Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Download 1.89 Mb.
bet42/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

7.1.-jadval.


Bitta rahbar zimmasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqiladigan va amalga


oshiriladigan qarorlar soniga qo‘yiladigan cheklovlar



Qarorlarning murakkabligi

Oddiy







O‘rtamiyona




Murakkab


































Qarorlarning o‘zaro muvofiqligi







Har xil turgamansub







Har xil turgamansub







Har xil turgamansub




Bir xildagi

Bir turgamansub

Bir xildagi

Bir turgamansub

Bir xildagi

Bir turgamansub

Qarorlarning maksimal miqdori





























































24

17

11

15

10

6

8

5

3































107

Qarorlarning murakkabligi me’yorlarga binoan yoki ekspert usuliga ko‘ra aniqlanadi. Odatda, oddiy qarorlar barchaga ma’lum bo‘lgan algoritmlar asosida ishlab chiqiladi hamda avval ishlatilgan sxema-chizmalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday qarorlar noaniqliklardan butunlay xoli bo‘ladi yoki mavjud noaniqliklar BQni bajarish natijalariga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Murakkabligi jihatdan o‘rtamiyona qarorlar qarorlarni ishlab chiqishning muqobil variantlari, shuningdek ularni bajarishning turli sxemalari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Noaniq vaziyatlar ta’sirini kamaytirish ularni tanlash mezonlari hisoblanadi. Ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida hech qanday muqobili bo‘lmagan qarorlar murakkab qarorlar sirasiga kiradi. Bunday qarorlarni bajarish jarayoniga va ishning borishiga ta’sir qiluvchi noaniq vaziyatlarni aniqlash va hisobga olishning deyarli imkoni yo‘q. Bunday murakkab qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis va rahbarlar BQning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlariga to‘g‘ri keladi.


Har bir qaror yoki uning biror bir qismi uchun bitta shaxs javobgar bo‘lgan ayrim hollarda, boshqaruv me’yorlarini hisob-kitob qilishda 4.1-jadvaldan andoza sifatida foydalanish mumkin: masalan, ishning samarali tashkil etilishi uchun rahbarning qo‘l ostida ko‘pi bilan qancha xodim bo‘lishi kerak.


Rahbarlarning yoki boshqaruv apparatidagi mutaxassislarning kasbiy mahorati yetarlicha emasligi bir-biriga o‘zaro bog‘liq vaziyatlar va jarayonlarning noaniq bosqichga o‘tib qolishiga sabab bo‘ladi. Agarda rahbar tashkilotning o‘ziga xos qonuniyatlari (sinergiya qonuni, o‘z-o‘zini saqlab qolish va boshqalar)dan bexabar bo‘lsa, u BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga keladigan ko‘pgina tabiiy jarayonlar va vaziyatlarni hisobga olmaydi, bu esa kutilmagan noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Qarorning boshqaruv ob’ekti tomonidan kutilayotgan haqiqatga yaqin holatlarga nomuvofiqligi tashkilotning va jamoaning me’yorlari, qadriyatlarini pisand qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Binobarin, tashkilotni qayiqqa qiyoslasak, uning xodimlari yoki qayiqning ichidagilar eshkakni faqat bir tomonga



108


eshishlari kerak. Biroq, ular gavdalarini turli vaziyatda tutganlari (kimdir oqimga qarab, kimdir esa oqimga qarshi) sababli qayiq kutilmagan tebranishlarga uchrashi, va hatto ag‘darilib ketilishi mumkin. Shuning uchun ham maqsad sari eltuvchi (maqsadni amalga oshirishga qaratilgan) har qanday qaror quyidagi to‘rtta talabga javob berishi kerak:



  • qaror natijalari tashkilot va uning jamoasi talab va ehtiyojlarini qondirishi

lozim;




  • qaror barcha resurslar (texnik, iqtisodiy va boshqa) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak;




  • qaror natijalari tashqi muhit uchun kerakli, zarur bo‘lishi darkor;




  • qaror natijalarining ishchilar mentaliteti va atrof-muhit uchun tarixiy jihatdan maqbulligi talab etiladi.

Yuqorida qayd etilgan talablar, shartlarning buzilishi yoki bajarilmasligi noaniqliklarning sezilarli ravishda ortishiga sabab bo‘ladi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling