Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


BQni bajarishni tashkil etish amaliyoti


Download 1.89 Mb.
bet25/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

BQni bajarishni tashkil etish amaliyoti. BQni bajarishni tashkil etish amaliyoti uchun boshqaruv apparati hamda rahbar tomonidan quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi.

1. BQni amalga oshirish boshlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish. Bunda topshiriqning aniq nomi, ishni bajaruvchilar va ularga bo‘ysunuvchi tizim tarkibi, topshiriqni bajarish vaqti, ishni bajarish jarayonining oraliq bosqichlari nazorati hamda ajratilgan resurslar ko‘rsatilishi kerak.





  1. Bajaruvchilarni BQni bajarish tartibi bilan tanishtirish hamda uning mazmun mundarijasini tushuntirish.




  1. BQni bajaruvchilarga ularning huquqlari va burchlari hamda topshiriqni bajarishdagi vakolatlari to‘g‘risida tushuncha berish.

66

  1. Ishning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun BQni ishlab chiqqanlar bilan birgalikda ishning u qadar ahamiyatsiz ko‘ringan, e’tibordan chetda qolishi mumkin

bo‘lgan mayda jihatlarini muhokama qilib olish.



  1. Ishni bajaruvchilar e’tiborini tavsiya etilayotgan ishning qay darajada muhimligiga qaratish.




  1. Ishni bajaruvchi xodimlarga ishlash uchun xona ajratish, zarur bo‘lgan texnik jihozlar bilan ta’minlash va ishga oid ma’lumotlar olish uchun kerakli axborot manbalarini ko‘rsatish;




  1. BQ ni samarali amalga oshirish bo‘yicha ishni bajaruvchi xodimlar faolligini oshirish.




  1. BQning ijrochilar tomonidan qanday bajarilayotganligini vaqti vaqti bilan nazorat qilish.




  1. Amalga oshirilgan BQni amaliy jihatdan baholash.




  1. BQni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan barcha hujjatlarni arxivga topshirish.

Tashkiliy boshqaruv faoliyati doirasida rahbar va boshqaruv apparati (qaror


sub’ektlari) tomonidan BQni amalga oshirayotgan xodimlar bilan faol ravishda ijtimoiy- psixologik va targ‘ibot ishlari olib borilishi lozim.


Aksariyat BQni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasi mutaxassislari BQni bajaruvchilarni uni ishlab chiqish jarayoniga jalb etishni maslahat beradilar. Shunday qilinsa, bajaruvchilar BQning konsepsiyasi bilan oldindan tanishib boradilar hamda undan kelib chiquvchi vazifalar haqida aniqroq tushunchaga ega bo‘ladilar. Kelgusida BQni bajaruvchilar BQni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etar ekanlar, jarayonga reallik elementlarini, belgilarini joriy eta oladilar, chunki ular BQning nima ekanligini, uning zaxiralari qanday mohiyat kasb etishini va mashaqqatlarini yaxshi tushunadilar.


BQni ishlab chiqish jarayoniga ishlab chiqarish ilg‘orlari va tashabbuskorlarini jalb etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhasiz, BQni ishlab chiqish borasidagi o‘ziga xos yondashuvlarni topishda ularning o‘tkir aql-idroki qo‘l keladi.



67


BQ ni ishlab chiqishda ijtimoiy-psixologik omillar. BQ yuzasidan olib borilgan ijtimoiy-psixologik ishlarga qarab, BQ uni bajaruvchi potensial ijrochilar tomonidan qarama-qarshilikka uchrashi yoki yaxshi kutib olinishi mumkin. Ijtimoiy-psixologikjihatdan olib borilgan ishlar rahbarlar va xodimlarning manfaatlari hamda ehtiyojlarining o‘zaro muvofiqligini, ijtimoiy adolatni ta’minlashi, nafaqat rahbarning, balki bajaruvchi xodimlarning ham umidlari va ishonchlarini oqlashi lozim (4.5- rasm).




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling