsiya qilish (ekologiyalashtirish);




  • boshqaruvning ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan usullarni keng joriy etish;




  • ekotizimlar barqarorligini ta’minlash maqsadida belgilangan me’yorlarni

saqlashga qat’iy rioya etish (ifloslanish bo‘yicha, atmosferadagi, suvdagi va tuproqdagi elementlar nisbati bo‘yicha);





  • ekologik toza va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriys etish.

Barqaror Rivojlanish Strategiyasini amalga oshirish doirasida BQ ni ishlab chiqish uchun quyidagi tamoyillar ishlab chiqilgan.





  • xo‘jalik faoliyati, agar bu faoliyat natijasida olingan foyda sarflangan xarajatlar va yetkazilgan zararni qoplamas ekan, o‘zini oqlamaydi;




  • atrof muhitga yetkaziladigan zarar shu darajada kichik bo‘lishi kerakki, bunda iqtisodiy va ijtimoiy omillar hisobga olingan bo‘lishi kerak.

Barqaror Rivojlanish Strategiyasining samaradorligi hayot kechirish sifati


ko‘rsatkichlari bilan baholanadi: inson umrining davomiyligi, salomatligining holati, atrof-muhit holatining me’yorlardan chetga og‘ishi, bilim darajasi yoki ta’lim tizimidagi malaka, mahorat, yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nisbati asosida hisoblanadigan foyda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chiqindilar hajmi, aholining ish bilan bandlik darajasi, inson huquqlariga amal qilinishi darajasi.


Barqaror rivojlanish strategiyasi asosida O‘zbekistonda ham atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan Milliy harakatlar Rejasi ishlab chiqilgan hamda unda belgilangan chora-tadbirlar quyidagi muammolarga ustuvor ahamiyat berishni ko‘zda tutadi:





  • urbanizatsiyalashgan hududlarda havo qatlamining ifloslanishi;




  • suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi;




  • aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;




  • yerlar va yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi (yerlarning sho‘rlanishi va qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqarilishi, cho‘llanish);




99


  • mineral xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlashda atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarni bartaraf etish;




  • biologik xilma-xillikning qashshoqlashuvi hamda hayvonot va o‘simlik

dunyosi arealining qisqarishi;








  • atrof tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishi va boshqalar.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling