Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
-rasm. BQ ni ishlab chiqishga doir umumiy vazifalar (funksiyalar)
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- BQdan birini tanlash amalga oshirish tartibining tasdiqlanishi
- 4.4-rasm. BQni ishlab chiqishda vazifalar, tadbirlar va amaliy jarayonlarning o‘zaro munosabati chizmasi.
4.3-rasm. BQ ni ishlab chiqishga doir umumiy vazifalar (funksiyalar)
62
Tarkibiy qismlaridagi ustunlikka binoan, qarorlar quyidagicha nomlanishi mumkin: bashorat qiluvchi qaror, tashkiliy qaror, muvofiqlashtiruvchi qaror va h.z. Har bir umumiy vazifa ikkita bosqich va yettita jarayonni o‘z ichiga oladi. Bosqichlar BQni tayyorlash va BQni amalga oshirishdan iborat. Jarayonlarning to‘liq to‘plamini quyidagilar tashkil etadi: axborot tayyorgarligi, BQ variantlarini ishlab chiqish, variantlarni zarur mutaxassislar bilan kelishish, BQdan birini tanlash, BQni tasdiqlash, BQni bajarishni tashkillashtirish, nazorat.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jarayonlar amaliyotlarga, amaliyotlar esa kichik amaliyotlarga ajratiladi. Yirik BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda vazifalar, jarayonlar va amaliyotlarning o‘zaro munosabatini aks ettiruvchi uchta variantdan iborat chizmadan foydalaniladi (4.4-rasm). BQni ishlab chiqishda aniq vazifalarning namunali va keng ko‘lamli xarakteri (4.4 a-rasm); BQni ishlab chiqishda umumiy vazifalarning namunali va keng ko‘lamli xarakteri (4.4 b-rasm); BQni ishlab chiqishda jarayonlarning namunali va keng ko‘lamli xarakteri (4.4 v-rasm); 63 a)
b) AF AF
AF tashkil etadigan yangi o'ziga xos funktsiyalar to'plami
UF
UF
UF
Pr
Pr
Up Up Up Up v)
Up
4.4-rasm. BQni ishlab chiqishda vazifalar, tadbirlar va amaliy jarayonlarning o‘zaro munosabati chizmasi. 4.2. BQni ishlab chiqishning ijtimoiy- psixologik va tashkiliy asoslari BQni ishlab chiqish tadbirlari. BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq barcha (protsedura, muolaja)jarayonlarda nafaqat boshqaruvga, balki boshqarilayotgan tizimga ham taalluqli belgilangan muayyan tashkiliy-ma’muriy tadbirlarni o‘tkazishni talab etadi.Eslatib o‘tamiz, BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarga rejalarni ishlab chiqish, kelishish (qarorga aloqador tegishli muassasa va shaxslar bilan), qabul qilish, tasdiqlash va bajarishni tashkil qilish kiradi. Har bir jarayon, tadbir BQga taalluqli talablarni hisobga olgan holda bajarilishi lozim (1-bobga qarang). BQni ishlab chiqish tadbiri uchun rahbar va boshqaruv apparati quyidagilarni amalga oshirishi lozim: Ishning boshlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, unda topshiriqning qandayligi aniq ko‘rsatilishi, xodimlar tarkibi va ular biriktirilgan boshqaruv tizimi, topshiriqni bajarish vaqti (muddati),ishni bajarishning oraliq bosqichlaridagi nazorat, loyihaga ajratilayotgan mablag‘lar ko‘rsatilishi kerak; 64
BQni ishlab chiqishga mas’ul shaxslarni BQni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar boshlanganligi to‘g‘risidagi tashkiliy hujjatlar bayoni bilan tanishtirish va uning mazmunini tushuntirish; BQni ishlab chiqishga mas’ul shaxslarni ularning ishni bajarish chog‘idagi huquqlari, burchlari va vakolatlari bilan tanishtirish; 4. Ishning muvaffaqiyatini ta’minlash maqsadida BQni ishlab chiqishga mas’ul shaxslar bilan ishning e’tibordan chetda qolgan ikir-chikirlarini muhokama qilish; BQni ishlab chiqish bo‘yicha taklif etilayotgan ishning qay darajada muhimligiga alohida e’tibor qaratish; Xodimlarga ishlash uchun xona ajratish, zarur bo‘lgan texnik jihozlar bilan ta’minlash va ishga oid ma’lumotlar olish uchun kerakli axborot manbalarini ko‘rsatish; Ishlab chiqilayotgan BQning amaldagi qonunchilikka va kompaniyaning nizom hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan huquqshunos mutaxassis yoki referent tomonidan nazorat o‘tkazish; BQ variantlarining texnik, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bajariluvchanligi haqida xulosani rasmiylashtirish; BQni amalga oshirishning iqtisodiy, ekologik va boshqa sohalarda xavfsiz ekanligi to‘g‘risida tashqi ekspertlardan xulosa olish. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling