Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
- rasm. Tizimli yondashuv dialektik usulning bir qismi sifatida
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm 2.2.)
- 2.2 Tizimli yondashuvning asosiy talablari
- 2.3-rasm. Aniq maqsadlarning tashkilot missiyasiga bog‘liqligiga doir misollar
2.1. - rasm. Tizimli yondashuv dialektik usulning bir qismi sifatida.
Tizimli yondashuv BQni shakllantirish jarayonini tahlil qilishda juda ko‘l kelishi mumkin. BQ ob’ektiv dunyoning unsurlaridan biridir, u jamiyatning qo‘shimcha mahsulot, boshqarish va tashkil etish, xavfsizlik va barqarorlik singari asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratadi. Har bir tashkilotning BQ natijalari jamiyatni boshqaruvning global maqsadiga yaqinlashtirishi lozim. Hech bir tashkilot jamiyatdan alohida ajralib ololmaydi, bunga hojat ham yo‘q aslida. Shunday qilib, tashkilotni keng ma’nodagi ijtimoiy toifaga mansub unsur sifatida o‘rgangan ma’qul: misol uchun, birlashma, xolding va shu kabi. O‘z navbatida, birlashmalar xalq xo‘jaligi sohasining vajahon hamjamiyatiga xos bo‘lgan shu kabi boshqa sohalarning elementlari hisoblanadilar. Shuning uchun bu boradagi BQni ko‘p darajali pozitsiya nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim. Bu yondashuv nisbatan mayda hisoblangan kompleks va funksional tizimlardan farqli ravishda tizimli, deb ataladi. (Rasm 2.2.) Jamiyat
Birlashma
Tizimli yondashuv BQ ni ishlab chiqish muhitining ichki hamda tashqi unsurlari bir-biriga nechog‘li o‘zaro tobe va bog‘liq ekanligini o‘rganish bilan xarakterlanadi. Tizimli yondashuvning asosiy talablari quyidagilardan iborat: kompaniya maqsadlarining birlashma, soha va jamiyat maqsadlariga muvofiqligi; kompaniya bo‘linmalari va guruhlari maqsadlarining uning umumiy maqsadlariga muvofiqligi (ya’ni hamma umumiy bir maqsad yo‘lida faqat bitta tomonga qarab harakatlanishi kerak); birinchi navbatda o‘lchamli maqsadlar, keyin – umumiy ko‘rinish; har bir maqsadning amalga oshishi uning samaradorligi bilan baholanadi (iqtisodiy, tashkiliy, mafkuraviy va h.k.); har bir erishilgan maqsad kattaroq (istiqbolli) maqsadlar ro‘yobi sari yaqinlashtirishi kerak. Maqsadlar kompaniya missiyasiga qandaydir darajada hissa qo‘shishga xizmat qilishi mumkin. 36
a)
v)
Tashkilot missiyasi Tashkilot missiyasi 2.3-rasm. Aniq maqsadlarning tashkilot missiyasiga bog‘liqligiga doir misollar: Barcha maqsadlar tashkilot missiyasini to‘liq amalga oshirishga xizmat qiladi, b) maqsadlar tashkilot missiyasini faqat qisman amalga oshirishga xizmat qiladi, v) maqsadlar tashkilot missiyasi bilan mos kelmaydigan xususiy manfaatlar va ehtiyojlarni amalga oshirishga xizmat qiladilar. Kompaniya missiyasi, umumiy manoda deklaratsiya hisoblanadi. Unga quyidagilar jamlangan bo‘lishi lozim: kompaniyaning qisqacha tarixi va u ishlab chiqaradigan mahsulot ta’rifi, boshqaruvning global maqsadi, kompaniya faoliyatining asosiy va aniq maqsadlari, rahbariyatning xodimlar va mijozlar bilan ishlash tamoyili ro‘yxati, faoliyatning ijtimoiy belgilari, kompaniyaning hisob-kitob siyosati; 37
kompaniyani tashkilot sifatida ta’riflaydigan (xarakterlaydigan) zarur elementlar va jarayonlarning mavjudligi: ijtimoiy va texnokratik (korxonaning texnik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yetakchi qatlam hisoblangan yuqori malakali mutaxassislar – ilmiy-texnikaviy muhandis ziyolilar guruhi) xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘langan maqsadlar ierarxiyasi; global, strategik, taktik va operativ maqsadlar ierarxiyasi; ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmasi; ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyasi, texnologik ta’minot, ishchi mutuxassislar (personal), ishlab chiqariladigan mahsulot. birlashmada uning tarkibiga kiruvchi boshqa kompaniyalar ishini muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan elementlar va jarayonlarning mavjudligi; jamiyatda kompaniyalar – banklar, sug‘urta agentliklari, fondlar, maslahat firmalari va boshqalar (soliqqa tortishning rag‘batlantiruvchi tizimi, korxona-tashkilotlarning tuzilishi, faoliyat olib borishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishiga doir samarador qonun hujjatlari) ning samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan institutsional elementlar va jarayonlarning mavjudligi. BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda tizimli yondashuvni qo‘llash uchun ishlab chiqilgan alohida tartiblar mavjud: BQni ishlab chiqishda eng muhim (ustuvor) elementlar yoki jarayonlarni ajratib olish: faoliyatning texnik sohadagi ustuvor yo‘nalishlari (foyda, kredit stavkasi, sotuv hajmi, sifat va boshqalar). Mo‘ljalni pirovard natijada olinadigan mahsulotga yoki uni ishlab chiqarish jarayoniga binoan aniqlash (masalan, diplom olishni ko‘zda tutmoq yoki mustahkam bilim olishga intilish); faoliyatning biologik sohadagi ustuvor yo‘nalishlari (salomatlik, ovqatlanish, dam olish, uy-joy va boshqalar.) ishchi-xodimlar, jamoa va jamiyat faoliyatining ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlari (o‘z fikrini ifoda qilish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, axborot, 38 muloqot, boshqaruv, tashkil etish va boshqalar.) Iste’molchi, uning talablari va manfaatlarini hisobga olish. BQ ni ishlab chiqishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyatning texnik, biologik va ijtimoiy yo‘nalishlariga doir ikkinchi darajali elementlarni ajratib olish. Bu mayda narsalarga chuqurlashib ketmaslik va diqqat-e’tiborni asosiy masalalarga qaratish uchun kerak (binobarin, mayda narsalarni ham bilib qo‘yish zarar qilmaydi!) Birinchi darajali har bir element yoki jarayonni uning kelib chiqishini hisobga olgan holda o‘rganish kerak (bu nimadan (qanday) boshlangan edi va oqibatda nimani (qanday vaziyatni) keltirib chiqardi). BQni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan elementlar va ularning ustuvor yo‘nalishlarini muvofiqlashtirib olish va kelishish. 6. Muammolarni hal qilish jarayonini ularning kelib chiqishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi axborot manbalariga yaqinlashtirish. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling