Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


-jadval BQ ni ishlab chiqish maqsadli texnologiyalarining ustuvor


Download 1.89 Mb.
bet15/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

3.1-jadval


BQ ni ishlab chiqish maqsadli texnologiyalarining ustuvor


yo‘nalishlari(jihatlari)



Tashkilotlarning guruhlari, shakllari va xodimlar soni

Texnologiyalarning ustuvor










yo‘nalishlari













Mikro

Tashkilotning personali 5-

Tavakkal

Tashabbusli-maqsadli Reglamentli




10 kishidan iborat bo‘lgan

ishlab

Dasturli – maqsadli




jamoa

chiqarish






















Namunali

Reglamentli







ishlab

Dasturli maqsadli







chiqarish

Tashabbusli-maqsadli













Kichik

Sherikliklar, jamiyatlar,kooperativlar,sni 100

Dasturli – maqsadli




kishidan iborat bo‘lgan unitar muassasalar

Reglamentli










Tashabbusli-maqsadli










O‘rta

Soni 1-5ming kishidan iborat bo‘lgan ochiq

Dasturli – maqsadli




va yopiq turdagi aksioner jamiyatlar

Reglamentli










Tashabbusli-maqsadli










Sotsiumlar

Soni 100 mingdan ortiq bo‘lgan yirik

Faqat Reglamentli




birlashmalar,moliyaviy sanoat







guruhlari,davlatlar
















3.5. BQ ni ishlab chiqishning protsessor texnologiyalari

BQni ishlab chiqishga doir har bir maqsadli texnologiya uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishga yordam beruvch iprotsessor texnologiyalar to‘plamiga ega, ular maqsadli texnologiyalarni amalga oshirish mexanizmini ifodalaydi (3.2.-jadval).Ularni batafsil o‘rganib chiqamiz.



47











3.2.-jadval

Maqsadli texnologiyalarni amalga oshirish uchun to‘plam tarkibi













Protsessor texnologiyalar tuplami

BK ni ishlab chiqishning maksadli texnologiyalari
















Initsiativ

Dasturli maqsadai

Reglamentli













Natijalar bo‘yicha boshqaruv

+

-

+













Ehtiyojlar va manfaatlar bazasida

+

+

+

boshqaruv






















Doimiy tekshiruvlar va

-

+

+

ko‘rsatmalar yuli bilan boshqaruv






















Favkulotdagi xollardagi

+

+

-

boshqaruv






















«Sun’iy intellekt» bazasida

-

+

-

boshqaruv






















Personal faoliyatini faollashtirish

+

-

+

bazasida boshqaruv






















Natijalarga ko‘ra boshqaruv texnologiyasi. Mazkur texnologiya rejalashtirish va bashorat qilishning yakuniy natijalari ustuvorligiga asoslangan. Bu jarayonda rahbarlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifa olingan yakuniy natijaga binoan kelgusidagi harakatlar va qarorlarni muvofiqlashtirish (bir tizimga solish) hisoblanadi.

Ushbu texnologiyani kichik va o‘rta bo‘g‘in tashkilotlarda yoki tashkilotlarning bo‘limlarida muvaffaqiyatli qo‘llasa bo‘ladi, chunki bunda:





  • qarorlarni qabul qilish hamda ularni bajarish natijasi orasidagi vaqt minimal darajada (soatlar, bir necha kunlar);




  • talab qilinadigan resurslarni tezgina olish yoki ehtiyojdan tashqari bo‘lganlarini

qaytarish bo‘yicha katta qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi;





  • tashkilot yoki loyiha rahbarining professional mahorati yuksak darajada;




  • ishlab chiqarish,asosan mexanizatsiyalashgan xarakterga ega.

Ushbu texnologiya doirasida rahbar:



48


•boshqaruv tizimi elementlarining shakllangan to‘plami ishlashi uchun kerak bo‘lgan resurslar ro‘yxati va hajmini ishlab chiqadi;



  • dastlabki qaror variantini ishlab chiqadi yoki tanlaydi;

•resurslardan foydalanish jarayonini nazorat qiladi;


•qarorlarni amalga oshirish jarayonining borishini muvofiqlashtiradi, bunda ayni paytdagi natijaning rejalashtirilgan natijadan farqi, og‘ish, chetlashish qiymati e’tiborga olinadi;





  • ajratilgan resurslardan foydalanish jarayonini muvofiqlashtiradi.

Noaniq sharoitlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ishlanmalar va biznes reja mazkur texnologiyaning asosini tashkil etadi. Ma’lumki, samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur omillar yoki noma’lum bo‘ladi yoki ularni aynan aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Bu omillar tashkilotning ham tashqi, ham ichki muhitiga taalluqlidir. Masalan, xodimlarni, kerakli ashyolar va ishlab chiqarish texnologiyasini oldindan tanlash, ularning hisobini chiqarish, shuningdek salbiy omillar ta’sirini hisobga olish va shu kabilar juda murakkab.


Yakuniy natija va vaziyatni hisobga olgan holda,rahbar kadrlarni joy- joyiga qo‘yish, ularni o‘qitish, ishni tashkil qilish va uning texnologiyasi, qo‘llaniladigan ashyolar nomenklaturasi va sifatini, mahsulotni tarqatish hamda tashkilotning daromadiga aloqador masalalarni hamisha muvofiqlashtirib turishi kerak.


Shuningdek mahsulotning hayotiy sikli ham, uning hamma bosqichlarida mahsulot hajmi, sifati, nomenklaturasi, tannarxi hamda bozorda nechog‘li xaridorgir ekaniga doir qarorlarni doimiy ravishda bir tizimga solish, muvofiqlashtirishni talab qiladi.


Ushbu texnologiyani amalga oshirish rahbardan tahliliy ishlarni o‘tkazishni talab qiladi. Bunday tahlilni rahbarning shaxsan o‘zi yoki psixologiya, sotsiologiya, marketing, iqtisod va faoliyatning boshqa sohalarida zarur bilimga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi mumkin.


Tahlil jarayoni joriy axborotlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, taktik va strategik qarorlarni bir tizimga solish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda muammolarni aniqlash va axborot bazasini yaratish kabilarga asoslanadi.



49


Mazkur texnologiya rahbar yoki mutaxassisning mustaqil ravishda o‘qib o‘rganishi uchun samarali bo‘lib, o‘zining boshqaruv sohasidagi xatolari va yutuqlari asosida o‘z ustida ishlash imkonini beradi.

Bu texnologiyalar orasida eng arzoni bo‘lib, keng qamrovli, batafsil rejalar va qarorlarni amalga oshirishga ketadigan vositalar hisobini ishlab chiqish uchun ortiqcha xarajatlar talab etmaydi. Biroq, uning qo‘llanilishi yo‘l qo‘yilajak ba’zi xatolar sabab ishlab chiqarilgan mahsulot narxining qimmatlashuviga olib kelishi mumkin.


Texnologiyani amalga oshirish jarayoni, asosan, ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:





  • yangi qaror ishlab chiqish yoki namunali qarorni tanlash hamda uni dastlabki natijalar olingunga qadar amalga tatbiq etish;




  • natijani me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.

Agar belgilangan me’yoriy ko‘rsatkich va olingan aniq natija orasidagi farq ruxsat etilgan qiymatdan ortiq bo‘lsa, bunda qaror shunga moslashtiriladi. Agar farqlar me’yoriy darajada bo‘lsa, qarorning oxirgi nusxasi(talqini) unga mos ravishda to‘g‘rilanmaydi hamda sikl davom etadi.


Maqsadli boshqaruv texnologiyasida belgilangan maqsadlar amalga oshishi bilan texnologiyaning harakati to‘xtaydi, jarayon tugallangan hisoblanadi.




Ehtiyoj va manfaatlar asosida boshqaruv texnologiyasi. “Ehtiyoj va manfaatlar asosida boshqaruv texnologiyasi” shaxslararo munosabatlarning maqsadni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xodimlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi boshqa vositalar va usullardan ustunligiga asoslangan (3.5.rasm).

50


1
Rahbar


Extiyojlar va manfatlar





2




3




4
















Extiyojlar va manfatlar

Bo’ysinuvchi




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling