Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. BOSHQARUV QARORLARINI MAQSADLI YO‘NALTIRISH VA TEXNOLOGIYALARI 3.1. BQ ni ishlab chiqishning ustuvor maqsadi
Nazorat savollar
Tizimli yondashuv deganda nimani tushunasiz? Tizimli yondashuvning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Dialektik usul deganda nimani tushunasiz? Tizimli yondashuvning moiyati nimadan iborat? Tizimli yondashuvning asosiy talablariga nimalar kiradi? Kompaniya missiyasi nima? BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda tizimli yondashuvni qo‘llash uchun ishlab chiqilgan qanday tartiblar mavjud? BOB. BOSHQARUV QARORLARINI MAQSADLI YO‘NALTIRISH VA TEXNOLOGIYALARI 3.1. BQ ni ishlab chiqishning ustuvor maqsadi BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq jarayon to‘laligicha rejalashtirilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Maqsadga yo‘naltirishga BQni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq professional boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash orqali erishiladi. BQni ishlab chiqish 39
texnologiyalari – rahbarning tashkilotning umumiy va asosiy maqsadlariga erishish yo‘lida qo‘l ostidagi xodimlar (personal)ga boshqaruv orqali ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati, mahorati va san’atidir. BQni ishlab chiqish texnologiyalariga quyidagilar kiradi: axborotni to‘plash va unga ishlov berish usullari hamda vositalari; xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning samarali usullari; tashkiliy va boshqaruv jarayonlarining tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlari; nazorat tizimlari. Mazkur texnologiyaning asosini biznes reja tashkil etadi. U ham tashkilot uchun, ham tashkilotning har bir xodimi uchun tuziladi. Kompaniyani professional (kasbiy) faoliyatning bir turi sifatida boshqarish (mahorati) BQni ishlab chiqishning ishonchli(isbotlangan) texnologiyalarini qo‘llashga asoslanadi. Texnokratik texnologiyalardan (mashinasozlikda, metallga ishlov berishda va h.k.) farqli o‘laroq, BQni ishlab chiqish texnologiyalari aniq, ravshan, muayyan bir tartibga tushirilgan, pishiq, puxta va tushunarli emas, chunki BQning bosh ob’ekti – inson va insonlardan iborat jamoa (brigada, byuro va boshqalar). Shuning uchun ham BQ ishlab chiqishning u yoki bu texnologiyalarini qo‘llash shartlarini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda ish olib borish talab etiladi. BQ ni ishlab chiqish texnologiyalari tarkibiga maqsadli texnologiyalar (MT) va protsessor texnologiyalar (PT) kiradi. Protsessor texnologiyalar (PT) – maqsadli texnologiyalarga (MT) ga xizmat qiladi, ya’ni ularni amalga oshirishda zarur bo‘lgan uskuna-jihoz, ish quroli vazifasini bajaradi. Maqsadli texnologiyalar (MT) – tashabbusli-maqsadli, dasturli-maqsadli va reglamentli texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. MT – maqsadlarning vaziyatlardan ustuvorligiga asoslangan texnologiyalardir. MT qarorni xalaqit beruvchi turli to‘siqlar va aks ta’sirlarni bartaraf etishga emas, balki maqsadga erishishga yo‘naltiradi. MT ning asosiy predmeti maqsaddir. Tashkilotning maqsadi – bu tashkilot istagan va amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan jamiyat uchun zarur va 40
maqbul jarayon (hodisa)dir. Maqsad – jarayon sifatida tashkilotda qabul qilingan rivojlanish tendensiyasini ifoda etadi, masalan, “Sayyohlik xizmatlarida mijozlarning manfaatlari va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish” g‘oyasi tashkilotning asosiy maqsadi, intilishi bo‘lishi mumkin. Maqsad – hodisa sifatida biron bir mahsulotni yaratishning so‘nggi bosqichini belgilab beradi, masalan, “Yil oxirigacha 120 ta yengil avtomobilni joylashtirishga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish va foydalanishga topshirish”. MT BQni ishlab chiqish texnologiyasini oldindan hisobga olgan holda namoyon qiladi. Maqsad mayda maqsadchalarga bo‘linishi mumkin (maqsadlar ierarxiyasi), har bir maqsad 2 tadan kam bo‘lmagan vazifani shakllantirishi lozim. O‘z navbatida murakkab vazifalar ikki asosiy chizma ko‘rinishida ifodalanishi mumkin (rasm 3.1.). MT ni amalga oshirishda yakdil (yakdillikka asoslangan) va proporsional mualliflik ajratiladi. Yakdillikka asoslangan mualliflik – vazifalarning bajarilish dasturiga va natijalariga rahbarlar hamda ishni bajaruvchilarning teng huquqliligini anglatadi. Proporsional mualliflik – bunda vazifalarning bajarilish dasturi va uning qaysidir qismlari natijalari dasturda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan sarflangan kuchlar xarajati (moddiy, intellektual va boshqa xarajatlar)ning o‘zaro nisbati bilan aniqlanadi. 41
Asosiy
1- Maqsad 2- Maqsad Maqsad№ Qaror uchun vazifalar to’plami Bir necha murakkab vazifalar Yangi maqsad Qror uchun vazifalar to’plami
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling