Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


- rasm. Maqsad va vazifalarni tarkibiy qismlarga ajratish sxemasi


Download 1.89 Mb.
bet12/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

3.1- rasm. Maqsad va vazifalarni tarkibiy qismlarga ajratish sxemasi


3.2. Tashabbusga asoslangan maqsadli texnologiya

Mazkur texnologiya vazifalarni ularni bajarish vositalari va usullarini ko‘rsatmagan holda topshirishga asoslangan bo‘lib, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishni professional darajada bajaruvchi xodimlarga mo‘ljallangan. Rahbar tomonidan ishlab chiqiladigan tashabbusga asoslangan maqsadli texnologiya xodim yoki guruh uchun faqat vazifaning oxirgi yakuniy maqsadini namoyon etadi, unga erishish mexanizmini ko‘rsatmagan holda bajarish muddati (Tvaj)ni ko‘zda tutadi.


Bunda qandaydir sabablarga ko‘ra, maqsadga erishilmaslik ham mumkin (1-egri chiziq), maqsadga belgilangan vaqtda yoki muddatidan avval erishish mumkin (2-egri chiziq), maqsadga belgilangan muddatlardan biroz o‘tib erishish mumkin (3-egri chiziq). (rasm 3.2.)

42


Maqsad

100%
2


Tvaj



Rasm 3.2. Tashabbusga asoslangan maqsadli texnologiyalarini amalga


oshirish sxemasi

Tashabbusga asoslangan maqsadli texnologiya rahbarning qo‘l ostidagi xodimlari uchun tashabbuskorlikka asoslangan qarorlarni qabul qilishga keng sharoit yaratib beradi.


Mazkur texnologiyalarni qo‘llashning asosiy shartlari:





  • tashkilot yoki unga qarashli bo‘limlarning ishchilar soni 10 kishidan ortiq

bo‘lmagan shtati;





  • vazifani bajarish muddati topshiriq berilgan vaqtdan boshlab bir oydan iborat bo‘lishi, bundan oshmasligi kerak;




  • personalning yuksak mahorati yoki rahbar tomonidan personalga katta ishonch bildirish;







  • jamoada barqaror norasmiy munosabatlarning mavjudligi.

Mazkur texnologiya uchun tashkiliy munosabatlarning chiziqli sxemasi samaralidir. Vazifaning nechog‘li mahorat bilan bajarilishi uni bajaruvchining malakasi bilan aniqlanadi, rahbarning malakasi esa bu yerda ikkilamchi rol o‘ynaydi. Texnologiya maqsadga erishish kafolatini bermaydi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling