Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


BQni ishlab chiqish jarayonida axborotga xos tavsiflarning noaniqliklarga ta’siri


Download 1.89 Mb.
bet40/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

7.2. BQni ishlab chiqish jarayonida axborotga xos tavsiflarning noaniqliklarga ta’siri

BQ ni ishlab chiqish jarayonidagi noaniqliklar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:








    • axborotga ishlov berishning murakkabligi;




  • boshqaruvning tashqi idoralari tomonidan kerakli ma’lumotlarning monopolizatsiya qilinishi.

Axborot tavsifining noaniqlik darajasiga ta’siri nihoyatda muhim sanaladi. Rahbarlar ko‘proq hujjat ahamiyatiga molik ma’lumotlarga – diplomlar, patentlar va guvohnomalarga, “Kim aslida kim”( «Who is who»,) singari ma’lumotnomalar, mahsulotlar narxi tasdiqlangan ro‘yxat (prays-list)lar, sertifikatlar va boshqalarga tayanishlari zarur.


Axborotlar bilan ishlovchi mutaxassisning vazifasi quyidagilardan iborat:





  • Axborotni izlab topish;




  • Bo‘lar-bo‘lmas xabarlardan asosiy qimmatli axborotni ajratib saralab olish;







  • BQ ishlab chiqilayotgan ob’ektning ayni paytdagi holatini tahlil qilish imkonini beruvchi eng asosiy jihatlarni ajratib olish.

Kerakli axborotni qidirib topish va saralash tegishli texnologiyalarni, mahoratni hamda moliyaviy resurslarni talab qiladi. Chunki axborot bizning davrimizga kelib qimmatbaho tovarga aylanishga ulgurdi. Axborot hajmiga, ishonchliligiga, qiymatiga va mazmunan boyligiga ko‘ra baholanadi.


Boshqaruvga oid axborot hajmi boshqaruvning muayyan ob’ekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘laqonli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu asosli, jo‘yali qarorlar qabul qilish uchun talab qilinadi.


U 3 darajaga bo‘linadi:



104


Axborotning keragidan ortiqligi (mo‘l-ko‘lligi, to‘kinligi), subminimal daraja va axborot yetishmovchiligi.


Axborotning ishonchliligi axborot umumiy hajmining aniq ma’lumotlarga nisbati bilan (foizlarda) aniqlanadi. O‘z navbatida axborotning ishonchliligi ham uchta darajaga ajratiladi:

  • Mutlaq ishonchli (100 foiz);




  • Ishonsa bo‘ladigan (80 foizdan ortiq);




  • Salbiy (80 foizdan kam).



Axborotning qiymati to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun sarflanadigan resurslar (moddiy resurslar, moliyaviy resurslar va vaqt)ning xarajati darajasini kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Axborotning qiymati 4 ta darajaga bo‘linadi: nolga teng, o‘rtacha( xarajatlar miqdori(darajasi) va daromadning 10 foizdan ortiq qisqartirilishi), baland (xarajatlar miqdorining 2 baravardan ortiq darajada qisqarishi), juda baland (xarajatlar miqdorining 10 baravardan ortiq darajada qisqarishi).

Axborotning qiymati uni iste’mol tannarxiga ega tovar sifatida xarakterlaydi. Axborotning mazmunan boyligi – asosiy va mahoratga oid ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligida namoyon bo‘ladi.




Axborotning mazmunan boyligi ham 3 ta darajaga ega: mazmuni yuksak (80— 100 foiz), me’yoriy darajada (50—80 foiz), mazmuni sayoz, past (50 foizdan kam).

Rahbar tomonidan BQ ni ishlab chiqish jarayonida foydalaniladigan axborot quyidagi sifat darajalariga ega bo‘lishi kerak:



  • Hajmi: to‘la-to‘kis yoki subminimal;




  • Qiymati: o‘rtacha yoki baland;




  • Ishonchliligi: mutlaq ishonchli yoki ishonsa bo‘ladigan;




  • Mazmunan boyligi: me’yor darajasida.

Axborotni qayta ishlash jarayonining murakkabligi bevosita axborotning murakkabligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (taqdim etish shakllari; ko‘p, kam, yaxshi, yomon va boshqa shunga o‘xshash noaniq baholashlar), uni qayta ishlash



105

jarayonlarining murakkabligi va ko‘p bosqichliligi, uni qayta ishlash uchun vaqtning yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Axborotni monopolizatsiya qilish ko‘p hollarda turli boshqaruv idoralarida korrupsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling